• Ta’kidlanganidek, mustaqillikning ilk yillaridanoq davlatimiz
rahbari tashabbusi bilan mahalla institutining huquqiy asoslarini
yaratish, ularni zamon talablariga mos holda takomillashtirib
borish, jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotining
ajralmas bir qismi sifatida ushbu noyob tuzilma maqomini
mustahkamlashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Avvalo,
milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va
mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarishning hududiy
birliklari sifatida O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida
mustahkamlab qo’yildi, ularning maqomini belgilash,
vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari
qabul qilindi