|
Bekobod shahar
|
bet | 1/3 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #243917 |
Bog'liq Rustamova M. ochiq dars
O`ZBEKISTОN RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA`LIMI VAZIRLIGI
BEKOBOD SHAHAR
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA`LIMI BO‘LIMIGA QARASHLI
18-SONLI UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI
TEXNOLOGIYA FANI O`QITUVCHISI
RUSTAMOVA MADINANING
5-SINFLAR UCHUN
TEXNOLOGIYA FANIDAN BIR SОATLIK
2023-2024 o‘quv yili
Mavzu: Aylanma harakatlanuvchi karusel yasash.
Darsning shiori: “Hunar - hunardan rizqing unar”
Darsning maqsadi:
a)Ta’limiy: O‘quvchilarda mustaqil ijodiy izlanish, hunarga O‘rgatish;
b)Tarbiyaviy: O‘quvchilarda vaqtning qadriga yetish,undan unumli foydalanish, irodaning sifatlarini O‘rgatish;
s)Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda faollik va ijodkorlik,ulardagi individual rivojlanishini qullab-quvvatlash, ruhiy ilhomlanish,yangiliklar yaratishda insondagi zavqlanish tuyg’ularini rivojlantirish;
O‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish;
Dars tipi: Yangi bilimlar berish: Dars turi: Nazariy va amaliy:
Darsning jihozi: Tarqatma materiallar,video slaydlar, qog’oz qalam, kO‘rgazmalar, kompyuter, proyektor, ekran, slaydlar qiziqarli O‘yinlar uchun qog’ozlar, turli rangdagi markerlar,doska,bO‘r, six cho‘p, muzqaymoq cho‘pi, pistolet kley, sharbat naychasi, rasmlar;
“Har bir shaxsda gO‘zallikka intilish tuyg’usi mavjud. Hech kim dunyoda hissiz, tuyg’usiz bO‘lib tug’ilmaydi. Agar inson bolaligida zarur ozuqani ololmasa, bu uning kelajak hayotida ham shubhasiz O‘z ta’sirini O‘tkazadi”.
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, O‘quvchilarni guruhlarga bO‘lish;
O‘qituvchi: O`qituvchi sinfga tashrif buyuradi va O‘quvchilar bilan salomlashadi.
Assalomu alaykum, darsimizga shaylanib, bilim olaman deb yaxshi niyatlar bilan o`quv dargohimizga tashrif buyurgan aziz, o`quvchilar. Sizlarga bugungi darsimizda o`zingizga kerakli ma’lumotlarni olib, bilimingizni yanada boyitib olasiz degan umiddaman.
|
| |