|
Zoʻravonlik nima? Zoʻravonlik va uni oldini olish
|
bet | 39/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)2. Zoʻravonlik nima? Zoʻravonlik va uni oldini olish
Zoʻravonlik muammosi bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb boʻlib, nafaqat davlat, balki koʻplab olimlar, qonunchilar, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa zoʻravonlik jabrlanuvchilari (xotin-qizlar va bolalar) eʼtiborini tortmoqda. Zoʻravonlik mavzusi soʻnggi oʻttiz yillikda ishlab chiqilganligi sababli, uning koʻplab taʼriflari mavjud va zoʻravonlik deb hisoblanadigan yagona qarash mavjud emas. Shuni taʼkidlash kerakki, ushbu hodisaga nisbatan turli atamalar qoʻllaniladi: “oilaviy-maishiy zoʻravonlik”, “uydagi zo‘ravonlik”, “ayollarga nisbatan zoʻravonlik”, “bolalarga nisbatan zoʻravonlik” va boshqalar.
Oilaviy zoʻravonlik juda xilma-xil boʻlib, bu tushunchaga quyidagilar kiradi:
• kattalar tomonidan bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabat;
• turmush oʻrtogʻiga yoki juftiga nisbatan zoʻravonlik;
• qarindoshlar (aka-uka, opa-singillar va boshqalar) tomonidan shafqatsiz munosabatda boʻlish;
• keksa oila aʼzolariga nisbatan zoʻravonlik va boshqalar7.
Zoʻravonlik global muammodir.
Hozirgi vaqtda oila va nikoh instituti sohasidagi asosiy jahon muammolaridan biri oiladagi zoʻravonlik muammosidir.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti zoʻravonlikni butun dunyoda jamoat salomatligi va inson huquqlariga taʼsir qiluvchi keng tarqalgan muammo deb hisoblaydi. Zoʻravonlik yoshi, irqi, dini, madaniy yoki etnik kelib chiqishi, nogironligi yoki iqtisodiy holatidan qatʼi nazar, barcha mamlakatlarda ayollar, erkaklar, oʻgʻil bolalar va qizlar uchun azob-uqubatlarga sabab boʻladi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, oiladagi zoʻravonlik koʻpincha ayollar va bolalarga (ham qizlar, ham oʻgʻil bolalar), asosan ular biladigan va ishonadigan erkaklar tomonidan sodir etiladi.
Ushbu hodisaning tarqalishini koʻrsatadigan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlari tasdiqlaydi. Xususan, dunyodagi barcha ayollarning deyarli uchdan bir qismi hayoti davomida jismoniy zoʻravonlikka duchor boʻlayotgani qayd etilgan. Koʻpincha zoʻravonlik xolatlari uyda sodir boʻladi. Bundan tashqari, maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab 1 milliarddan ortiq bolalar, yaʼni 2 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan barcha qizlar va oʻgʻil bolalarning yarmidan koʻpi har yili ruhiy, jismoniy yoki jinsiy zoʻravonlikning qandaydir shakllarini boshdan kechirishadi8.
|
| |