|
Innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat universitetining
|
bet | 1/2 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 3,1 Mb. | | #106250 |
Bog'liq hisobot11
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING
KATTAQO‘RG‘ON FILIALI ANIQ VA TABIIY FANLAR
FAKULTETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYA VA IQTISODIYOT KAFEDRASI
60610200 - AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) YO‘NALISHI
“21_14-guruh talabasi Jumaniyozova shahzoda”ning
“ELEKTRON HUKUMAT VA RAQAMLI IQTISODIYOT” fanidan
“ Kitob.uz ” mavzusidagi
(III-semestr uchun)
HISOBOTI
Mavzu: Kitob.uz sayti bilan tanishish.
“Kitob.uz” Davlat bolalar kutubxonasining yangi va zamonaviy portali boʻlib, kitobxonlarga ma’naviy boyligi, madaniyati, millat ko’zgusi sifatida xizmat qilib kelayotgan oʻzbek tilidagi elektron va audio kitoblarni oʻqishga imkon beruvchi yagona bilim portali hisoblanadi. Unda quyidagi vazifalarni bajarish belgilangan:
“Kitob.uz” portalini zarur kontent bilan to'ldirish;
Portalni mamlakatimiz aholisi, chet eldagi vatandoshlarimiz va o'sib kelayotgan yosh avlod orasida o'zbek tilini ommalashtirish
Zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda portalni elektron kutubxona sifatida takomillashtirish;
Mobil ilovalarni rivojlantirish orqali yoshlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish;
Kitobxonlarga multimedia shaklidagi ommaviy kitoblar yangiliklarini taqdim etish orqali elektron resurslarga o'tish.
Respublika bolalar kutubxonasi yiliga 13 mingdan ziyod kitobxonlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ko‘p sonli kitobxonlarni bog‘cha bolalaridan boshlab, to 1-11 sinf o‘quvchilari tashkil etadi. Shuningdek, Toshkent shahridagi barcha maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilariga hamda maktab kutubxonachiilariga kutubxona xizmati ko‘rsatilmoqda. Kutubxona har jihatdan qulay va shinam. Kichkintoylardan tortib to kattalarning ham qiziqishiga javob beradigan kitob zahirasiga ega. Kutubxonaning asosiy vazifasi kitobni targ‘ibot qilishdan uni keng kitobxon ommasiga yetkazishdan iboratdir. www.kitob.uz , www.odob.uz, www.taqvim.uz saytlari hamda yutub, facebook, intstagram va telegramdagi sahifalari bilan kitobxonlarga online xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, yosh kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida QR kod yordamida internetda osongina topiladigan elektron kitoblar katalogi ham yo‘lga qo‘yilgan. Buyuk shaxslarning hayot va ijodi haqida ma'lumot beruvchi hujjatli filmlar to‘plami ham bolaning dunyoqarashini o‘stirish, tarix bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.
Bu Kitob.uz saytining umumiy ko’rinishi hisoblanadi.Bu sahifa bilan batafsil tanishib chiqamiz.
Bu yerda kitob.uz saytiga homiylik qilgan tashkilotlarning logotipi qo’yilgan. Bundan tashqari biron-bir kitobni izlamoqchi bo’lsak qidiruv bo’limiga yozamiz va agar shu kitob saytda mavjud bo’lsa bizga chiqarib beradi
Bu saytda faqat muallif tarqatishga ruxsat bergan kitoblarni chiqarib beradi. Ruxsat bermaganlarni esa chiqarmaydi.
Bu yerda esa 2 ta bo’lim mavjud ular bilan ham tanishib chiqamiz, bu saytning ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatshimiz mumkin. Tilni ham bemalol o’zgartirshimiz mumkin.
Bu yerda saytda nechta kitob borligi, bundan tashqari audiokitoblar ham nechtaligini ko’rsatib turadi.
Bu bo’limda beshta xizmat mavjud bo’lib, ulardan birinchisi Huquqiy ma’lumotlar hisoblanadi. Bu xizmatda sayt haqida ma’lumotlar keltirilgan, faoliyati, xavfsizligi haqida keltirilgan.
Undan keyingisi esa Yangiliklar xizmati bo’lib, bu yerda yangiliklar haqida hamisha ma’lumot berilib boriladi.
Undan keyingisi xizmat Yordam xizmati hisoblanadi. Bu xizmat orqali biz tug’iladigan savollar bo’lsa shu bo’limdan javoblarni topshimiz mumkin bo’ladi. Bu sayt haqida ma’lumotga ega bo’lmaganlar uchun yaxshi yordam bo’ladi.
Undan keyingisi esa bog’lanish uchun ma’lumotlar bo’lib, Bu yerda manzili agarda savollar tug’iladigan bo’lsak murojaat qilish telefon raqam bilan electron pochta manzili qoldirilgan.
Kutubxona bo’limida bitta xizmat mavjud bo’lib u ham bo’lsa Virtual kutubxona hisoblandi.
Bu yerda xorijiy kutubxonalarning virtual maydonchalari haqida ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin bo’ladi. Misol uchun bu Buyuk Britaniyaning eng yirik kutubxonasi hisoblanmish ushbu kutubxona nufuzli Oksford universitetiga qarashli hisoblanadi.
Bu yerda 3 ta asosiy menyu mavjud, bular kitoblarni o’qish, audiokitoblarni tinglash, ota-onalar uchun tavsiyalar,.
Birinchi bo’lib kitoblarni o’qish bo’limini ko’rib chiqamiz. Bu yerda o’zimiz xohlagan janrdagi kitoblarni tanlab o’qishimiz mumkin bo’ladi.
Audiokitoblarni tinglang bo’limida esa audiokitoblar berilgan, asosan o’qishga unchalik vaqti bo’lmagan insonlar uchun yaxshi o’ylab topilgan.
Ota-onalar uchun tavsiya bo’limida esa yoshga qarab kitoblar qo’yilgan ya’ni ota-onalar bolalariga qaysi yoshida ko’proq e’tibor berib tarbiya berishi uchun shu kitoblardan bemalol foydalanishimiz mumkin bo’ladi.
Bu yerda esa bu saytning hamkorlari keltirilgan, agarda biz bu sayt bilan hamkor bo’lmoqchi bo’lsak sahifaning o’ng tomonida hamkor bo’lish tugmasi mavjud shu orqali kirishimiz mumkin bo’ladi.
|
| |