• Boshlovchi.
  • 1-oktabr “ustoz va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan




    Download 19.66 Kb.
    bet1/3
    Sana04.03.2024
    Hajmi19.66 Kb.
    #166434
      1   2   3
    Bog'liq
    1 oktabr sinariy yangi
    report, 3.Kafedrada-bolishi-kerak-bolgan-hujjatlar, Begzod Odilov 111, matematika 5 uzb, 10-sinf-informatika, TIZIMLAR VA TARMOQLARDA TAXDIDLAR VA ZAIFLIKLAR, 2, 1, 222222, Mustaqil talim va mustaqil ishlar mavzulari, Klavyotura, 2-test, 3-test, davriy jadval, 1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari-fayllar.org

    1-OKTABR “USTOZ VA MURABBIYLAR” KUNIGA BAG’ISHLANGAN




    TADBIR SSENARIYSI

    Boshlovchi.
    Assalom, ona, yurt tonglar o’lkasi,
    Tarif-tavsifingning yo’q nihoyasi.
    Senga bag’ishlanar muqaddas qo’shiq,
    Bu o’zbek elining o’z madhiyasi.
    (madhiya ijro etiladi)

    Boshlovchi.
    Assalom, maktabim-muqaddas dargoh,
    Assalom, ustozlar-kasbkori saboq!
    Assalom, do’stlarim-menga qo’shqanot,
    Sinfdosh! Hayotga ishonch bilan boq.

    Boshlovchi.

    Assalomu alaykum qadrli mehmonlar, aziz ustozlar va maktabdoshlar. Hammamiz uchun quvonchli va hayajonli bo’lgan ushbu daqiqalarda eng ulug’, eng aziz bayram “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan aziz ustozlarimizni muborakbot etamiz.

    Boshlovchi.

    Bugun mehribon, jafokash, mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi o’qituvchi-ustozlar bayrami. Biz maktab-internati o’quvchilari aziz ustozlarni qutlab “Ustozim-sizga ta`zim’” deb nomlangan tadbir tayyorlaganmiz. Sizni ruhsatingiz bilan ushbu tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz


    Boshlovchi.
    Dar haqiqat, ustoz murabbiylar shunday buyuk, ulug’ insonki, ulardan bir umr qarzdormiz. Ustoz va shogird quyosh bilan oyga o’xshaydi. Oy quyoshdan nur olib borliqni yoritgani kabi, shogird ustozdan ziyo olib hayot mash’alini yoqadi.
    (Ustozlar qo’shig’iga raqs ijro etiladi.)


    1-O’quvchi
    Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim,
    Agar hayot oltin bo’lsa, zargar muallim.
    Agar hayot karvon bo’lsa, sarbon muallim,
    Agar hayot shoir bo’lsa, so’zi muallim.
    Agar hayot dengiz bo’lsa, duri muallim,
    Agar hayot uzuk bo’lsa, gavhar muallim,
    Ilm-u ma’rifatdan beruvchi ta’lim.
    2-O’quvchi
    Ey, inson idrokin charxlovchi zot,
    Ey, marifat bog’ini gullatgan zako.
    Siz bilan munavvar bu shirin hayot,
    Siz bilan oboddir bu ko’hna dargoh.

    3-O’quvchi
    Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,
    Ularga ezgulik tilamoq xaqqim.
    Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko,
    Umringiz mo’jiza yetmaydi aqlim.

    Download 19.66 Kb.
      1   2   3




    Download 19.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-oktabr “ustoz va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan

    Download 19.66 Kb.