Innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat universitetining




Download 3,1 Mb.
bet2/2
Sana27.11.2023
Hajmi3,1 Mb.
#106250
1   2
Bog'liq
hisobot11

Ziyonet.uz
ZiyoNET („ziyo“ soʻzi arabcha soʻzdan olingan boʻlib, „nur“, „shuʼla“ maʼnosini, „NET“- NETworkning qisqartmasi boʻlib — inglizchadan „toʻr“, „tarmoq“ maʼnosini bildiradi. ZiyoNET" — nur, ziyo tarqatuvchi tarmoq maʼnosini bildiradi.) Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻi 2005-yil 28-sentyabrda tashkil etilgan. ZiyoNET axborot taʼlim tarmogʻi resurslarini yaratish boʻyicha asosiy masʼul etib „Yagona integrator UZINFOCOM“ MCHJ belgilangan. ZiyoNET tarmogʻining asosiy maqsadi taʼlim oluvchilar uchun taʼlim olish tizimida keng koʻlamli axborot-kommunikatsiya xizmatlarini joriy etishdan iborat. ZiyoNET tarmogʻi yoshlar, murabbiylar, shuningdek barcha portal foydalanuvchilari uchun kerakli axborotlarni jamlash bilan bir qatorda, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli maʼlumotlarni berish, oʻzaro muloqot qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berish vazifasini ham oʻz zimmasiga oladi.
ZiyoNET portali — sayt, ZiyoNETtarmogʻining asosiy resurslari ziyonet.uz manzilida joylashgan.
006-yilda — ZiyoNET tarmogʻi Resurs markazi portalining birinchi talqini ishlab chiqildi va www.ziyonet.uz manzili boʻyicha ishga tushirildi.
2007-yil avgustda — ZiyoNET portali tubdan oʻzgartirildi va uning 2-talqini yaratildi. Uning bosh sahifasida oxirgi maʼlumotlar va Kutubxonada joylashtirilgan materiallar hamda muhokama uchun mavzular koʻrsatila boshlandi.
2007-yil oktyabrda — ZiyoNET barcha foydalanuvchilar uchun bepul sayt-satelitlarni yaratish imkoniyatini yaratdi.
2008-yilda — saytning asosiy sahifasi takomillashtirildi va bosh sahifada sayt-satelitlarlarda nashr etilgan maʼlumotlar berila boshlandi.
Bu ziyonet.uz saytining umumiy ko’rinishi hisoblanadi.

Bu yerda ya’ni saytdan foydalanuvchilar soni keltirilgan, 47 233 ta foydalanuvchi mavjud. Saytda bundan tashqari 110 305 ta resurs, 5 516 ta sayt, 8 201 ta audio kitoblar mavjud.

Bu yerda bir nechta bo’limlar mavjud, ular bilan tanishib chiqamiz, ulardan birinchisi ta’lim va boshqa materiallar kutubxonasi bo’limi hisoblanadi.

Bu bo’limida ta’limga doir kitoblar mavjud, o’zimizga kerakli bo’lgan kitoblarni ya’ni ta’limga aloqador bo’lgan kitoblarni shu bo’limdan topshimiz mumkin bo’ladi. Bu bo’limida anchagina resurslarga boy hisoblanadi.

Keyingi bo’lim esa Qiziqarli va o’rgatuvchi manbalarga ega saytlar ro’yxati hisoblanadi. Bu bo’limda qiziqarli bo’lgan saytlar haqida ma’lumot keltirib o’tgan.

Bunda ham bir nechta yo’nalishlar mavjud bo’lib, shu yo’nalishlarga doir saytlarni bizlarga chiqarib beradi. Bu bo’limda ham anchagina resurslar mavjud. Misol uchun ta’lim va fanga doir saytlarni chiqar desak shunga doir saytlarni chiqarib beradi va biz ularni bemalol ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Undan keyingisi esa O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari haqidagi bo’lim hisoblanadi. Bu bo’limda ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlar keltirib o’tgan, ta’lim muassasalar bo’lganda maktablar, kollejlar oliy ta’lim kabi muassasalar kiradi va bizlar ular haqida ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin bo’ladi.

Undan keyingi bo’lim esa ZiyoNet ta’lim platformasi foydalanuvchilarining satellite-saytlari haqidagi bo’lim hisoblanadi. Bu bo’limda madaniyat , ta’lim, sport, jamiyat kabi yo’nalishlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin bo’ladi.

Undan keyingi bo’lim esa Audiokitoblarni tinglab o’rganish bo’limi hisoblanadi. Bu bo’limda kitoblarning audio variantlari mavjud, bundan tashqari bir nechta yo’nalishlarga ham bo’lingan shu yo’nalishlarga qarab bir nechta kitoblari mavjud.

Undan keyingi bo’lim esa Til o’rganish bo’limi hisoblanadi, bu bo’limda til o’rganish uchun videolar, o’yinlarni bemalol ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Undan keyingi bo’lim esa Abiturient Respublika OTMlaridagi mutaxassisliklar bo’yicha ma’lumotlar va testlar haqidagi bo’lim hisoblanadi. Bu bo’limda Abiturientlar bemalol bepul testlardan foydalangan holda o’qishga tayyorgarlik uchun testlarni bemalol ko’rishlari mumkin bo’ladi.

Download 3,1 Mb.
1   2




Download 3,1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat universitetining

Download 3,1 Mb.