• (1-jadvalga qarang)
  • Oila va xotin-qizlar




    Download 2,57 Mb.
    bet49/74
    Sana29.01.2024
    Hajmi2,57 Mb.
    #148139
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
    Bog'liq
    ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1)

    Maxsus profilaktika toʻgʻridan-toʻgʻri zoʻravonlik va undan jabrlanganlarga yordam mavzularini yoritadi. Masalan, zoʻravonlik davri, zoʻravonlik turlari, himoya qilish usullari haqida hikoyalar.
    Maxsus boʻlmagan profilaktika zoʻravonlik mavzusiga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilmaydi, balki unga munosabatni oʻzgartirish, hurmat madaniyatini yaratish va turli xil xatti-harakatlar namunalarini oʻrgatish orqali bilvosita taʼsir qiladi. Masalan, oilani qoʻllab-quvvatlash, oilaviy funksiyalar, baxtli munosabatlar, nizolarni hal qilish va munosabatlarni kutish bilan bogʻliq mavzularda tadbirlar oʻtkazadi30.
    Hech kimga sir emaski, koʻpincha jabrlanuvchi sifatida tabiatan ham ruhiy, ham jismonan zaifroq boʻlgan va “zoʻravonlik muallifi” (oila zuravoni) – er tomonidan zoʻravonlik, taʼqib, haqorat va jismoniy zoʻravonlikka duchor boʻlgan ayol yoki bolalar boʻladi.
    Shuning uchun profilaktika har tomonlama, individual boʻlishi kerak, shu jumladan xotin-qizlar, bolalar va “zoʻravonlik muallifi” (oila zuravoni) bilan ishlash va tizimli xarakterga ega boʻlishi kerak.
    Bundan tashqari, vakolatli organlar va tashkilotlar (1-jadvalga qarang) profilaktika subyektlari sifatida ayollarga, qizlarga nisbatan “zoʻravonlik mualliflarini” (oila zuravoni) gʻayriijtimoiy xulq-atvor bilan aniqlash bilan bogʻliq taʼqib va ​​zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha individual choralarni qoʻllashlari va ularga individual profilaktika choralarini koʻrishlari shart.
    Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha individual chora-tadbirlar turlariga quyidagilar kiradi: profilaktik suhbatlar oʻtkazish, himoya orderini berish, zoʻravonlik jabrlanuvchilariga yordam berish uchun reabilitatsiya qilish va moslashtirish maxsus markazlariga joylashtirish va “zoʻravonlik muallifi” (oila zuravoni)ning zoʻravonlik xatti-harakatlarini oʻzgartirish uchun tuzatish (korreksion) dasturlarini oʻtkazish.
    Profilaktik suhbat – bu muayyan shaxsni jamiyatda umum qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirish, gʻayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek qonunda belgilangan javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish31.

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




    Download 2,57 Mb.