|
Oila va xotin-qizlar
|
bet | 21/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)Boʻyining balandligidan xijolat boʻlishi natijasida engashib yura boshlaydilar. Bu vaqtda ayrim oʻsmirlar ruhiyatida buzilishlarni kuzatish mumkin, ammo koʻpchilik bolalar axlov meʼyorlariga mos boʻlgan xatti-harakatlarni namoyon etishadi.
Bosh miyada qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlari oʻzgaradi.
Natijada, baʼzilar oʻz qobigʻiga oʻralib olib tevarak-atrofga befarq boʻlib qoladilar, boshqalari esa buning aksi jaxldor va asabiy boʻlib qoladi.
Oʻsmirlar butun tananing tez qayta tuzilishini boshdan kechiradilar, bu asab tizimidagi jarayonlarning vaqtincha buzilishi bilan birga keladi. Xulq-atvorning hissiy foni oʻzgaradi. Oʻsmirning his-tuygʻulari dinamik va qarama-qarshidir. Kichkina narsalarda sezgirlik va jahldorlikning oshishi muhim masalalarda sovuqqonlik, qoʻpollik va hatto shafqatsizlik bilan birlashtirilishi mumkin. Uyatchanlik osonlik bilan qoʻpollikka aylanishi mumkin. Oʻsmir oʻzidan kattalarni tanqid qiladi, lekin oʻz xatolarini koʻrmaydi, U oʻz kuchi va imkoniyatlarini ortiqcha baholaydi, yoxud aksincha – oʻzining ijobiy fazilatlarini mensimaydi.
Mushak massasining tez oʻsishi (2-3 yil ichida 10-12% ga) oʻsmir bolaning kuchini koʻpayishiga va uni atrofdagilarga koʻrsatib qoʻyish istagi bezorilik, jinsiy munosabatlarga moyillik hislarini paydo qiladi.
Asab tizimidagi oʻzgarishlar mehnat qilish qobiliyatining susayishi va taʼlim olishga boʻlgan ishtiyoqning pasayishiga olib keladi. Natijada oʻsmir darslarni koʻp qoldiradi hamda axloqsiz bolalar guruxiga qoʻshilib qolishi mumkin. Oʻsmir eʼtiborsiz va beparvo boʻladi, ilgari hech qachon sodir etmagan xatolarga yoʻl qoʻyadi. U juda kamgap odamovi yoki aksincha koʻp gapiradigan laqma boʻlib qolishi mumkin.
Balogʻat yoshida jinslar oʻrtasidagi munosabatlar sezilarli darajada oʻzgaradi: ular bir-biriga intiladi va bir-biriga yoqishga harakat qiluvchan boʻlishadi. 13-14 yoshdan boshlab oʻgʻil bolalarda sevuvchanlik xususiyatlari namoyon boʻladi. Qizlardan farqli oʻlaroq, ular seksual fantaziyalarga boy boʻlishadi. Oʻsmir allaqachon oʻzini maʼlum bir jinsdagi shaxs sifatida tan oladi va faol ravishda shunga mos xulq-atvorni namoyon qiladi. Qizlar uchun balogʻatga yetishishning asosiy belgilaridan biri his tuygʻularning uygʻonishi, oʻgʻil bolalarga yoqish istagining kuchliligida namoyon boʻladi. U oddiy oʻsmirdan ayollik xususiyatlariga ega boʻy qizga aylanadi. Uyatchanlik, oʻgʻil bolalarni “masxara qilish” istagi bu davrda qizlarning ruhiyatiga xosdir.
Shu sababli ota-onalar va oʻqituvchilardan bolalarning oʻtish davriga diqqat bilan eʼtibor qilish va mazkur jarayonning tabiiy kechishiga koʻmaklashishlari talab etiladi.
Erkak va ayol oʻrtasidagi farqlar biologik xususiyatlar bilan cheklanmaydi. Kundalik hayotda turli vaziyatlarda ularning reaksiyalari ham turlicha boʻladi. Bu farqlar ularning xulq-atvorida, hissiyotlari namoyon boʻladi. (2-Jadval).
|
| |