• 9-modda. Mehnat organlarining xotin-qizlarni tazyiq va ​​zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
  • Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasida davlat, hududiy dasturlar va qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish




    Download 2,57 Mb.
    bet36/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasida davlat, hududiy dasturlar va qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

    8-modda. Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

    Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻradi, xotin-qizlarga tazyiq oʻtkazayotgan va ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi mavjudligi toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqadi; tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga rasmiy ogohlantirish beradi; himoya orderini beradi; zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻradi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

    9-modda. Mehnat organlarining xotin-qizlarni tazyiq va ​​zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

    Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; ishga joylashtirilmagan xotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini taʼminlash va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zoʻravonlik hollarining oldini olish hamda xotin-qizlar bilan oʻzaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish boʻyicha mulk shakllaridan qatʼi nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi; ish qidirayotgan va ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolarga va zoʻrlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash va kasbga yoʻnaltirishga koʻmaklashish choralarini koʻradi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


    Download 2,57 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




    Download 2,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasida davlat, hududiy dasturlar va qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish

    Download 2,57 Mb.