• XULOSA _______________________________________________ 35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ______________________ 36 Kirish Mavzuning dolzarbligi.
  • Farxod va shirin




    Download 293 Kb.
    bet1/10
    Sana16.02.2024
    Hajmi293 Kb.
    #157548
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostonini multimedialar yordamida




    MUNDARIJA

    KIRISH _________________________________________________3
    I BOB. ALISHER NAVOIYNING “FARXOD VA SHIRIN” DOSTONINI MULTIMEDIALAR YORDAMIDA ORGANISH
    1.1 “Farhod va Shirin” dostonini syujeti, kompozitsion tuzilishi ______7
    1.2 Dostonni multimedialar yordamida organishning orni va roli ___12
    II bob. “FARXOD VA SHIRIN” DOSTONINI ORGANISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ORNI
    2.1 “Farhod va Shirin” dostonini multimedialar yordamida organish usullari_________________________________________________19
    2.2 Badiiy asarlarning o‘qitishda samarali qo‘llanadigan zamonaviy metodlar_______________________________________________22
    XULOSA _______________________________________________35
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ______________________36

    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asari barcha fanlarda bo‘lganidek, adabiyot metodikasi fanining ilmiy metadologik asosini belgilab beradi. Zotan, asarda hozirgi zamon yoshlari kelajak avlodning yashashi, istiqlolga erishish yo‘llari yaqqol belgilab berilgan.Buning isboti hazrat Alisher Navoiyga berilgan baho bo`ldi.
    Kitobda buyuk dahoning insoniyat olamiga qo‘shgan xizmatlari, uning adabiyotimiz sohasida yaratgan kashfiyotlari, ayniqsa, Navoiy asarlarining yoshlarimizning barkamol bo‘lib yetishishlaridagi ahamiyati, badiiy kuchi, qimmati alohida qayd etilgan. Alisher Navoiyning badiiy ummoni nodir dur-u javohirlarga to‘la. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin xoqoning o‘g‘li Farhodning yoshlikdagi bilimga chanqoqligi, uning piri komili Suqrot nasihati bilan sof sevgi va ma’naviy yuksalish yo‘lidagi kurashi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida tog‘dan ariq qazib, qaqragan yerlarga obi – hayot bag‘ishlashi, sevgilisi Shirin mamlakatini bosqinchi, xudbin Xisravdan himoya qilishi, go‘zal Shirinning sof sevgi yo‘lidagi barcha harakatlari, “Layli va Majnun” dostonidagi Qaysning – Majnunning Layliga bo‘lgan insoniy va ilohiy sevgisi, o‘z navbatida, Laylining Qays yo‘lida halok bo‘lishi, ”Sab’ai sayyor” dostonidagi shoh Bahrom va Diloromning sarguzashtlariga bag‘ishlangan barcha hikoyatlar komil insonning voyaga yetishida saboq va namuna vazifasini bajaradi. Binobarin, “Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki,- deydi I.Karimov,- hayotimizning barcha sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir”.1

    Download 293 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 293 Kb.