Mavzu: ariza, dalolatnoma, hisobot va ularning vazifasi, zaruriy qismlari




Download 20.36 Kb.
bet2/5
Sana10.04.2023
Hajmi20.36 Kb.
#50201
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 Mavzu Ariza, dalolatnoma, hisobot, ularning vazifasi, zaruriy
МОДУЛЬ ТАЪЛИМ, Boboqulov Ulug\'bek, 2, 3a508fa68ddad745da7c9fb5b60c4288 ПРОГРАММНАЯ ИНЖЕНЕРИЯ курс лекций , 1. Teng to’plamlar. To’plam osti. Universal to’plam, af86ba9acb928ef35a11ba15ea977ce1 Hujjat turlari va xususiyatlari tushuntirish xati, tilxat, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. , 1701509499, 1696927663
DALOLATNOMA

Dalolatnoma ham kundalik hayotimizda ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar sirasiga kiradi. Dalolatnoma, odatda, ma’lum muassasa, korxona, tashkilot yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan biror-bir voqea-hodisa, xatti-harakat yoki mavjud holatni tasdiqlash maqsadida kamida uch kishi tomonidan tuzilib imzolanadigan hujjatdir.


Dalolatnoma ikki yoki uch nusxada tuzilishi mumkin. Dalolatnomada tekshirilgan voqea, hodisa, xatti-harakat tafsiloti, jihozlar, asbob-uskuna, ashyolar, texnika, binolarning yaroqli-yaroqsiz holati o‘z aksini topishi lozim. Chunki dalolatnomada qayd etilgan holat, dalillar ma’lum korxona, bo‘lim yoki shaxs, uning yashash sharoiti, iqtisodiy imkoniyati, faoliyati haqida tegishli xulosa chiqarish uchun imkoniyat beradi. Bu hujjat tegishli joylarda taftish o‘tkazilganda, rahbarlar yoki moddiy javobgar shaxslar almashayotganda, moddiy boyliklar bir javobgar shaxsdan ikkinchisiga yoki bir joydan boshqa biriga o‘tkazilayotganda, yangi qurilgan binolarni qabul qilib olishda, korxonaga tegishli asbob-uskuna, jihoz va buyumlarni hisobdan o‘tkazish, hisobdan chiqarish, ish jarayonida yoki ishdan tashqari vaqtda yuz bergan baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlarning oqibatlari tekshirilganda, tibbiyot sohasida, sud-tergov ishlarida, ishchi va xizmatchilarning iqtisodiy hamda yashash sharoitlari o‘rganib chiqilgandan so‘ng tuziladi.
Dalolatnoma tuzilgach, o‘sha vaqtning o‘zidayoq komissiya a’zolari, ishtirokchilar yoki guvohlar nazorati ostida rasmiylashtirilib, ularning ham imzolari bilan tasdiqlanadi. O‘rganilib, dalolatnoma tuzilgan sohaga doir qo‘shimcha hujjatlar bo‘lsa, unga ilova qilinadi va dalolatnomada ilova hujjatlar nomi, hajmi qayd etiladi.
Dalolatnomalar tasdiqlanayotgan voqea-hodisalar mazmuni yoritilishiga ko‘ra turli hajmda rasmiylashtirilishi mumkin. Biroq ularning barchasida qamrab olinishi lozim bo‘lgan zaruriy qismlar mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:
- muassasa, korxona yoki tashkilot nomi;
- hujjat nomi – dalolatnoma;
- tuzilgan sana va joy;
- dalolatnomani tuzish uchun asos bo‘lgan hujjat (buyruq, qaror, ko‘rsatma, ariza, farmoyish va hokazo);
- komissiya tarkibi (rais va a’zolarning lavozimi, familiyalari, ismlari);
- matn (tasdiqlanayotgan voqea-hodisa yoki mavjud holatning batafsil bayoni);
- ilovalar ro‘yxati, ularning hajmi;
- dalolatnoma tuzuvchilar, ishtirok etuvchilar yoki guvohlarning imzolari, familiyalari, ismlari.
NAMUNA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lm vazirligi


Guliston davlat universiteti
Universitet arxivi holati va faoliyatini o‘rganish haqida

Download 20.36 Kb.
1   2   3   4   5




Download 20.36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: ariza, dalolatnoma, hisobot va ularning vazifasi, zaruriy qismlari

Download 20.36 Kb.