Oila anʼanalari va ularga nisbatan yangicha qarash




Download 2,57 Mb.
bet13/74
Sana29.01.2024
Hajmi2,57 Mb.
#148139
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

7. Oila anʼanalari va ularga nisbatan yangicha qarash: oila anʼanalarining kelib chiqish sirlari, oila anʼanalarini yaratish va ularni taʼminlash, oilaviy anʼanalarni avlodlarga oʻtkazish, oila anʼanalarida shaxs barkamolligi oʻrni, oila aʼanalarida sogʻlom turmush tarzi, sport, jismoniy tarbiya va jinsiy halollik masalalari, oilada bayramlarni nishonlash tartibi, oilaviy anʼanalarni saqlashga farzandlarni oʻrgatish, oila va sayohat, oila va oʻz oʻlkasi tarixi, georafiyasi, milliy urf-odatlarini oʻrganish, oila anʼanalaridan farzand tarbiyasida unumli foydalanish.
Nikoh-oila munosabatlarini mustahkamlash, oilaviy hayot zaminida yuzaga keladigan noxush hodisalarning oldini olish, oilalarning buzilishini kamaytirish, ularda sogʻlom psixologik muhitni vujudga keltirish amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligi va uni maqsadga muvofiq tashkil etish oliy taʼlim tizmida samarali kechadi.
Yoshlarning sogʻlom oilaviy hayotga tayyor boʻlishga oid ehtiyojlari darajasini aniqlashga boʻlgan oʻrganish natijalari quyidagi muammolarni hal etish lozimligini koʻrsatdi:
– oʻzbek xalqida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning oʻziga xos anʼana va usullari bor, mana shu anʼana va usullarni yoshlarga oʻrgatish, oila muqaddas dargoh ekanigini ular ongiga singdirish zarur.
– yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda zamon talablari va ehtiyojlarini xisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni koʻrsatdiki, aholininng 89,5 foizi yoshlarni oilaviy hayotga jiddiy tayyorlash zarur, deb hisoblaydi. Soʻralganlarning 60,5 foizi mazkur vazifani taʼlim muassasalari zimmasiga yuklash zarurligi va buni maxsus fan sifatida oʻqitilishi lozim ekanligini taʼkidlaganlar.
Shundan soʻng oliy oʻquv yurtlarida sotsiologik tadqiqotlar olib bordik. Tadqiqot ishlari toʻrt yoʻnalishda amalga oshirildi:
– Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy, demografik holatini aniqlash.
– Yoshlar va yosh oila aʼzolarining jismoniy-gigiyenik madaniyat darajasini oʻrganish.
– Oila maʼnaviyati holatini tadqiq etish.
– Oila aʼzolarining ruhiy holatini oʻrganish.
Tadqiqotlardan shu narsa maʼlumki, talaba yigit-qizlar erta nikohga kirishga koʻproq salbiy munosabat bildirganlar. Oila qurishga tayyor boʻlmay, erta nikohga kirishlari natijasida:
– oilalarda er-xotinlarning ajralib ketishlari;
– yigitlarning oilani yuritishda ham moddiy, ham maʼnaviy imkoniyatga ega boʻlmaganliklari;
– oila va farzand qadriga yetmayotganliklari;
– oilaviy turmushda uquvsizliklari;
– oilaviy qiyinchiliklarga bardosh bera olmayotganliklari yuz bermoqda.
Shuning uchun ham biz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda quyidagilarga eʼtibor berishni nazarda tutdik:
– talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda maktab, litsey va kasb-hunar kolleji, oliy oʻquv yurtida uzviylikka eʼtiborni qaratish;
– yigit-qizlarning erta oila qurishiga yoʻl qoʻymaslik;
– yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning oldini olishga oid barcha targʻibot ishlarini yoʻlga qoʻyish;
– sogʻlom turmush tarzi va madaniyatni shakllantirishga oid taʼlim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, uning mohiyatini tushuntirish;
– sport bilan keng shugʻullanishga eʼtiborni kuchaytirish;
– oila farovonligini oshirishda fermerlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;
– talaba-yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga tayyorlash va boshqalar.
Ikkinchi yoʻnalish – yoshlarning jismoniy-gigiyenik jihatdan oilaviy hayotga tayyorligini oʻrganish edi.
Sogʻlom oila qurishga tayyorlashda yoshlarni zararli odatlardan saqlanishga oʻrgatish ham katta ahamiyatga ega boʻldi. Salomatlikning dushmanlari boʻlgan ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlikning yoshlar oʻrtasida tarqalib borishi, hatto qizlarning ham bunga oʻrganayotgani sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom oilaning kushandasidir. Lekin, hozirgi kunda talaba-yoshlar oʻrtasida ham spirti ichimliklar isteʼmol qilish uchrab turibdi. Spirtli ichimliklar ichish, chekish, giyohvandlik-juda koʻp xastaliklarni keltirib chiqarishi, eng achinarlisi naslga salbiy taʼsir etishidir.
Tadqiqotimiz natijasida talaba yoshlarning 31 foizi spirtli ichimliklar ichishi aniqlandi. Surunkali kasalliklar bilan ogʻriganlar esa qizlar oʻrtasida koʻproq namoyon boʻldi.
Maʼlumki, yigit va qizlar oliy oʻquv yurtlarida har yili tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Ayon boʻlishicha, koʻpchilik yoshlar oliy oʻquv yurtiga kirish uchun tibbiy maʼlumotnomalar olish maqsadida tibbiy koʻrikdan oʻtganlar. Unga baʼzi maktab oʻquvchilari hatto oʻz varaqasiga ham tibbiy koʻrikdan oʻtganligi qayd etib borilmaganligi maʼlum boʻldi. 20 foizdan ortiq yoshlar tibbiy muassasalarga murojaat qilmaganlar. Hatto ogʻir xastalikka chalinmaganlar, ularning umuman tibbiy koʻrikdan oʻtmaganligi maʼlum boʻldi.
Salomatlikning asosiy mezoni har bir insonning sport bilan shugʻullanishidir. Lekin soʻralgan yoshlarning sport bilan shugʻullanadiganlari
31 foizni tashkil etdi. Bularning orasida qizlar ozchilik edi. Bu borada olib borilgan ishlar natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
– talaba-yoshlarning tibbiy savodxonligini rivojlantirish;
– turmush qurishda qarindosh-urugʻchilikka yoʻl qoʻymaslik;
– oilaviy hayotda ayollarning turmush sharoitini yaxshilash;
– oʻquv yurtida tibbiy maslahatxonalar, mutaxassis shifokorlarning tadbirlarini kompleks tashkil etish;
– zararli odatlardan saqlanish yoʻllari va usullarining eng maqbullaridan targʻibot ishlarida foydalanish;
– talaba-yoshlarda turmush sharoitini yaxshilash oʻz sogʻligiga ongli munosabatni tarkib toptirish asosida davollash tadbirlari samaradorligini oshirish;
– oʻquv yurtida yoshlar oʻrtasida barcha muammolar boʻyicha davra suhbatlari, seminarlar tashkil etish;
– surunkali kasalliklarning oldini olish uchun oʻquv yurti qoshidagi shifoxonalarning talabalarni tibbiy axborot materiallari bilan taʼminlashga erishishi va boshqalar.
Tadqiqotlar hozirgi davrda oilalardagi oʻziga xoslik bilan birga ancha-muncha psixologik muammolar ham mavjudligini koʻrsatmoqda. Bularning yechimini topish hozirgi davrda eng muhim masala boʻlib, quyidagilarni hal etish kelgusidagi vazifalardan hisoblanadi:
– talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ularni aynan oilada sogʻlom psixologik muhit yaratish mazmuni, shakl va metodlari bilan tanishtirish;
– “Milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”ni oʻqitish jarayonida “Oila maʼnaviyati”da yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga alohida eʼtibor berish;
– talaba yoshlarni psixologik savodxonligini oshirish maqsadida ularni shaxslararo munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasiga doir bilimlar bilan qurollantirish;
– talaba-yoshlar uchun oliy oʻquv yurti dekanatlari qoshida pedagogik-psixologik maslahat xonalari tashkil etish va unda oila, nikoh masalalarida suhbatlar, maslahatlar uyushtirish;
– har bir mahalla qoshida talaba-yoshlar bilan ishlovchi komissiyalar tashkil etib, ularning oilasi va oila qurish arafasida nikoh masalalarida faollar bilan ish olib borish va hokazo.
Shunday qilib, yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari oʻrganilib, bular ijtimoiy-demografik, maʼnaviy-maʼrifiy, jismoniy, jinsiy va ruhiy yoʻnalishlarni tashkil etish oliy taʼlim tizimida talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning muhim poydevori hisoblanadi.


Download 2,57 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Download 2,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila anʼanalari va ularga nisbatan yangicha qarash

Download 2,57 Mb.