• Ushbu huquqiy hujjatlarga quyidagilar kiradi
  • gender siyosati amalga oshirilishini taʼminlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar
  • Shu bois oiladagi zoʻravonlikning oldini olish davlat darajasiga koʻtarilib, strategik milliy ustuvor vazifa sifatida eʼtirof etildi




    Download 2,57 Mb.
    bet34/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    Shu bois oiladagi zoʻravonlikning oldini olish davlat darajasiga koʻtarilib, strategik milliy ustuvor vazifa sifatida eʼtirof etildi.
    Birlashgan Millatlar Tashkilotining qizlar va ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish boʻyicha Qoʻmitasi tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi hukumat tomonidan tasdiqlangani, uning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi BMTga har besh yilda davriy hisobot taqdim etayotgani buning dalilidir.
    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida ayollar va erkaklarning barcha sohalarda, jamiyat hayotida teng huquq va imkoniyatlarini taʼminlashga qaratilgan 2030-yilgacha Oʻzbekistonda gender tengligiga erishish strategiyasi tasdiqlandi. Milliy Harakat dasturining qabul qilinishi bilan respublikada birinchi marta gender tengligi masalalari koʻtarilib, ayollarning huquq va imkoniyatlari kengaytirildi. Bundan tashqari, xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzurida Gender tengligi masalalari boʻyicha komissiya tuzilib, bu oʻz navbatida xotin-qizlarning siyosiy va iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda keng ishtirok etishiga xizmat qiladi.
    Shu bilan birga, Hukumat tomonidan qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, bu orqali ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, aniqlash, ularga chek qoʻyish boʻyicha samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratildi.
    Ushbu huquqiy hujjatlarga quyidagilar kiradi:
    1) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” gi № – OʻRQ-561-son Qonuni.
    2) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” gi OʻRQ-562-son Qonuni.
    3) Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan oʻzbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”OʻRQ-829-son Qonuni.
    4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Oila institutini mustahqamlash Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi № PF-3808 Farmoni.
    5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3827 Qarori.
    6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi “Oʻzbekiston respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-5843-son Farmoni.
    7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tabirlari toʻgʻrisida” gi PF-5938-son Farmoni.
    8) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
    4-yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3-son Qarori.
    9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni.
    10) Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-829-son Qonuni.
    Yuqoridagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar davlatning aniq oila siyosatini, oila va nikoh institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligini himoya qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida oilaviy (maishiy) zoʻravonlikning oldini olishning samarali tizimini hamda oila va nikoh institutini mustahkamlash boʻyicha yangi yondashuvlarni belgilab berdi.
    2019-yil 2-sentyabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” gi OʻRQ-562-son Qonunining qabul qilinishi bilan Oʻzbekiston Respublikasida birinchi marta ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida davlat darajasida masalalar koʻtarildi.
    “Asosiy tushunchalar” 3-moddasiga 8 ta yangi tushunchalar, jumladan, gender siyosati amalga oshirilishini taʼminlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar”, “gender”, “gender statistikasi”, “gender-huquqiy ekspertizasi”, “genderga oid audit”, “jins boʻyicha bevosita kamsitish”, “jins boʻyicha bilvosita kamsitish”, “genderga doir kompleks yondashuv” kiritildi.
    Ushbu tushunchalar davlat organlari tomonidan gender tengsizligini bartaraf etish, xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy yoki asos boʻladigan tengligini taʼminlash boʻyicha aniq maqsadlarga erishish uchun davlat organlari tomonidan koʻriladigan huquqiy, tashkiliy hamda institutsiyaviy xususiyatga ega chora-tadbirlar, jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, taʼlim hamda ilm-fan sohalarida namoyon boʻladigan ijtimoiy jihatidir.
    Shuni taʼkidlash kerakki, 5-modda “Jins boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik” xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlarini va gender asosida kamsitmaslikni kafolatlaydi.
    Bundan tashqari, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash kafolatlari” 6-moddasida davlat “Davlat tomonidan xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirish chogʻida teng huquqlilikni kafolatlaydi. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni, sogʻliqni saqlash, taʼlim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar taʼminlanishini kafolatlaydi. Xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda ularning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini taʼminlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar koʻriladi”.
    Ushbu qonunning asosiy jihati 9-moddadir, unda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagidan iborat:

    • mazkur sohadagi normativ-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish;

    • mazkur sohadagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

    • xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar madaniyatini shakllantirish;

    • jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirok etishini taʼminlash;

    • mehnatga oid va oilaviy majburiyatlarni birga bajarishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash;

    • oilani, bolalikni ijtimoiy jihatdan himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash, masʼuliyatli onalik va otalikni shakllantirish;

    • jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga qaratilgan axborotdan jamiyatni himoya qilish;

    • mazkur sohadagi davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etish;

    • xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga doir chora-tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;

    • xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish maqsadida milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish.

    Ushbu Qonunning 11,12,13,14,15-moddalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, davlat organlarining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasi, davlat organlaridagi vakolatli shaxsning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasi, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun vakolatli shaxs, ularni hisobga olgan holda funksional vazifalarni tartibga soladi.
    Qonun birinchi marta yaxlit nuqtayi nazardan oilaviy munosabatlar va bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarini kafolatlash toʻgʻrisida taqdim etadi.
    Shunday qilib, 24-moddada “Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq xamda imkoniyatlar kafolatlari” taʼkidlanganidek “Oila, onalik, otalik va bolalik davlat muxofazasidadir, oila munosabatlari sohasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquq va majburiyatlarga egadirlar”.
    Oilaviy munosabatlar sohasida xotin-qizlar va erkaklarning huquq va imkoniyatlari tengligi quyidagilarga asoslanadi:

    • xotin-qizlar va erkaklar nikox tuzishining ixtiyoriyligiga;

    • majburiy va erta nikohlarga yoʻl qoʻyilmasligiga;

    • er va xotinning shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlari tengligiga;

    • oilaning ichki mojarolarini oʻzaro kelishuv boʻyicha hal qilishga;

    • uy mehnatiga nisbatan xotin-qizlar va erkaklar huquq hamda majburiyatlarining tengligiga;

    • bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishda, voyaga yetmagan hamda mehnatga layoqatsiz oila aʼzolarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashda teng ishtirok etishga.

    Ota-onalar kichik yoshdagi bolalarni, nogironligi boʻlgan oila aʼzolarini parvarishlash boʻyicha nafaqalar olishda teng huquqlarga ega boʻladi.
    Bola tugʻilishi munosabati bilan ona ham, ota ham haq toʻlanadigan taʼtil olish huquqiga ega. Bolani parvarishlash boʻyicha taʼtilning davomiyligi ota-onaning ixtiyoriga koʻra ular oʻrtasida boʻlinishi mumkin, bunda ota-ona taʼtildan uni qismlarga boʻlgan holda foydalanishi mumkin.
    Shunday qilib, ushbu moddada uchta jihatga eʼtibor qaratilgan:
    birinchibu haqida xotin-qizlar va erkaklar oilaviy munosabatlar sohasida (nikoh, shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarning tengligi, uy-roʻzgʻor ishlari va boshqalar) teng huquq va majburiyatlarga ega;
    ikkinchi – uy mexnatida xotin-qizlar va erkaklar huquq va majburiyatlarning tengligini qayd etadi;
    uchinchi – ayollar va erkaklar bolalarni parvarish qilishda, tarbiyalash va oʻqitishda, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda teng ishtirokni taʼminlaydi.
    Ushbu moddada oila munosabatlari sohasida xotin-qizlar va erkaklarning huquq va imkoniyatlari tengligi, bunga asoslangan xolda “oilaning ichki mojarolarini oʻzaro kelishuv boʻyicha hal qilishga” masalasiga alohida eʼtibor beriladi.
    Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini mustahkamlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi “Oʻzbekiston respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-5843-son Farmoni xam katta rol oʻynadi. Mazkur farmon tufayli Senat va Qonunchilik palatasidagi xotin-qizlarning salmogʻi ortdi. Oʻtgan chaqiriqda esa ayollar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizini, Senatning 25 foizini tashkil qildi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmonlari ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi qizlarning oliy maʼlumot olishida katta axamiyat kasb etdi. Farmon asosida imtiyozli toifadagi xotin-qizlar, shuningdek, kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlgan ayollarga oliy maʼlumot berish, yetim qizlarga, nogiron qizlarga bakalavriat bosqichiga grantlar, shuningdek, magistratura bosqichida oʻqish uchun grantlar ajratilishi chora-tadbirlari belgilandi.
    Shuni taʼkidlash kerakki, xuddi shunday Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” gi № – OʻRQ-561-son Qonuni qabul qilinishi bilan, mamlakatda gender asosidagi zoʻravonlik muammosi boʻyicha maʼlum yutuqlarga erishildi xamda 3-moddada “Asosiy tushunchalar” qizlar va ayollarga nisbatan jinsiy, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy zoʻravonlikning huquqiy taʼriflari yoritildi.
    Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari” 4-moddasida tazyiq va zoʻravonlik jabrlanuvchining huquqlari ochib berilgan boʻlib, ularga quyidagi huquqlar kiritilgan:

    • oʻziga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi toʻgʻrisidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;

    • maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;

    • ichki ishlar organlariga himoya orderi berish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;

    • sodir etilgan tazyiq va zoʻravonlik natijasida oʻziga yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi hamda maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat etish.

    Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash hamda maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
    Eʼtiborlisi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari” 5-moddasida bu boradagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan, jumladan:

    • xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

    • jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;

    • xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilinishini taʼminlash;

    • jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;

    • xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;

    • xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;

    • tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini taʼminlash.

    Qonun shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan oiladagi tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish va himoya qilish choralarini, shu jumladan himoya orderi berish va maxsus markazlarini tashkil etish orqali himoya qiladi. Shuning uchun mazkur qonunda tazyiq va zoʻravonlik jabrlanuvchilarga tegishli davlat organlariga himoya orderi berish vakolatlarini topshirish aloxida oʻrin topgan.
    Ushbu masala 23-moddada “Himoya orderini berish”, 236 – moddada “Ximoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish”, 24-moddada “oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya orderi”, 25-moddada “Himoya orderining mazmuni”, 26-moddada “Himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlar” i bilan tartibga solinib, unga koʻra tazyiq va zoʻravonlik qilish, zoʻravonlik jabrlanuvchilari bilan aloqa qilish, zoʻravonlik jabrlanuvchilar boʻlgan va zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bilan bir xonada yolgʻiz qolish va hokazolar taqiqlanadi.
    Qonunda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyish, umumiy xamda yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash boʻyicha alohida oʻrin topgan zoʻravonlikning samarali profilaktikasini oʻz ichiga olgan. Ushbu xolatlar 15-moddada “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qoʻyishning umumiy chora-tadbirlari”, 19-modda “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar”, 20-modda “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash uchun asoslar”, 21–modda “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari”, 22 modda “Profilaktika suhbat”larda oʻz aksini topgan.
    Ularda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyish hamda zoʻravonlikka qarshi profilaktika choralarini koʻrish, ular bilan ishlash choralari keng yoritilgan. Shu bilan birga xotin-qizlarga tazyiq va ularga nisbatan zoʻravonlik qilayotgan shaxslar bilan ishlash va zoʻravonlik jabrlanuvchilari bilan reabilitatsiya ishlari olib borilishi vazifasi qoʻilgan.
    Taʼkidlash joizki, zoʻravonlik jabrlanuvchilarining barcha shaxsiy maʼlumotlari qonun bilan himoyalangan, deyiladi 30-modda “Maʼlumotlarning maxfiyligi”da.
    Funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda va muayyan vakolatlar doirasida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlariga xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha vazifalar yuklangan (1-jadval).

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shu bois oiladagi zoʻravonlikning oldini olish davlat darajasiga koʻtarilib, strategik milliy ustuvor vazifa sifatida eʼtirof etildi

    Download 2,57 Mb.