Mavzu: ariza, dalolatnoma, hisobot va ularning vazifasi, zaruriy qismlari




Download 20.36 Kb.
bet3/5
Sana10.04.2023
Hajmi20.36 Kb.
#50201
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 Mavzu Ariza, dalolatnoma, hisobot, ularning vazifasi, zaruriy
МОДУЛЬ ТАЪЛИМ, Boboqulov Ulug\'bek, 2, 3a508fa68ddad745da7c9fb5b60c4288 ПРОГРАММНАЯ ИНЖЕНЕРИЯ курс лекций , 1. Teng to’plamlar. To’plam osti. Universal to’plam, af86ba9acb928ef35a11ba15ea977ce1 Hujjat turlari va xususiyatlari tushuntirish xati, tilxat, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. , 1701509499, 1696927663
DALOLATNOMA
2014-yil 28-may. Guliston shahri.

Asos: universitet bo‘yicha 2014-yil 20-mayda “Universitet arxivining holati va faoliyatini o‘rganish haqida” chiqarilgan 07-F raqamli farmoyish.


Farmoyishga binoan universitet monitoring va ichki inspeksiyasi boshlig‘i A.M.Uzoqov raisligida hamda huquqshunos-maslahatchi F.B.Valixo‘jayeva, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bishlig‘i X.To‘xtayev, maxsus bo‘lim boshlig‘i A.A.Toshpo‘latov, devonxona mudiri vazifasini bajaruvchi M.Boltayevlar a’zoligida komissiya tuzildi. Komissiya shu yil 21-maydan 28-maygacha bo‘lgan muddat davomida universitet arxivi holati hamda ish faoliyatini o‘rganib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
1. Universitet arxivi uchun yangi qurilgan to‘qqiz qavatli binoning to‘qqizinchi qavatidan bir qancha xonalardan ibirat joy ajratilgan, hujjatlar saqlanishi uchun metali tokchalar o‘rnatilgan, hujjatlarning xavfsizligi ta’minlangan.
2. Devonxonaning arxiv bo‘limi uchun 1 mudira, 3 arxivarius, 1 EHM operatori shtat birliklari belgilangan. Avval mudir, keyinchalik arxivarius lavozimlarida ishlab kelgan Z.Rahmonova o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan va oqibatda bir qancha hujjatlar yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yo‘qolgan.
3. Universitet arxivining avvalgi – harbiy kafedra bilan birga joylashgan binoning ikkinchi qavatida isitish tizimida yuz bergan nosozlik tufayli bir necha bog‘lam hujjatlar zangli iflos suvda qolib ketgan va natijada 1969-, 1970-, 1975-, 1977-, 1978-, 1979-, 1980-, 1982-, 1987-yillarga tegishli hujjatlar suvda bo‘kib, yaroqsiz holga kelib qolgan.(Bu hujjatlarning to‘liq ro‘yxati dalolatnomaga ilova qilinadi)
4. Universitetning turli yillardagi faoliyati bilan bog‘liq 204 nusxadagi hujjat, shaxsiy tarkibga oid 1796 hujjat turli sabablarga ko‘ra yaroqsiz holga kelib qolganligi yoki yo‘qolganligi tufayli hisobdan choqarilishi lozim. (Bu hujjatlar ro‘yxati va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi)
5. Sobiq pedagogika institutining turli yillarga oid faoliyati bilan bog‘liq 21 nusxadagi hujjat, shaxsiy tarkibga doir 305 hujjatning yaroqsiz holga kelib qolganligi yoki yo‘qolganligi tufayli ularni hisobdan chiqarish lozim. (Bu hujjatlar ro‘yxati va arxiv xodimlarining yaroqsiz hujjatlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi bildirishnomasi dalolatnomaga ilova qilinadi)
6. Komissiya universitet arxivi yangi va uning xizmatidan foydalanuvchilar uchun qulay joyga ko‘chirilib, hujjatlar saqlash uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilganligini tasdiqlaydi.
7. Dalolatnoma ikki nusxada tuzildi, unga 8 betlik hujjatlar ro‘yxati va ikki betdan iborat bildirishnoma ilova qilindi.
Komissiya raisi: imzo Uzoqov A.V.
Komissiya a’zolari: imzo Valixo‘jayeva F.B.
imzo To‘xtayev X.
imzo Toshpo‘latov A.A.
imzo Boltayev M.


HISOBOT
Bir yillik, yarim yillik, bir chorak yoki bir oylik muddat uchun rejalashtirilgan ishlar, vazifalar, topshiriqlar, tadbirlar va boshqa shu kabilarning bajarilishi, turli ilmiy va xizmat safarlarining natijalari bayon etiladigan rasmiy hujjat. Hisobot hajman va mazmunan keng yoki qisqa bo‘lishi ham mumkin. Xizmat safari bo‘yicha buxgalteriya hisob-kitobi uchun mo‘ljallangan raqamlarga asoslanuvchi hisobot maxsus ish qog‘oziga rasmiylashtiriladi. Bajarilgan ishlar tavsifidan iborat hisobot keng qamrovli bo‘lishi bilan birgalikda hisobot berilayotgan muddat hamda unda aks ettirilayotgan sohaga doir ma’lumotlar aniq bo‘lishi lozim. Hisobot korxona, tashkilot, muassasaning yil, chorak yoki oy davomida amalga oshirgan ishlarinigina qamrab olmasdan qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ularning omillari, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning sabablari, rejalashtirilgan ishlarning bajarilishida ularning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha taklif-mulohazalar ham o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ham hisobot mavzu bo‘yicha tegishli taklif, mulohaza va tavsiyalar keltirish bilan xulosalanadi.
Hisobotning zaruriy qismlari:
- hisobot beruvchi shaxsning o‘qish yoki ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, hisobotning nima haqdaligi va hisobot davri;
- hujjat nomi – hisobot;
- matn (unda rejalashtirilgan ishlar, topshirilgan vazifa, ular yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar, ularning bajarilishi, erishilgan yutuqlar, ularning omillari, yo‘l qo‘yilgan nuqson va kamchiliklar, ularning sabablari, taklif, mulohazalar, tavsiyalar, ilova materiallar aks etadi);
- hisobot yozuvchi shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana (hisobot yuqori idoralarga yuboriladigan bo‘lsa, korxona rahbari imzosi bilan tasdiqlanb, muhri bosiladi).
NAMUNA
Guliston shahar 17-o‘rta umumta’lm maktabining kimyo fani o‘qituvchisi
Elomonova Marjonaning IX sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan
I bosqich fan olimpiadasi natijalari yuzasidan qisqacha

Download 20.36 Kb.
1   2   3   4   5




Download 20.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: ariza, dalolatnoma, hisobot va ularning vazifasi, zaruriy qismlari

Download 20.36 Kb.