Yana 80 ta stansiya
O'zbekiston Respublikasi geografiyasi nafaqat aholi punktlari, balki cho'l va tog'
zonalaridan iborat. U erlarda
ham iqtisodiyot rivojlanib, katta zavodlar, yo'llar
qurilyapti. Mazkur hududlarda ham geodezik tasvirlarni olish,
aniqlikni
ta'minlash zarur. Shu maqsadda GNSS stantsiyalari sonini yana 80 taga
ko'paytirib, 2022-2023-yillarda jami 130 taga yetkazish rejalashtirilgan. Hozir
yangi stantsiyalarni loyihalashtirish ishlari olib borilyapti.
Hududlarda ishlab turgan stantsiyalar bir nuqtaga ulangan bo'lib, Respublika
aerogeodeziya markazidagi GNSS stantsiyalar tarmog'ini
boshqaruvchi
nazorat markazida onlayn tarzda kuzatib boriladi. Internet tarmog'i va aloqa
kanallari shakllantirilib, stansiyalar tarmog'i markazga bog'landi va
ma'lumotlarni qayta ishlash yo'lga qo'yildi. Stansiyalarni
markaziy boshqarish
va nazorat qilish “Spider” dasturi paketi yordamida amalga oshiriladi.
Bu yerda GNSS stantsiyalar ma'lumotlari bilan ta'minlash xizmati ham joriy
qilingan. Stansiyalarning kordinatasi aniq bo'lgani bois, tadbirkorlar ham unga
qurilmalarini o'rnatib, chizmalar, sxemalar chizishda foydalanyapti.
Buning
uchun rasmiy murojaat qilgan holda onlayn ro'yxatdan o'tib, uyali aloqa
kompaniyalar mijozlari kabi abonent sifatida qo'shilish mumkin. GNSS
stantsiyalari qabul qilingan ma'lumotlarni qayta ishlab, o'zlariga bog'langan
obyektlarga ularning joylashgan joyini yuqori aniqlikda aniqlab beradi. Unda
barcha arxiv ma'lumotlar ham saqlanadi. Geodezik
qurilmalar stantsiyaga
cheksiz tarzda ulanishi mumkin.
Doimiy ishlovchi GNSS stantsiyalariga abonent sifatida qo'shish ishlari
bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Hozirgi kunda stansiyalar ma'lumotlaridan
kadastr rejalari va kartalarini yaratish hamda yangilash,
yer usti va osti
qatlamlarini tekshirish, yer va ko'chmas mulk chegaralarini aniqlash,
loyiha-
qidiruv ishlari, tuproq va strukturaning o'zgarishi monitoringi, kommunal
xizmatlar va boshqa sohalar bo'yicha faoliyat olib borayotgan 102 ta davlat va
nodavlat tashkiloti beg'araz foydalanmoqda.
GNSS stantsiyalar soni 130
taga yetkazilgach, yurtimizning barcha hududlari
qamrab olinadi. Bu istalgan hududning geodezik ishlarini amalga oshirish,
xaritalarni
yaratish yoki yangilash, markazda o'tirgan holda koordinatalarini
aniqlash imkonini beradi. Turli sohalarda tezkor va aniq o'lchamlarni olishga
xizmat qiladi.