12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
|
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha tadbirlarda ishtirok etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻradi; xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazadi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazganligi va zoʻravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etadi; nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
|
13-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishda ishtirok etishi
|
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga koʻmaklashishi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni hamda mazkur sohada huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
|
Shunday qilib, yuqoridagi barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari oilada tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradilar, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish kafolatlarini taʼminlaydilar, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini mustaxkamlash chora-tadbirlarini koʻradilar, bu esa, oʻz navbatida, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirish, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi.
|