• 1. Oila salomatligi
  • -MAVZU. OILADA FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALIKKA TAYYORGARLIKNING SHAKL, USUL HAMDA VOSITALARI




    Download 2,57 Mb.
    bet10/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    4-MAVZU. OILADA FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALIKKA TAYYORGARLIKNING SHAKL, USUL HAMDA VOSITALARI
    Global oʻzgarishlar asosida soʻnggi vaqtlarda oʻzbek oilasida va oila aʼzolari munosabatlarida maʼlum oʻzgarishlar yuz bermoqda. Mazkur taʼsirning oʻziga xos ijobiy va salbiy oqibatlari mavjud. Ijobiy tomoni shundaki, mavjud global shart-sharoitlar va talablar oʻzbek oilasining funksionallik jihatdan oʻsishi va oʻz masʼuliyatidagi vazifalarga tayyorligini oshiradi, oʻzbek oilasining dunyo hamjamiyati bilan boʻlgan turli aloqadorligini, uning jahon bozori va texnogen oʻsishga nisbatan boʻlgan integratsiyasini taʼminlaydi, shu nuqtayi nazardan oʻzbek oilasining davr va zamonga hozirjavobligini oshiradi, oilaning ijtimoiy oʻrni nuqtayi nazaridan maʼlum ijobiy transformatsiyaga sabab boʻladi. Salbiy taʼsir esa globallashuv oqibatida yuzaga kelgan ommaviy madaniyat, turli mafkuraviy tahdidlar, diniy va boshqa turdagi ekstremizm, rangli inqiloblarning avj olishi, ksenofobiya, mehnat resurslari migratsiyasi va boshqa oʻnlab tazyiqlarni oilalar tinchligi, ravnaqi, osudaligini buzishi, milliy oilaviy mentalitetning qoʻporilishida namoyon boʻladi. Shu bois, bugungi kunda milliy anʼanalarni oilaviy turmush borasida umumbashariy nazariy bilimlar bilan qoʻshib olib borish talab etiladi. Yoshlarni oilaviy hayotga psixologik, ruhiy, jismoniy, jinsiy tomondan toʻliq tayyorlash masalalari quyidagi yoʻnalishlardagi maʼlum bilim va koʻnikmalarni shakllantirishni taqozo etadi:
    1. Oila salomatligi: oila aʼzolari salomatligi boʻyicha birlamchi bilimlarga ega boʻlish, salomatlikni saqlash omillarini bilish, salomatlikni saqlash va umrni uzaytirish usullarini va milliy qadriyatlarni oila hayotiga singdira bilish, milliy tabobatdan xabardor boʻlish, reproduktiv salomatlik mezonlariga amal qilish, toʻgʻri ovqatlanish meʼyorlariga rioya qilish, salomatlikni saqlash – fuqarolik burchi ekanligini anglash, qariyalar salomatligiga eʼtiborli boʻlish, goʻdak va emizikli bolalar salomatligi, bolalarni yuqumli kasalliklardan asray olish, oilada tibbiy bilimlarga hurmat va eʼtiborning shakllantirilishi, farzandlarni zamonaviy tibbiy tahdidlardan asrash, ularga tibbiy tahdidlar boʻyicha zarur bilimlarni berib borish, bolani ona suti bilan boqish mazmunini anglash, hayotga fiziologik-gigiyenik jihatdan tayyor boʻlish, oilaning ijtimoiy ahvolini yaxshi va ravon saqlash, uni yaxshilash omillarini oʻrganish.

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. OILADA FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALIKKA TAYYORGARLIKNING SHAKL, USUL HAMDA VOSITALARI

    Download 2,57 Mb.