|
Tarix fanidan
|
Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 2,62 Mb. | | #104830 |
Bog'liq NIZOMJON4
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI, MASHINASOZLIK ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMOTLASHTIRISH YO’NALISHINING 1-BOSQICH TALABASI AHMADJONOV NIZOMJONNING “ TARIX FANIDAN” TAYORLAGAN PREZIDENTATSIYASI
MAVZU: YUKSAK MA’NAVIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O’RTA OSIYO ALLOMALARI ILMIY MEROSINING O’RNI.
REJA;
1—Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalash.
2—Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari fikrlari.
3—Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari merosi.
O’rta Osiyo tarixi voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda».
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
Yoshlarda maʼnaviyatni shakllantiradigan muhim omil bu taʼlim-tarbiya tizimidir. Ilmu-maʼrifatga, taʼlim-tarbiyaga inson kamoloti, millat ravnaqining asosiy sharti deb qarash lozim. Shu sababli maktab, yoshlarning taʼlim-tarbiya masalasi davlat nazoratida ekanligi Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan.
Orta Osiyo tarixiy voqealarga goyat boy olka bolishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va manaviyatning markazlaridan biri bolib kelgan. Bu olka dunyoga manaviyat va marifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat marifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qoshganlar. Orta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va marifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni organish, kasb-hunar va ilmlarni ozlashtirish – marifatli bolish orqali erishadi deb qaraydi. Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ( ) jahon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, oz davridagi deyarli hamma fanlarga katta hissa qoshgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va faylasufdir. U oz umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng mashhurlari Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar, Masud qonuni, Hindiston, Geodeziya, Mineralogiya, Saydana va boshqalardir. Garchi Beruniy falsafiy-axloqiy masalalarga oid asar yozmagan bolsada, ammo kopgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan.
Jahon madaniyati va marifatiga katta hissa qoshgan, Sharq va Evropada Shayx-ur- rais – olimlar boshligi unvoniga ega bolgan alloma Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U oz umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning Tib qonunlari nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina boyicha asosiy qollanma bolib xizmat qilib kelmoqda. Ibn Sino yoshligida zor mehnat, izlanish, gayrat bilan ilmlarni organishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: Uyquga ketgan vaqtimda ham ongimdagi masalalarni korardim. Shu holatda kop masalalar tushumda menga ayon bolardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim
Abu Ali Ibin Sino umrining kop qismini sarsonlikda otkazishga qaramay – matematika, astranomiya, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, psixologiya, filologiya, falsafa va tabobat sohasida barakali ijod qilgan mutafakkirdir. Uning asarlaridan 100 tachasi bizgacha etib kelgan, xolos. Ular qatoriga orta asr ilmining barcha muhim sohalarini oz ichiga olgan, xususan – mantiq, fizika, matematika, metafizikani toliq qamrab olgan. Shunday qilib, Ibn Sino orta asr Sharq va Evropa madaniyati va marifati taraqqiyotiga juda katta tasir korsatdi. IX-XII asrlar manaviyati va marifati rivojida XI asrning kozga koringan shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta orin tutadi. Yusuf Xos Hojib ozining yagona dostoni bolmish Qutadgu bilig bilan mashhurdir.
Xulosa:
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so`ng buyuk allomalarimizning boy tarixiy-madaniy merosini chuqur o`rganishga, nafaqat o`rganishga, balki, ushbu ishlarni yanada yuqoriroq cho`qqilarga olib chiqishga qaratilgan ko`plab ishlar amalga oshirildi.
|
| |