• Raqamlashtirish asoslariga tayangan holda harakat
  • Raqamlashtirish asoslariga tayangan holda harakat




    Download 29 Kb.
    bet1/2
    Sana07.01.2024
    Hajmi29 Kb.
    #131563
      1   2
    Bog'liq
    Маъруза-9.Инж (1), 0 7-uzb mavzuviy tayyor test kitoncha, 2 kurs uchun dtm Abrorjon

    Raqamli vositalar aholi va iqtisodiyotning pandemiya oqibatlarini yengib o’tishida muhim rol o’ynaydi. Masofadan turib ishlash, muloqotsiz operatsiyalar, raqamlashtirilgan davlat xizmatlari – bular hayotimizning odatiy qismiga aylanayotgan bir qancha jihatlardan biridir.
    Raqamlashtirish O’zbekiston uchun yangi jabha emas; so’nggi yetti yil mobaynida mamlakat davlat boshqaruvini isloh qilish va iqtisodiy o'sishni jadallashtirish uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish usullarini o'rganib chiqdi. Raqamlashtirish O'zbekistonga global iqtisodiyotga kirib borish bilan bog'liq bo'lgan katta to'siqlarni yengib o’tishda yordam beradi: ham dengiz yo’llariga chiqish uchun kamida ikkita mamlakat hududini bosib o’tishi lozim bo’lgan davlat sifatida duch keladigan jismoniy cheklovlarda, ham farovonlikka erishish yo'lidagi axborot bo'shliqlari va texnik to'siqlarni yengib o’tishda.
    O'zbekiston hukumati jamiyatni rivojlantirishda raqamlashtirishning ahamiyatini allaqachon anglab yetgan, COVID-19 bilan bog’liq vaziyat bu o'zgarishning naqadar muhim ekanligini yana bir karra ko’rsatib berdi. Pandemiya boshlanishi bilanoq raqamli o’zgarishlarni tezlashtirish zarurligi qayd etildi. Raqamli iqtisodiyot va elektron boshqaruvga ustuvor ahamiyat berildi va keng ko’lamli infratuzilmani sarmoyalashtirishga, raqamli ta'lim va IT ekotizimining mustahkam asoslarini yaratishga, shuningdek, odamlarga kerakli xizmatlar va yordamlarni to'g'ridan-to'g'ri uylariga yetkazib berish uchun yangicha tayyorgarlik amalga oshirildi.
    Raqamlashtirish asoslariga tayangan holda harakat
    Elektron hukumat asoslarini yaratish va davlat boshqaruvini raqamli ravishda o'zgartirish uchun hukumatni qo'llab-quvvatlashda muhim rol o'ynash bilan bir qatorda, BMTTD o’zaro hamkorlikda COVID-19 qiyinchililariga munosib javob qaytarish uchun mavjud raqamli xizmatlarni ham tadbiq etdi.
    Raqamli vositalar orqali davlat xizmatlaridan uzluksiz foydalanishni ta'minlash juda muhimdir. BMTTD yangi elektron notarial portalni ommalashtirdi, bu esa insonlarga ofisga tashrif buyurmasdan turib notarial xizmatlar to'g'risida to'liq ma'lumot olish imkoniyatini yaratdi. 2020-yil aprelidan iyul oyigacha jami 26000 kishi ushbu portaldan foydalandi. Keyingi bosqich – bu notarial operatsiyalarni to'liq raqamlashtirishdan iborat. Sud jarayonlari E-SUD tizimi orqali o'zgarishda davom etmoqda, bepul yuridik klinika sifatida tashkil etilgan Telegram kanali esa odil sudlov xizmatiga muhtoj insonlar uchun qutqaruv vositasiga aylandi.
    BMTTD shuningdek, O'zbekistonning asosiy raqamli platformasi tarkibi va ish faoliyati samaradorligini oshirishga yordam berdi. Yangi "Hayotiy voqealar" bo'limi inson hayotining muhim lahzalari (oila qurish yoki tug'ilish, ta'lim olish va ish topish, nafaqaga chiqish va nogironlik uchun yordam olish) bilan bog'liq imtiyozlar, huquqlar va xizmatlar haqida foydalanuvchilarga qulay tarzda ma'lumotlarni taqdim etadi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga ularning murojaatlari va da'volarining holati to'g'risida ogohlantirishlar va boshqa qonuniy ahamiyatga ega xabarlarni yetkazib boradi. Ushbu loyiha 2020-yil may oyida ishga tushirilganidan buyon 641158 ta SMS va 5806 ta Telegram xabarlari foydalanuvchilarga yuborildi.
    Yangi raqamli vositalar, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qaratilgan bo'lib, Toshkent shahrida ijtimoiy uy-joylar uchun ariza topshirish va ularni taqsimlashda avtomatlashtirilgan tizim yaratish hamda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun raqamli davlat xizmatlaridan foydalanishda Sog'liqni Saqlash Vazirligining ma'lumotlar bazasini modernizatsiya qilishga erishildi.
    BMTTD ning ko'magi bilan tashkil qilingan 24 soatlik ishonch telefon raqamlari ilgari o'rnatilgan onlayn xizmat portallariga qo’shimcha yordam bo’ldi. Bu tadbir kichik va o'rta korxonalarni qo’llab-quvvatlashda, karantin cheklovlarining psixologik ta'sirini og’ir his qilayotgan insonlar va zo'ravonlikka duch kelayotgan ayollarni himoya qilishda yordam berdi.
    O'zbekistonning raqamli bozordagi foydalanilmagan imkoniyatlarini e'tirof etgan holda BMTTD ning tadbirkorlikni rivojlantirish tashabbuslari asosan IT dasturchilarga e’tibor qaratdi. Startap tashabbuslar dasturchilarning ijtimoiy loyihalarni yaratishiga ko’maklashdi, hamda “Hackathon” chaqiriqlari milliy IT sohasining kengayishiga olib keldi. Bizning Technovation Challenge dasturi maktab yoshidagi qizlarni raqamli vositalar sohasida kasb tanlashga va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimini o'rganishga ilhomlantirdi. Bu yilgi dasturlar esa aholining zaif qatlamlariga masofadan yordam ko'rsatishga qaratilgan.
    Pandemiya bilan bog'liq ba'zi muammolar butunlay yangi edi va yangi yechimlarga muhtoj edi, shuning uchun biz O'zbekistonning minglab yosh dasturchilaridan yordam so'radik. COVID-19 Challenge 2020 tanloviga 600 dan ortiq arizalar kelib tushdi: g'olib loyihalar orasida ko'ngillilarni muhtoj insonlar bilan bog'laydigan mobil dasturlar va COVID-19 simptomlarini aniqlaydigan yuz maskasi ham bor edi. Hozirda BMTTD ko'magi bilan muvaffaqiyatli takliflar rivojlantirilmoqda.
    COVID-19 dan keyingi davrda ish izlayotganlar soni ko'p bo'ladi va malakali ishchilar uchun ehtiyoj ortadi. Ushbu davrdagi bandlik bilan bog’liq bo'shliqni bartaraf etishda yordam berish uchun biz onlayn videokliplar yaratdik va BMTning Orol dengizi qo'shma dasturi asosida Qoraqalpog'istonning to'rtta tumanida hayot tarzini yaxshilash maqsadida ayollar va yoshlarga raqamli treninglar o'tkazdik.

    Download 29 Kb.
      1   2




    Download 29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamlashtirish asoslariga tayangan holda harakat

    Download 29 Kb.