|
BMTning Bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasining 19-moddasida bolalarga nisbatan zoʻravonlik sifatida
|
bet | 41/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #148139 |
Bog'liq ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)BMTning Bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasining 19-moddasida bolalarga nisbatan zoʻravonlik sifatida jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlik, haqorat yoki zoʻravonlik, beparvolik yoki eʼtiborsizlik, qoʻpollik yoki ekspluatatsiya, jumladan, jinsiy zoʻravonlikning barcha shakllari nazarda tutilgan.
Zoʻravonlik nima, tazyiq, taʼqib qilish va u Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida qanday belgilanadi?
Oʻzbekiston Respublikasi “Asosiy tushunchalar” 3-moddasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan ximoya qilish toʻgʻrisida” 2019-yil
2-sentyabrdagi OʻRQ-561-sonida zoʻravonlikka va uning turlariga quyidagicha taʼriflar beriladi.
Zoʻravonlik – xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy taʼsir oʻtkazish yoki bunday taʼsir oʻtkazish choralarini qoʻllash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sogʻligʻi, jinsiy daxlsizligi, shaʼni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan gʻayrihuquqiy harakat (harakatsizlik);
Shunday qilib, zoʻravonlik ostida quyidagilar nazarda tutiladi, psixologik (hissiy) yoki jinsiy (seksual), iqtisodiy zoʻravonlik, ayolga nisbatan bila turib yoki bilmagan holda sodir etiladigan. Bundan tashqari, ayollarga nisbatan zoʻravonlik jinsga qarab sodir etilgan, nafaqat uning hayoti, shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qiladigan, balki unga zarar yetkazadigan yoki yetkazishi mumkin boʻlgan zoʻravonlik harakati sifatida ham taʼriflanadi.
Shunday qilib, qonunchiligimizda zoʻravonlik uning ayolga nisbatan namoyon boʻlishi tazyiq va zoʻravonlik jabrlanuvchilari sifatida koʻrib chiqiladi.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi – oʻziga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishi tahdidi ostida boʻlgan yoki tazyiq va zoʻravonlik natijasida jabrlangan ayol jinsidagi shaxs.
Bundan tashqari, qonun hujjatlarida bunday tushunchalarga taʼriflar xam berilgan, “tazyiq”, “taʼqib etish” koʻpincha zoʻravonlik va tajovuz jabrlanuvchilariga nisbatan qoʻllaniladi.
Tazyiq – sodir etilganligi uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, xotin-qizlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik, taʼqib etish.
Taʼqib etish – jabrlanuvchining xohish-irodasiga qarshi, uning ikki yoki undan ortiq marta qarshilik koʻrsatganligiga yoxud ogohlantirganligiga qaramay sodir etiladigan, jabrlanuvchini qidirishda, u bilan ogʻzaki, telekommunikatsiya tarmoqlari vositasida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali yoki boshqa usullarni qoʻllash yoʻli bilan muloqotga kirishishda, uning ish, oʻqish va (yoki) yashash joyiga borishda ifodalangan hamda jabrlanuvchida oʻz xavfsizligi uchun xavotirlik qoʻzgʻatadigan harakatlar.
|
| |