• Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar
  • Mavzu: ariza, dalolatnoma, hisobot va ularning vazifasi, zaruriy qismlari




    Download 20.36 Kb.
    bet1/5
    Sana10.04.2023
    Hajmi20.36 Kb.
    #50201
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6 Mavzu Ariza, dalolatnoma, hisobot, ularning vazifasi, zaruriy
    МОДУЛЬ ТАЪЛИМ, Boboqulov Ulug\'bek, 2, 3a508fa68ddad745da7c9fb5b60c4288 ПРОГРАММНАЯ ИНЖЕНЕРИЯ курс лекций , 1. Teng to’plamlar. To’plam osti. Universal to’plam, af86ba9acb928ef35a11ba15ea977ce1 Hujjat turlari va xususiyatlari tushuntirish xati, tilxat, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. , 1701509499, 1696927663



    MAVZU: ARIZA, DALOLATNOMA, HISOBOT VA ULARNING VAZIFASI, ZARURIY QISMLARI.


    Dars maqsadi: Talabalarni ariza, dalolatnoma, hisobot kabi hujjatlar, ularning vazifasi va ularda aks etishi kerak bo‘lgan zaruriy qismlari bilan tanishtirish.
    Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar: Ariza, shikoyat, rasmiy hujjat, hisbot, anjuman, matbuot, vazirliklari grifi, jamoat joylari, dalolatnoma,
    Kerakli jihoz va materiallar: videoproyektor, mavzu yuzasidan taqdimotlar, ariza, dalolatnoma, hisobot namunalari, doska, imlo qoidalari, internet ma’lumotlari.
    REJA:

    1. Ariza, uning vazifasi va unda aks etihshi kerak bo‘lgan zaruriy qismlari.

    2. Dalolatnoma, uning vazifasi, zaruriy qismlari.

    3. Hisobot, uning vazifasi, zaruriy qismlari.

    ARIZA
    Ma’lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Shikoyat mazmunidagi arizalar kelib tushgan tashkilot tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ariza ish, o‘qish, yashash joylarida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar turiga kiradi. Ariza alohida bir shaxs yoki bir qancha kishilar tomonidan jamoa bo‘lib yozilishi ham mumkin. Bu hujjat mahalla raisiga, jamoat tashkiloti rahbariga, bog‘cha mudirasiga, maktab, litsey, kollej direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, xo‘jalik, tashkilot, korxona, muassasa boshliqlariga, tuman, shahar, viloyat hokimlari yoki respublika miqyosidagi rahbarlar, mansabdor shaxslarga yo‘llanishi mumkin. Arizalarning mazmuni va hajmi turli-tuman bo‘lsa-da, ularning barchasi uchun xos bo‘lgan umumiy zaruriy qismlar mavjud.
    Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
    - ariza yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi;
    - ariza yozuvchining ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
    - hujjat nomi – ariza;
    - matn (iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunidagi ariza uchun asos bo‘lgan fikr-mulohazalarning qisqagina bayoni);
    - ilova hujjatlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa yoki talab etilsa);
    - ariza yozuvchining imzosi, familiyasi, ismi, yozilgan sana.
    Ariza imkon qadar qisqa, ma’lumotlarga asoslangan holda, tushunarli uslubda yozilishi lozim. Ariza bevosita rahbarning o‘ziga yoki shu ishlar bo‘yicha mutasaddi kishiga topshiriladi. Arizada bayon etilgan iltimos, talab, taklif yoki shikoyat amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda muddatda hal etiladi.
    NAMUNA
    Guliston davlat universiteti
    tabiiy fanlar fakulteti talabalar kasaba uyushmasi byurosi raisi S.Anorovga
    shu fakultet biologiya bo‘limi I kurs rus
    guruhi talabasi Rahmonova Dildoradan
    ARIZA
    Guruhimiz talabalari bilan Prezident ta’tili paytida, ya’ni 2017-yil
    28-29-dekabr kunlari mamlakatimizning qadimiy shaharlaridan Buxoro hamda Qarshi shaharlariga jamoa bo‘lib sayohatga borishni rejalashtirganmiz. Viloyat sayohat byurosi bilan kelishib, guruhimiz talabalari uchun ikki kunga 25 o‘rinli avtobus olishimizga yordamlashishingizni so‘rayman. Yo‘l xarajatlarini naqd pul bilan to‘laymiz.

    20.19.12. imzo Rahmonova D.





    Download 20.36 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 20.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ariza, dalolatnoma, hisobot va ularning vazifasi, zaruriy qismlari

    Download 20.36 Kb.