O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga
oshirishning hal qiluvchi uchinchi bosqich mutaxassisning har tomonlama yetuk
bo`lishini taqazo qilmoqda, ya`ni uning sifatiga alohida e`tiborni qaratishni talab
etmoqda.
Hozirgi zamon fan sohalari bir-birlari bilan uzviy bog`langan. Shu sababli
maktab o`quv predmetlarini bir-biridan ajralgan holda qarash mumkin emas.
Predmetlarga bog`lanish o`rta maktabda fanlarni har tomonlama mukammal
o`rganishning sharti va vositasi bo`lib hizmat qiladi.
Umumiy ta`lim va kasb hunar maktablarini isloh qilishning asosiy vazifalari
orasida o`quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammosi hozirgi
kunimizdagi eng muhim bo`lgan masalalardan biri bo`lib qoldi.
Ma`lumki, umum ta`lim maktabida mehnat va politexnika ta`limning sifati
o`quvchilarning grafikaviy savodxonligiga ham boғliqdir.
O`rta maktab chizmachilik kursida predmetlararo bog`lanishni amalga oshirish
bilimlarni chuqurroq o`zlashtirishga, tushunchalarni ilmiy asosda shakllanishida,
o`quv-tarbiyaviy jarayonni mukammallashtirish va uni optimal tashkil qilish, xalq
xo`jaligi va sanoatni rivojlantirishda ilmiy texnikani, texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish, robot-texnika va elektron hisoblash texnikasi kabi zaruriy
muammolarni hal etish texnikasining jadallik bilan rivojlanishi, mutaxassislarning
zamonaviy bilim tajribasida javob berish, muhandislik masalalarini ham chuqur
mushohada qilish qobiliyatiga ega bo`lishga ko`maklashadi.
Har qanday fan bizni o`rab turgan borliqning qonuniyatlarini o`rganadi va o`z
izlanishlari bilan tabiat bilimini boyitadi. Bu fan narsalarning geometrik
xususiyatlarini tasvirlash usullari yordamida ularning shakllari, o`lchamlari va
o`zaro joylashishlari hamda metrik va pozitsion masalalarni echish algaritmlarini
o`rganadi. Bu bilan O`quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi tasvirlarni
yasash va ularni o`qiy bilishga o`rgatadi. Yuqoridagi usul va bilimlar yordamida
proektsiyalash usullariga asoslanib jismlarning tekislikdagi chizmalari
|