Erta turmush qurish natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlar, tibbiy soha mutaxassislari tomonidan bildirilgan fikrlar quyidagilardan iborat boʻldi




Download 2,57 Mb.
bet26/74
Sana29.01.2024
Hajmi2,57 Mb.
#148139
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Bog'liq
------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

Erta turmush qurish natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlar, tibbiy soha mutaxassislari tomonidan bildirilgan fikrlar quyidagilardan iborat boʻldi:
– ayollarda bachadondan qon ketishi;
– folikulalar (tuxumlarni) toʻliq yetilmasligi;
– koʻproq holatlarda homilalarning jarrohlik bilan olinishi; hattoki bachadon folekulalar (tuxumlar) toʻliq yetilmasdan turib, homilador boʻlish natijasida keyinchalik myomalar (oʻsmalar) boʻlishi hattoki bachadonni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlashlik;
– bachadonda kistalar (xaltachalar) paydo boʻlishi homilaning vaqtidan avval tushishi;
– bolani erta tugʻilishi; homilani toʻliq rivojlanmay qolib ketishi; qizlarni organizmida erta homiladorlik tufayli salbiy oʻzgarishlarni yuzaga kelishi;
– abort, farzandsizlik, bola chala tugʻilishi, homiladorlik asoratli kechishi, kamqonlik, toksikozlar, surunkali kasalliklar avj olishi, yosh qizlarda tos suyaklari yetarlicha rivojlanmaganligi bolani tabiiy yoʻl bilan emas, balki “kesarcha” kesish operatsiyasi orqali tugʻilishi va qoʻshimcha asoratlar, goʻdaklarning tugʻma nuqsonlar bilan tugʻilishi;
– yosh kelin-kuyov va qaynona-kelin orasidagi tushunmovchiliklar, yangi oila muhitiga koʻnikishdagi qiyinchiliklar, yosh turmush qurish va erta ona boʻlish kabi holatlar yosh ayollarning ilm olish va mehnat qilish imkoniyatlarini cheklashi;
– koʻpincha jismonan va aqlan nosogʻlom, nimjon, kasalmand, intellektual salohiyati past, kar-soqov, ortiq, qoʻshoq, pakana, ichki organlarida yetishmovchilik (yoki bir qismining yoʻqligi holatlari) va ularning notoʻgʻri joylashishi, tugʻma yurak, buyrak hamda boshqa bir qator kasalliklarga yoʻliqqan bolalar tugʻilishi;
– agar homilador 20 yoshdan kichik boʻlsa, unda 30 foizgacha homilaning yaxshi rivojlanmasligi, chaqaloq vazni kichik boʻlishi, tugʻilgan farzand oʻlimi holatlarining ikki baravarga oshishi, yosh onalar orasida onalarning oʻlimi holati uch baravarga oshishi kuzatilishi;
– baʼzan yosh qiz organizmining vaqtincha bepushtligi sabab yosh oilaning ajralib ketishi; qizning yoshi nikoh yoshiga yetmaganligi sabab, kelin-kuyov qonuniy nikohdan oʻtmay turmush qurishi tufayli baʼzi yashirin kasalliklarning aniqlanmay qolishi va keyinchalik jiddiy asorat berishi, oʻzaro janjallar va qoʻydi-chiqdilar oqibatida rishtalarining bir umrga uzilishi holatlari ham kuzatilishi mumkin.
Islom dinida ham xalqimizning odatida ham bu masalalarga jiddiy eʼtibor bilan qarab, oila mustahkamligini taʼminlashda barcha birdek masʼul boʻlib kelgan.
Oila qurish Paygʻambar sallallohu alayhi va sallamning sunnatlaridir, hadisi shariflaridan birida aytganlar. “Nikoh mening sunnatimdir. Kimki mening sunnatimdan voz kechsa u meni ummatimdan emas.
Islom ulamolari va fiqhlar istilohida “uylanish mumkin boʻlmagan ayollar” iborasi mavjud boʻlib bu iborada maʼlum kishiga nisbatan harom qilingan ayollar tushuniladi.
Bu ayollar toifalarini “Niso” surasi 23–oyatida bayon qilingan. “Sizlarga nikohni harom qilingan bu; onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, qaynonalaringiz, xotinlaringizning qizlari, oʻz pushti kamaringizdan boʻlgan oʻgʻillaringizning xotinlaridir.
Ikki opa-singilni qoʻshib nikohlab olishingiz ham harom qilindi. Magar ilgari oʻtkan boʻlsa (Alloh avf etar) albatta, Alloh kechirimli va marhamatli zotdir. Paygʻambarimiz sallallohu alayhi va sallam oʻz hadisi shariflarida kimlar oʻrtasida nikoh joiz boʻlmasligini bayon etganlar. “Hech bir ayol oʻz ammasi, xolasi, aka – ukalarining qizlari, opa-singillarning qizlari ustiga nikohlanmasin.
Agar nikohlansalar, qarindoshlar oʻrtasidagi silai-rahmni (qarindoshlik rishtasini ) uzgan boʻladilar.
Biz ushbu ilohiy haqiqatni eʼtirof etgan holda turmush qurish oila tebratish va farzand tarbiyasi kabi muhim ishlardan mamlakatimizda amalda boʻlgan qonun qoidalarga ham amal qilish barobarida diniy va milliy anʼanalarimizga rioya qilish ham ahamiyat kasb etadi.
Islom shariatida xotin-qizlarni ham ilm maʼrifatli boʻlishlariga hayotlarida zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni egallashlariga chaqiruvchi koʻplab hadislar bor. Paygʻambarimiz sallallohu alayhi va sallam hadislarida “Ilm talab qilish barcha musulmon erkak va ayolga farzdir” deb taʼkidlangan.
Yosh oʻsmir qizlar erta turmush qurish oqibatida taʼlimni davom ettirish imkoniyatlardan mahrum boʻladilar, natijada ularning yetarlicha dunyoqarash tafakkurlar shakllanib ulgurmaydi.
Ularning mustaqil hayotga, oila qurishga tayyor emasligi natijasida ularning yetarlicha dunyoqarash tafakkurlar shakllanib ulgurmaydi, natijada oʻz oilalarida tez-tez turli kelishmovchiliklar nizolar yuzaga kelishi mumkin.
Hozirgi kunda erta turmush qurish bir qancha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Yosh ona va tugʻilajak bola salomatligi xavf ostida qolmoqda, baʼzi hollarda hali toʻliq shakllanib ulgurmagan ona organizmi bir umr nogiron yoki kasalmand bulib qoladi.
Erta homiladorlik nimjon bola tugʻilishi, roʻzgʻor yumushlaridagi uquvsizlik ham muammoni yanada chigallashtiradi.
Chunki erta oila qurgan qizlar hech qanday kasb egallamagan hayotning past-balandiga koʻnikmagan, bola tarbiyalashga tayyor boʻlmaydi.
Koʻp hollarda onalar oʻlimining, er-xotin ajralishlarining sabablaridan biri ham erta oila qurishdir. Zero erta turmush qizlarning salomatligini qoniqarli emasligi yaʼni oila sharoiti, bularning bari turmush qurgan qizlarimizning sogʻligiga jiddiy taʼsir koʻrsatib homiladorlik davri ogʻir kechishiga olib keladi.
Natijada nosogʻlom onadan nosogʻlom farzand dunyoga keladi. Baʼzi oilalarda kelin sogʻlom boʻlmasada uni farzand koʻrishga undashadi. Bunday qistovlar natijasida onaning salomatligiga jiddiy putur yetadi, bola ham mayib-majruh tugʻiladi.
Mana shunday holatni oldini olish uchun mahallalarda qaynonalar oʻrtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish lozim. Haqiqatni eʼtirof etgan holda turmush qurish, oila tebratish va farzand tarbiyasi kabi muhim ishlarda diniy va milliy anʼanalarimizga rioya qilish bilan birga oila va nikoh haqidagi davlatimiz chiqargan qonun qoidalarga ham qatʼiy amal qilish kerak.
Tibbiy jihatdan esa qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikoh natijasida tugʻilgan farzand koʻpincha past boʻyli, aqli sust boʻlib tugʻilishi oʻz isbotini topgan.
Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, hozirgi kunda shaharlarda qarindoshlar oʻrtasida oila qurish hollari oʻn foizga, qishloq joylarida yigirma-yigirma besh foizga yetayotgan ekan.
Nasl-nasabning tozaligi bir tomondan oiladagi sogʻlom muhitga, ikkinchi tomondan, oila aʼzolarining aql-idrokiga bogʻliq. Har bir ota-ona farzandining sihat-salomatligiga eʼtibor berishi, balogʻatga yetmagan farzandini uylash yoki turmushga berishga shoshilmasligi, ayniqsa, qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikohga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikoh masalasini juda koʻp mutaxassislar oʻrgangan. Jahon olimlari irsiy muammolarga 80 foiz hollarda qarindoshlarning oʻzaro nikohi va ekologik muammolar sabab boʻlayotganligini taʼkidlashmoqda. Ayniqsa judayam yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh millatning irsiy zaiflashuviga sabab boʻlarkan.
Kuzatuvlar koʻp hollarda yaqin qarindoshlardan tugʻilgan bolalarda irsiy kasalliklar yaqqol namoyon boʻlishini koʻrsatadi. Yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohda eru xotin sogʻlom boʻlsalar-da, farzandlarining irsiy kasallik bilan tugʻilish xavfi hamisha yuqori boʻladi. Bir-biriga begona boʻlgan eru xotinning tugʻilajak bolasiga qaraganda qarindoshlar oʻrtasida tugʻilajak bolada irsiy kasallik xavfi 3-4 baravar koʻpligi kuzatiladi. Maʼlumki, irsiy kasalliklar bolaning yoshligida bilinmay, yoshi oʻtavergach yuzaga chiqishi mumkin. Goho farzandlarda kuzatilmasada nevara, evara va keyingi avlodlarda boʻy koʻrsatishi mumkin. Soʻnggi yillarda ajrimga sabab boʻlayotgan holatlardan biri qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikohdan oilada nogiron bolalarning tugʻilayotganidir.
Goʻdak dunyoga kelar ekan 50 foiz genni otadan, 50 foizini onadan oladi. Ota-onalardan farzand nafaqat koʻz rangi, soch tuzilishi – jingalak yoki silliq boʻlishi, qon guruhi va hokazolar qatorida kasalliklarni ham “meros” qilib oladi.
Inson genomi toʻliq oʻrganib chiqilgan boʻlib 35000 ta gen maʼlum, nazariy jihatdan ularning har biri mutatsiyaga uchrashi mumkin.
Irsiy kasalliklarning soni 5000 dan ortiq boʻlib, bularning ayrimlari tugʻilgandayoq namoyon boʻladi. Avlodida yashirin kasallik belgilari kuzatilsa, masalan, yigit-qizdagi oʻxshashlik: ikkalasining boʻyi past yoki novcha, avlodida eshitish yoki koʻrish, nomaʼlum sabablarga koʻra aqli zaiflik kabi muammolar aniqlansa, ularning turmush qurishi tavsiya etilmaydi.
Shuningdek, insondagi aqliy qobiliyat, uning maʼnaviy komilligi koʻp jihatdan tarbiyaga ham bogʻliq. Inson dunyoga kelgach, qanday sharoitda tarbiya topishi uning maʼnaviyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buni foizlar bilan ifodalab boʻlmaydi.
Irsiyat va oʻzgaruvchanlik bir-biri bilan chambarchas bogʻliqdir. Genetik nuqtayi nazardan kelin yoki kuyov qilmoqchi boʻlgan ota-ona yigit va qizning nasl-nasabiga eʼtibor berishi kerak.
Bu irsiy kasalliklarning oldini olish choralaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, turmush qurish vaqti, homiladorlikni toʻgʻri tashkil qilish, tekshiruvlardan oʻz vaqtida oʻtish, farzandlar orasidagi intervalga rioya etish, qarindoshlar nikohidan voz kechish, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish irsiy va tugʻma kasalliklarning kamayishi va nogiron farzandlar tugʻilishining oldini oladi.


Download 2,57 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Download 2,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Erta turmush qurish natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlar, tibbiy soha mutaxassislari tomonidan bildirilgan fikrlar quyidagilardan iborat boʻldi

Download 2,57 Mb.