• Topshiriqlar
  • Mavzu: ariza, dalolatnoma, hisobot va ularning vazifasi, zaruriy qismlari




    Download 20.36 Kb.
    bet4/5
    Sana10.04.2023
    Hajmi20.36 Kb.
    #50201
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6 Mavzu Ariza, dalolatnoma, hisobot, ularning vazifasi, zaruriy
    МОДУЛЬ ТАЪЛИМ, Boboqulov Ulug\'bek, 2, 3a508fa68ddad745da7c9fb5b60c4288 ПРОГРАММНАЯ ИНЖЕНЕРИЯ курс лекций , 1. Teng to’plamlar. To’plam osti. Universal to’plam, af86ba9acb928ef35a11ba15ea977ce1 Hujjat turlari va xususiyatlari tushuntirish xati, tilxat, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. , 1701509499, 1696927663
    HISOBOTI
    2017-yil 26-yanvar kuni avvaldan tayinlangan hakamlar ishtirokida IX sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasi o‘tkazildi. Olimpiadada 4 ta to‘qqizinchi sinfdan 20 o‘quvchi ishtirok etdi. Olimpiada ishtirokchilarining har biri 50 tadan test savollariga javob berishdi, turli mavzularga doir uchtadan masala yechishdi va ikkitadan kimyoviy reaksiyalarni tavsiflashdi. Yozma ishlar va test javoblari maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Davlatova Guliston tomonidan shifrlanib, hakamlar tomonidan adolatli tekshirildi. Tekshirish natijalariga ko‘ra IX ”A” sinf o‘quvchisi Madaminov Ramazon 90 ball to‘plab birinchi, IX ”D” sinf o‘quvchisi Jahongirov Temurbek 88 ball to‘plab ikkinchi, IX ”A” sinf o‘quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o‘quvchisi Azizov Ro‘zmurodlarning har biri 80 balldan to‘plashib uchinchi o‘rinni egallashdi. Hakamlar kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan IX “A” sinf o‘quvchisi Madaminov Ramazon va IX “D” sinf o‘quvchisi Jahongirov Temurbeklarni kimyo fani bo‘yicha Guliston shahar o‘rta umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ikkinchi bosqich olimpiadasida ishtirok etishlari uchun tavsiya etdi. Hakamlar faxrli uchinchi o‘rinni egallashgan IX ”A” sinf o‘quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o‘quvchisi Azizov Ro‘zmurodlarni tuman xalq ta’limi bo‘limi faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya etdi. Olimpiada Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizom qoidalariga to‘la rioya etilgan holda o‘tkazildi.

    Kimyo fani o‘qituvchisi: imzo Elomonova M.


    2017.27.01.
    Topshiriqlar:
    1. Mavzuni diqqat bilan o‘qib, o‘rganing.
    2. Ariza bilan hal etiladigan masalalar haqida gapirib bering.
    3. Dalolatnoma qanday holatlarda tuziladi.
    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Quyidagi mavzulardan biriga ariza namunalarini yozing: to‘y munosabati bilan fakultet dekanidan ikki kunlik darslardan ozod etishi to‘g‘risida ruxsat so‘rang, farzandingizni bog‘chaga joylash haqida, ishga kirish haqida, uy-joy qurish uchun yer ajratish haqida, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun mablag‘ ajratish haqida, muddatidan oldin mehnat ta’tili olish haqida, xizmat safariga yuborish haqida va hokazo.

    2. Mavzuga doir berilgan namunadan foydalanib dalolatnoma nusxasini tuzing.

    3. Quyidagi mavzular yuzasidan qisqaroq hajmli hisobot namunalari yozing: amaliyotchi talaba sifatida maktabda o‘tilgan pedagogik amaliyot haqida hisobot, guruh rahbari sifatida talabalar bilan olib borgan yarim yillik ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan hisobot, sinf rahbari sifatida o‘quvchilar bilan Urganch shahriga uyushtirilgan sayohat haqida hisobot.

    Test.


    Download 20.36 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 20.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ariza, dalolatnoma, hisobot va ularning vazifasi, zaruriy qismlari

    Download 20.36 Kb.