QAYNONA-KUYOV ORASIDAGI KELISHMOVCHILIKLAR




Download 2,57 Mb.
bet29/74
Sana29.01.2024
Hajmi2,57 Mb.
#148139
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
Bog'liq
------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

QAYNONA-KUYOV ORASIDAGI KELISHMOVCHILIKLAR

Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida ham boʻladi. Ichkuyov ba’zi hollarda kelin xonadoniga moddiy jihatdan qaram boʻladi (hech boʻlmaganda uy-joy masalasida). Qaynona hamisha ham ziyrak va andishali boʻlavermaydi. Kuyovning psixologik hushyorligi oshadi, erki esa birmuncha qisiladi. Bunisi yetmaganday, baʻzan qaynonalar kuyovga nooʻrin gaplarni aytib yuboradi, kesatadi (qizim senga aytaman, kelinim sen eshit, qabilida). Betayin qaynonaning yoshlarning oilaviy hayotiga bunday qoʻpol ravishda aralashishi tufayli turli nizolarni yuzaga keltiradi. Bundan kelin ham ogʻir ahvolga tushadi. Bir yoqda eri, ikkinchi tomonda tuqqan volidasi oʻrtasida qozilik qilishga harakat qiladi. Bunday qobiliyat esa hammada ham boʻlavermaydi. Kelin oqibatda yo onasi, yoki eri tomoniga oʻtadi. Har ikkala holda ham oila barbod boʻlishi mumkin. Shunday hollarning oldini olish uchun qaynona yoshlar hayotiga kamroq aralashmogʻi kerak. Baʻzi qaynonalar qizini (ayniqsa, rus oilalarida) kuyovidan yoki aksincha oʻgʻlini kelinidan rashk qiladi. Oqibatda esa yana nizolar paydo boʻladi. Bunda birinchi holda rashk qiz onaning yolgʻiz farzandi ekanligidan kelib chiqadi. Ilgari qizi faqat onasi bilangina maslahatlashgan, dardlashgan boʻlsa, ular orasiga kuyov kiradi.


Qizning butun diqqat-eʻtibori kuyovga – eriga qaratiladi. Bunda qaynona kuyovni raqib deb biladi. Uning har bir xattiharakatini kuzatadi. Baʻzi hollarda qaynonalar nima sababdan kuyovining qasdiga tushib qolganini oʻzlari ham bila olmaydilar, bunga turli bahonalar topadilar. Aslida esa buning bitta-yu bitta sababi bor – rashk, faqat qizini qizgʻanishdir. Qizining oldida uning obroʻsini tushirmoqchi boʻladi, kamsitadi. Bunday holatni kelin erning uyida yashagan juftlarda ham kuzatish mumkin. Bunda yuqorida bayon qilinganidek, qaynona oʻgʻlini kelinidan qizgʻanadi. Buning oldini olish uchun turmushga chiqqanlaridan soʻng, ayniqsa, onasi bilan birga turadigan boʻlsa, undan oʻz diqqat-eʻtiborini, farzandlik mehr-muhabbatini darigʻ tutmasligi,
yolgʻizlatib qoʻymasligi lozim. Qaynonalar ham avvalo, oʻz yoshliklarini eslashlari, qolaversa, qizining kuyoviga, oʻgʻlining xotiniga mehr-muhabbati, eʻtibori ular oilasi baxt-saodatining, iqbolining garovi ekanligini unutmasliklari kerak. Ayrim qaynonalar ongsiz ravishda kuyovini oʻz eri bilan taqqoslaydilar. U badavlatlikda, jamiyatda egallagan mavqeyi va boshqa bir jihatlari bilan farq qilishi mumkin. Natijada qaynona nazarida kuyovning obroʻyi pasayadi, qarab turibsizki, yana kelishmovchiliklar chiqishiga sabab boʻladi.

Download 2,57 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Download 2,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



QAYNONA-KUYOV ORASIDAGI KELISHMOVCHILIKLAR

Download 2,57 Mb.