• “Oila – muqaddas”, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila – farovon jamiyat asosi”,”Oila-maʼnaviyat oʻchogʻi”,”Oila-jamiyat kuzgusi” kabi
  • ”Ayollar daftari” va”Yoshlar daftari”
  • Ayollar daftari”ga 30 yoshdan yuqori 9 toifadagi
  • 432781 nafar
  • quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga alohida ahamiyat berish jamiyatimizdagi barcha institutlarning kundalik vazifasiga aylanmogʻi davlatimiz siyosatining mazmunini tashkil etadi
  • Oila va xotin-qizlar




    Download 2,57 Mb.
    bet4/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    Oila kodeksiga koʻp bolali oila tushunchasi kiritildi. Oila kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oila hisoblanadi. Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan koʻprogʻi taʼlimning kunduzgi shaklida (oʻrta maxsus va kasb-hunar, oliy taʼlim) taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda 22 yoshga toʻlmagan boʻlsa, bu oila ham koʻp bolali oila deb hisoblanadi;

  • Respublikamiz tuman va shaharlarida “Oila – muqaddas”, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila – farovon jamiyat asosi”,”Oila-maʼnaviyat oʻchogʻi”,”Oila-jamiyat kuzgusi” kabi konseptual gʻoyalari asosida nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlari, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash maqsadida”Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari” tashkil etildi;

  • vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari boʻyicha maslahat kengashlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi;

  • iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish, ehtiyojmand oilalar farzandlarini taʼlim tizimida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yaratildi;

  • ayollarning nikoh yoshi erkaklar bilan tenglashtirilib, 18 yosh etib belgilandi;

  • mamlakatimizda qizlarni oliy taʼlim muassasalariga qamrab olish, ularga davlat tomonidan barcha shart-sharoitlarni yaratish borasida muhim yangiliklarga asos solinmoqda. Jumladan, iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish, ehtiyojmand oilalar farzandlarini taʼlim tizimida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim yaratildi. Oliy oʻquv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 baravarga koʻpaytirib, 2 mingga yetkazish belgilab olindi. Aʼlo baholarga oʻqiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stependiyalar joriy etildi;

  • 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab 100 nafar bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy taʼlim muassasiga qabul qilingan, ota-onasi yoʻq yoki ulardan biridan ajralgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari tomonidan byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan, 50 nafargacha esa OTMlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlab berish mexanizmi joriy etildi;

  • ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi boʻlgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat koʻrsatish boʻyicha yangi tizim joriy etish rejalashtirildi. Hozirgi kunda respublikamizda alohida eʼtiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan 150 ming nafar farzandlarimiz bor. Ularni taʼlim olish, kasb egallash, davolash, hayotda oʻz oʻrnilarini topishda koʻmaklashish, uy-joy bilan taʼminlash joriy etildi. 2021-yilda birinchi marta byudjetdan 900 nafar chin yetim yoshlarni uy-joy bilan taʼminlashga 50 miliard soʻm ajratildi;

  • oilaviy qadriyatlarni, oʻzbek mumtoz va folklor sanʼatining noyob namunalarini, oʻziga xos ijro maktablari va anʼaknalarini asrab-avaylash va rivojlantirish boʻyicha yanada rivojlantirish borasida Oʻzbekiston tarixida boʻlmagan yangi tizim yaratildi. Yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida xalqaro baxshichilik, xalqaro hunarmandchilik,”Nurli navolar” xalqaro folklor,”Buyuk ipak yoʻli” xalqaro folklor musiqa festivallari;”Yosh maqom ijrochilari”,”Milliy raqs ijrochilari”,” Xalq cholgʻulari ijrochilari” respublika koʻrik-tanlovlarini anʼanaviy oʻtkazish tizimi amalga oshirilmoqda.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 8-oktyabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ayollar va yoshlar masalalari boʻyicha yangicha ish tizimi yaʼni,”Ayollar daftari” va”Yoshlar daftari” ni shakllantirish gʻoyasi amalga oshirilmoqda.
    Ayollar daftari” juda katta tarixiy hodisa, ijtimoiy ahamiyatga molik oʻzgarishdir. Mazkur daftar bugungi hayotimizning oʻziga xos betakror tarixiy voqeligi boʻlib, u maqsadli himoya mexanizmidir.
    Bu tizim – har bir xotin-qizning shaxsiy istaklarini davlat va hokimiyat tuzilmalariga oʻz ovozi bilan aytish imkoniyatidir. Bu tizim orqali olis va chekka hududlarda oʻz kundalik oʻy-tashvishlariga oʻralashib, dardini hech kimga aytolmay yurgan, muammolari ichida qolib ketgan barcha ayollar endi yangi imkoniyatlarni qoʻlga kiritadi.
    Ayollar daftari”ga 30 yoshdan yuqori 9 toifadagi ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlash, bilim va kasb oʻrganishga, moddiy taʼminotga ehtiyoji boʻlgan, shuningdek, bandligi taʼminlanishi kerak boʻlgan, ehtiyojmand barcha xotin-qizlar kiritiladi.
    Ushbu daftarga kiritiladigan ijtimoiy koʻmakka muhtoj, ehtiyojmand ayollarning taifalari qoʻyidagilardan iborat qilib belgilangan:
    ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi taʼminlanmagan, ishlash istagida boʻlgan, daromad manbaiga ega boʻlmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yoʻqotgan, biroq ishlash ishtiyoqi boʻlgan xotin-qizlar);
    boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi boʻlmagan, qoʻshimcha moddiy yordamga muhtojlar);
    ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar (mehnatga qobiliyatsiz, oʻzgalar parvarishiga muhtojlar);
    uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar (mehnat qilish qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, yolgʻiz yashaydigan, uy-joyini taʼmirlash imkoniyati boʻlmaganlar);
    noturar joylarda istiqomat qilayotgan, oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʻlmagan xotin-qizlar (maʼmuriy binolar, yertoʻlalar va istiqomat qilish maqsadlariga moʻljallanmagan boshqa binolarda yolgʻiz yoki oila aʼzolari bilan birgalikda yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar joyi boʻlmagan holda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar);
    qaramogʻida bir va undan ortiq I yoki II guruh nogironligi boʻlgan bolalari mavjud yolgʻiz ayollar;
    tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (oʻzi va birgalikda yashovchi oila aʼzolari ogʻir ijtimoiy vaziyatda boʻlgan, surunkali yoki ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli daromad manbaiga ega boʻlmaganlar);
    huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida boʻlgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida murojaat qilganlar);
    psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).
    Maxsus komissiya tomonidan mahallalarda 30 yoshdan yuqori xotin-qizlarni xonadonbay individual oʻrganish natijasida Respublika miqiyosida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj 432781 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritildi. Ayni vaqtda barcha ehtiyojmand ayollarga hukumatimiz tomonidan huquqiy, moddiy, tibbiy, psixologik, maʼnaviy koʻmak koʻrsatildi. Ayni vaqtda “Ayollar daftari”ni shakllantirishning ikkinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.
    Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni qoʻllab – quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (210-son, 14.04.2021-y.) qabul qilindi.
    Jamiyatning muhim boʻgʻini boʻlgan oilalar qanchalik tinch va totuv, toʻq va farovon boʻlsa, shundagina davlat tinch va barqaror boʻladi. Shu jihatdan, oila qoʻrgʻonining farovonligini taʼminlash va kambagʻalchilikning oldini olish borasida yangi tizim joriy etilganligi ham Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessansning mustahkam poydevori uchun asosdir.
    Oila farovonligi, iqtisodiy mustaqilligi va mustahkamligini doimiy taʼminlash hamda oilaviy tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 26-aprelda OʻRQ 629-son “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi.
    Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini takomillashtirish kelajakda nafaqat oila rivojiga, balki mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik sohasida, ayniqsa qishloq joylarida barqaror yangi ish joylarini tashkil etish hisobiga, hozirgi vaqtda norasmiy sektorda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ishchi kuchlarni, shu jumladan mehnat shartnomasini rasmiylashtirmasdan tadbirkorlarga yordam berayotgan oila aʼzolarini rasmiy bandlik sohasiga bosqichma-bosqich jalb etishni taʼminlaydi.
    Shunday qilib, Yangi Oʻzbekistonda “Uchinchi Renessans” davrining shiddat bilan boshlanishi zamonaviy oilalarning ham shiddat bilan shakllanishi uchun zamin hisoblanadi. Albatta, uning oʻziga xos andozasi mavjud boʻlib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oila qoʻrgʻonini mustahkamlashda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga alohida ahamiyat berish jamiyatimizdagi barcha institutlarning kundalik vazifasiga aylanmogʻi davlatimiz siyosatining mazmunini tashkil etadi:

    • oilaning jamiyat va davlat himoyasida ekanligi, uning huquqiy asoslari;

    • oilaning iqtisodiy jihatdan farovonligi;

    • oilaning ijtimoiy jihatdan barqarorligi;

    • oilaning axloqiy-maʼnaviy jihatdan shakllanganligi;

    • oilaning toʻliq boʻlishi;

    • oilaning taʼlimiy jihatdan qoniqarli darajasi;

    • oilaning demografik jihatdan mustahkamligi;

    • oilaning maʼnaviy va jismoniy salomatligi.

    Chunki buguni kun zamonaviy oilasi quyidagi tamoyillarga javob bermogʻi lozim:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 2,57 Mb.