|
Raqamli vositalar aholi va iqtisodiyotning pandemiya oqibatlarini yengib o’tishida muhim rol o’ynaydi
|
bet | 1/3 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 16,87 Kb. | | #273901 |
Bog'liq Reja
Reja;
1.Raqamli vositalar aholi va iqtisodiyotning Covid-19 pandemiya oqibatlarini yengib o’tishida muhim rol o’ynaydi.
2.Raqamlashtirish asoslariga tayangan holda harakat.
3. Moliya sohasini raqamlashtirish Covid-19 pandemiyasida.
Raqamli vositalar aholi va iqtisodiyotning pandemiya oqibatlarini yengib o’tishida muhim rol o’ynaydi.
Raqamli vositalar aholi va iqtisodiyotning pandemiya oqibatlarini yengib o’tishida muhim rol o’ynaydi. Masofadan turib ishlash, muloqotsiz operatsiyalar, raqamlashtirilgan davlat xizmatlari – bular hayotimizning odatiy qismiga aylanayotgan bir qancha jihatlardan biridir.
Raqamlashtirish O’zbekiston uchun yangi jabha emas; so’nggi yetti yil mobaynida mamlakat davlat boshqaruvini isloh qilish va iqtisodiy o'sishni jadallashtirish uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish usullarini o'rganib chiqdi. Raqamlashtirish O'zbekistonga global iqtisodiyotga kirib borish bilan bog'liq bo'lgan katta to'siqlarni yengib o’tishda yordam beradi: ham dengiz yo’llariga chiqish uchun kamida ikkita mamlakat hududini bosib o’tishi lozim bo’lgan davlat sifatida duch keladigan jismoniy cheklovlarda, ham farovonlikka erishish yo'lidagi axborot bo'shliqlari va texnik to'siqlarni yengib o’tishda.
O'zbekiston hukumati jamiyatni rivojlantirishda raqamlashtirishning ahamiyatini allaqachon anglab yetgan, COVID-19 bilan bog’liq vaziyat bu o'zgarishning naqadar muhim ekanligini yana bir karra ko’rsatib berdi. Pandemiya boshlanishi bilanoq raqamli o’zgarishlarni tezlashtirish zarurligi qayd etildi. Raqamli iqtisodiyot va elektron boshqaruvga ustuvor ahamiyat berildi va keng ko’lamli infratuzilmani sarmoyalashtirishga, raqamli ta'lim va IT ekotizimining mustahkam asoslarini yaratishga, shuningdek, odamlarga kerakli xizmatlar va yordamlarni to'g'ridan-to'g'ri uylariga yetkazib berish uchun yangicha tayyorgarlik amalga oshirildi.
Pandemiya oqibatlari keyingi bosqichga o'tishi bilan boshqa muammolarni hal qilish kerak bo'ladi, jumladan, ijtimoiy yordamni ortiqcha ovorogarchiliklarsiz insonlarga muqobil, raqamli usulda yetkazib berish va qishloq xo'jaligi kabi sohalarni modernizatsiya qilish hamda an'anaviy usullarni yangi muhitga moslashtirish zaruriyati paydo bo’ladi. Yangi texnologiyalar atrof-muhit va bio xilma-xillikni muhofaza qilishda rol o'ynashi mumkinmi? Sog'liqni saqlash tizimi va uning fuqarolar bilan aloqasini qo'llab-quvvatlash uchun ko'proq ochiq manbali raqamli yechimlarni tadbiq etishning imkoni bormi?
|
| |