Dunyoda hali o'lchov asboblari paydo bo'lmagan davrlarda erlar qo'lda
qarichlab,
keyinchalik sarjin, po'lat lenta ruletkalardan foydalanib an'anaviy
metrlar yordamida o'lchangan. Asta-sekin zamonaviy qurilmalar paydo bo'lib,
geodezik o'lchovlarni olib borishda elektron taxeometrlar,
GPS qurilmalardan
foydalanish ommalashdi. Bugungi kunga kelib esa, topografik o'lchovlar sun'iy
yo'ldosh orqali olingan suratlar, dronlar,
maxsus samolyot, aerofotokamera
singari eng so'nggi texnologiyalar yordamida amalga oshirilyapti.
Bu qurilmalar o'lchashlarning yuqori aniqligini ta'minlaydi.
Ular asosida
geodezik chizmalar chizilib, xaritalar yaratiladi. Masalan, “google” xaritalaridan
deyarli har kuni foydalanamiz. Ular nafaqat olis safarga yo'l olganimizda, balki
bir hududdan ikkinchi hududga yoki yaqin oradagi notanish manzilga aniq yetib
borishimizda qo'l keladi. Ammo bu kichik bir misol xolos. Keng miqyosda
olganda geodeziya yer ustidagi barcha narsalarning o'lchovini olib,
xaritaga
kiritishni anglatadi. Uning asosida hududlarning, qolaversa, mamlakat xaritasi
yaratilib, tez-tez yangilab boriladi.
O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 2-
iyulda qabul qilingan “Geodeziya va
kartografiya faoliyati to'g'r
isida”gi qonunida davlat geodeziya, nivelir,
gravimetriya, geodezik zichlashtirish
tarmoqlarini yaratish, rivojlantirish va
ishlash holatida saqlab turish belgilangan. Bu borada geodeziya va kartografiya
faoliyatida doimiy faoliyat ko'rsatadigan sun'iy yo'ldosh
orqali kuzatish
stantsiyalari tarmog'ini yaratish va rivojlantirish alohida o'rin tutadi.