Aim.uz
Tashkilot va unumdorlik: texnologiya, ishlarni loyihalashtirish, tashkilot strukturasi va javobgarlik.
Samarali tashkilot resurslaridan unumli foydalanishi, ishlab chiQarishdagi harajatlarini minimumga tushirish bilan o’z oldiga Qo’ygan maQsadlariga erishishi mumkin. Xuddi shu tashkiliy jarayonlar unumdorlikdagi yutuQlarga olib keldi.
Mehnatni ixtisoslashuvi va taQsimlanishi kontseptsiyasi, jamiyatimiz va halQaro mehnat taQsimoti unumdorligini oshirishga olib keldi.
Unumdorlik bilan ko’proQ boG’liQ bo’lgan tashkilotning elementlariga texnologiya, ishlar va strukturani loyihalashtirish kiradi.
Texnologiya hozirgi kunda unumdorlikka eng ko’p tahsir Qiluvchi elementlardan biridir.
Avvalgi mavzularimizda aytib o’tganimizdek, G.Ford yiG’uv konveerini joriy Qilish bilan ikki yil ichida avtomobilsozlikda etakchi o’rinni egallaydi. Demak texnologiyaning o’zgarishi samaradorlikni oshirishga olib keladi.
Ishlarni loyihalashtirish yoki biz uchun tushinarli bo’lgan termindan foydalanadigan bo’lsak, "mehnatni ilmiy tashkil Qilish" ham unumlorlikni oshirishga sabab bo’ladi.
Tashkilotning strukturasining unumdorlikka tahsiri birmuncha keyinroQ kashf Qilindi.
Struktura rahbar va bo’ysunuvchilarni barcha bosQichlarda ko’rsatib beradi. Bu bilan mahmuriy xodimlar bilan boshQa xodimlar o’rtasida mutanosiblik ko’rsatiladi. Mahmuriy harajatlarni kamaytirish hisobiga unumdorlikni oshirish mumkin.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, rahbar o’z tashkilot muvaffaQiyatli faoliyat yuritishi uchun har bir xodimga vakolat berishi va xodim bu vakolatga mos ravishda javobgarlikni ham xis Qilishi kerak.
Hozirgi davrda ko’plab tashkilotlar biror bir sohani unumdorligini oshirish uchun maxsus gruppalar tuzmoQdalar. Bu gruppalarga turli soha mutaxassislari jalb QilinmoQda.
Demak, har bir muammoni hal Qilish uchun unga kompleks yondoshmoQ kerak.
|