O – opportunities – imkoniyat T




Download 293 Kb.
bet9/10
Sana16.02.2024
Hajmi293 Kb.
#157548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostonini multimedialar yordamida

O – opportunities – imkoniyat
T- thereat – xavf-xatar
Bu usuldan ham adabiyot darslarida keng foydalanisa bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi asar qahramonlarini quyidagicha tahlil qilish mumkin.

FARHOD VA SHIRIN” DOSTONIDAGI XUSRAV OBRAZIGA


SWOT- TAHLIL” USULI ASOSIDA TAVSIF BERISH
К (kuchli jihatlari)
Hukmdor sifatida katta qudratga ega
Z (zaif tomonlari)
Hamma narsani zo‘rlik va boylik hal qiladi deb o‘ylaydi
I (imkoniyatlari)
Kuch bilan Shiringa egalik qilishi mumkin
Х (xavf-xatarlari)
O‘g‘li Sheruyaning axloqsizligi, otasini hurmat qilmasligi hamda qo‘l ostidagilarning noroziligi
Bu metodni o‘qituvchi ijodiy yondashib davom ettirgan holda yakunlashi kerak. Ya’ni aytilgan tavsiflardan hayotiy, badiiy umumlashma chiqarib, xulosaga kelish topshirig‘ini berishi mumkin. Masalan, Xusrav haqidagi fikrlardan insonga tegishli hokimiyat, kuch-qudrat, cheksiz boylik ma’naviy tubanligi bois uning zaif tomonining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin ekan. Aynan Xusravning hukmdorligi, cheksiz cherik va katta xazinaga egaligi uning ojizligi bo‘lmish hamma narsani zo‘rlik, boylik hal etadi deb o‘ylashiga olib kelgan.16
Farhod uchun xos bo‘lgan ishonuvchanlik, sodda beg‘uborlik bir qarashda doimo simpatiya uyg‘otuvchi xarakter xususiyat bo‘lib ko‘rinadi. Lekin ular qahramon tushib qolgan muhitga ko‘ra zaifligining atributlari tarzida namoyon bo‘ldi. O‘quvchilarga shuni singdirish kerakki, demak, ijobiy yoki salbiy, go‘zal yoki xunuk ko‘ringan narsalarning haqiqiy bahosi ba’zan inson tushib qolgan muhit, bu muhitda kishi o‘zini qanday tutishi yoki unga yuzma-yuz kelgan insonlarning munosabatidan kelib chiqib, boshqacha qiymat, baho olishi mumkin. Bunday ijodiy yechim, xulosa orqali o‘qituvchi shogirdlarini chigal, g‘oyat murakkab, hamisha jumboq kishilik turmushiga tayyorlaydi, ularga turli hayotiy vaziyatlar, turfa sajiyali insonlar bilan yuzlashganda eng to‘g‘ri yo‘l yoki qarorni tanlay bilish muhimligini singdiradi.
“FSMU” – texnologiyasidan munozarali masalalarni hal etishda, bahs- munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv seminari yakunida o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlari hamda o‘tilgan mavzu va bo‘limlardagi ba’zi mavzular, muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida, o‘quv rejasi asosida biror-bir bo‘lim o‘rganilgach qo‘llanilishi mumkin. Chunki bu texnologiya o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlashga o‘rgatadi. Bu usul orqali sinfda bahs-munozara tashkil etilib, o‘quvchilarni ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intiltirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lishga o‘rgatiladi.
Xulosa
Farhod va Shirin” Alisher Navoiyning epik poeziya sohasidagi alohida
katta muvaffaqiyatidir. O‘zbek, fors – tojik, ozarbayjon adabiyotlarida ishqiy
sarguzasht qissalar uzoq tarixga ega bo‘lib, ishqiy mojarolar bilan to‘lib – toshgan
bunday manzumalar asosida muayyan g‘oyaviy niyatni ifodalaydigan asarlar
yaratish katta mahorat sanalgan.
Navoiy o‘zining doston ustidagi ishida epik poeziya an’analari ichiga chuqur
kirib boradi, o‘rni bilan ularga tanqidiy munosabatda bo‘ladi. “Farhod va Shirin”
asosiy e’tibori bilan ishqiy – romantik dostonchilik an’analari asosida yaratilgan
bo‘lsada, shoir bu doirada cheklanib qolgan emas. O‘quvchi dostonda mifologik
lavhalar (Farhodning Oinai iskandariy sirlarini bilish uchun Yunonga otlanib,
og‘zidan o‘t chiqarib turuvchi ajdaho va “Avesto”da zulmat ramzi sifatida
gavdalangan Ahramanga qarshi kurashi)ni ko‘radi. “Farhod va Shirin” dostonining
syujeti, kompozitsion qurilishi, obrazlar qiyofasi, tasvir vositalaridagi xalq og‘zaki
ijodiyoti izlari Navoiyning xalqning bu bebaho xazinasiga katta boylik sifatida
qaraganligini ko‘rsatadi. Alisher Navoiy ishqiy sarguzasht qissalarning an’anasi
doirasida ijtimoiy – siyosiy masalalar borasida ham keng ko‘lamda bahs yuritish
imkoniyatini kashf etadi. Adib shu maqsadda Farhod obrazining tarixini yaratishni
maqsad qilib qo‘yadi va dostonda hamma diqqatini Farhodning tug‘ilishidan
boshlab uning murakkab sarguzashtlarini tasvirlashga qaratadi. Shu tarzda asarda
keltirilgan har bir masalaning qo‘yilishi va izchil hal etilishiga zamin yaratadi.
Bugungi yoshlarimiz qiyofasida ham Navoiy idealidagi Farhodga xos
xislatlar mavjud desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunonchi, yoshlarimizning
bunyodkorlik ishlari, asriy tog‘larni zabt etishi, yer qa’ridan oltin qazib olishi,
osmono‘par imoratlarni qurishi, mamlakatni bog‘u bo‘stonga aylantirishi, ilm – fan
bobida dunyo olimlarini hayratda qoldirishi Navoiy orzularining hayotiy va real
ekanligidan dalolatdir. Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyotida, balki jahon
adabiyotidagi eng yorqin siymolardan biridir. Bu buyuk bobokalonimiz qoldirgan
ulkan merosda olam va odamga bog‘liq bo`lgan hodisalar favqulodda teran nigoh
bilan tahlil etilgan. Ularda inson mohiyati, uning ijtimoiy vazifasi, burch va
mas’uliyatlari, imkoniyat va ojizliklari yuksak badiiy ohanglarda tasvirlangan.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining
shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan biri — bu
Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining
boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo
faxrlanib so‘z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy
madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy
adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha`nu sharafini
dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir”.17
O‘qitishning zamonaviy usullari har turli bo‘lib, ularning hammasi ham har
qanday didaktik usullar kabi o‘qituvchidan alohida tayyorgarlik ko‘rishni talab
qiladi. Chunonchi vaqt, maydon va inson resurslaridan o‘rinli va maqsadli
foydalanish darsdan kutilgan natijani kafolatlovchi muhim omildir.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yoshlarimiz ulug‘ mutafakkirlar hayoti va
ijodini qanchalik chuqur va puxta bilsa, ma’rifat, ezgulik, komillik sirlarini o‘shancha kengroq egallaydi. Navoiyning sehrli so‘zlarini qalbiga o‘rnatgan odam, odamiylik sharafi va kuch-quvvatini idrok etadi. Mutafakkirning saboqlariga amal qilgan kishi xalqning dard-u tashvishlarini yengillatishga bel bog‘laydi, ilmma’rifatni-nodonlik va jaholatga qarshi qurol o‘rnida ishlatadi. Ko‘ngliga shunday ishonch g‘olib bo‘lgan odamlar soni jamiyatimizda qancha ko‘paysa, insonlarning bilib-bilmay qilgan xato va muammolari kamayib boradi. Ulug‘ allomalarimizning ibratli faoliyati bugun istiqlol farzandlari uchun har tomonlama ibrat maktabi vazifasini o‘taydi.

Download 293 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 293 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O – opportunities – imkoniyat T

Download 293 Kb.