Nol nuqtadan asosiy koordinatagacha




Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.06.2024
Hajmi1,1 Mb.
#264048
1   2   3   4
Bog'liq
T.Farrux

Nol nuqtadan asosiy koordinatagacha
Hududlarda ana shunday geodezik o'lchov va tenglashtirish ishlarini olib borish 
maqsadida 2018-yili Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi 
tomonidan tumanlar markazlariga ilk bor 50 ta doimiy ishlovchi global 
navigatsion sun'iy yo'ldosh tizimlari 
— GNSS stantsiyalari o'rnatildi. Mazkur 
stantsiyaning har biri sun'iy yo'ldosh ma'lumotlarini qabul qilib olib, 30
—40 
kilometr masofagacha tarqatadi. 


Tizimning ishlash printsipi yuqori orbital navigatsion sun'iy yo'ldoshlar guruhi 
ma'lumotlari asosida RTK (real vaqt kinematikasi) texnologiyasidan foydalanib 
ob'ekt joylashgan o'rnini aniqlashga asoslangan. Ya'ni, GNSSlar real vaqt 
rejimida geodezik, topografik ishlarni aniq bajarish imkonini beradi. Stansiyalar 
orqali olingan sun'iy yo'ldosh ma'lumotlaridan iqtisodiyot tarmoqlari, yer 
kadastri, transport, logistika, qishloq xo'jaligi sohalarida, barcha loyiha-qidiruv, 
qurilish ishlarida nuqtalar koordinatalarini aniqlash, topografik syomka ishlarini 
bajarishda foydalaniladi. 
Mamlaktimiz sharoitida GNSS stansiyalarining geodezik ishlab chiqarishga jalb 
qilinishi natijasida nuqta koordinatalarini qisqa muddatda yuqori aniqlikda topish 
imkoniyati paydo bo'ldi. Koordinatalar aniqligi iqtisodiyotning barcha sohalarida 
zarur. Masalan, davlat koordinatalar tarmog'ining boshlang'ich nuqtasi Pulkovo 
observatoriyasidan olingan. Nuqtalarning absolyut balandligi 
— Boltiq 
balandliklar sistemasida aniqlanadi. Sababi balandlik nuqtalar boshi 
— nol 
nuqta o'sha erdan olingan. Agar aniqlik to'g'ri belgilanmasa, yo'l past-
balandlikdan iborat bo'ladi. Qurilish sohasida ham shunday. Ob'ektlarni 
qurishda har bir burchak aniq o'lchanmasa, qiyshiqlik, nosozlik, turli notekisliklar 
va hatto siljishlar kelib chiqadi. Barchaga ma'lumki, burchak o'lchov ishlarida 
gradus, minut, sekundlardan foydalaniladi. Aytaylik, obyektlar joylashuvi 1º 
(gradus) xatolikda o'lchanganda, 1 kilometr masofada 17 metrdan ortiq xatolik 
bilan joylashishiga olib keladi
.
Shu bois, geodezik tarmoqlar, shuningdek, shahar geodezik tayanch punktlarini 
qurishda GNSS texnologiyalaridan foydalanish rivojlangan davlatlar tajribasida 
ommalashgan. Ular yuqoridagi jarayonlarda aniq, tezkor, sifatli va keng unumli 
geodezik asos vazifasini o'taydi. 
Doimiy ishlovchi GNSS stansiya hisobiga oldin to'rt nafar mutaxassis bajarishi 
kerak bo'lgan ishni bir kishi RTK rejimi yordamida uddalaydi. Ya'ni, o'lchash 
qurilmalarini qo'lda ko'tarib, yer maydonlarini aylanib yurishga hojat qolmaydi 
— istalgan miqdordagi qurilmani stansiyaga ulab qo'yish kifoya. Bunda ishchi 
kuchini kam sarflab, ish hajmini 40
—50 foizga oshirish mumkin. Geodezik 


ma'lumot olishda an'anaviy usulga nisbatan vaqt bir necha barobar tejaladi. 
Qolaversa, GNSS stantsiya hisobiga hududlarda geodinamik tadqiqotlarni 
amalga oshirish imkoniyati ham bor. 
Sun'iy yo'ldosh orqali olingan GNSS stantsiyalari ma'lumotlari raqamli ravishda 
taqdim etiladi va ularni kartografik yoki geografik axborot tizimlariga osongina 
eksport qilish mumkin. Bundan tashqari, o'lchovlarni avtomatlashtirish tufayli 
kuzatuvchilarning xatolari kamayadi. Stansiya ma'lumotlari yordamida har 
qanday ob-havo sharoitida kun davomida dunyoning istalgan burchagidagi 
obyektlarning koordinatalarini aniqlash mumkin. Boisi, GNSS o'lchovining 
aniqligi ob-havo sharoitlariga bog'liq emas. 
Shuningdek, sun'iy yo'ldosh kanallaridan foydalanish va signallarni qayta 
ishlash qishloq xo'jaligida yerlarni inventarizatsiyadan o'tkazish, kadastr 
obyektlarini tekshirish, yer usti va yer osti qatlamining buzilishi, turar-noturar 
binolar holatini muntazam o'rganish, ko'chmas mulk obyektlarini hisobga olish 
va kadastr suratga olish ishlarida ham qo'l keladi. 

Download 1,1 Mb.
1   2   3   4




Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish