• Men-detektiv” metodi.
  • Mosini top”
  • Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘qitishda bir qator metodlar hamda metodik tavsiyalar




    Download 293 Kb.
    bet6/10
    Sana16.02.2024
    Hajmi293 Kb.
    #157548
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostonini multimedialar yordamida

    2.2 Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘qitishda bir qator metodlar hamda metodik tavsiyalar
    Bu ona zaminda ko‘plab buyuk insonlar yashab kelajak avlod uchun ulkan ma’naviy, tarbiyaviy meros qoldirganlar. Ushbu ma’naviy merosni o‘qib, o‘rganib millatimizga xos bo‘lgan fazilatlarni ong-u shuurimizga yanada ko‘proq singdirib boramiz. Ayniqsa, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti tom ma’noda chin insoniy fazilatlarni o‘rgatuvchi maktab. Umumta’lim maktablari adabiyot darslarida mumtoz adabiyot namoyondalari ijodini o‘rganishda innovatson ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu jarayonda ko‘plab innovatsion texnologiyalarni qo‘llash mumkin.
    Shaxsni barkamol bo‘lib yetishishiga, eng muhimi, uning ma’naviy dunyosini boyishiga sabab bo‘ladigan omillardan biri – bu badiiy adabiyotdir. Aslini olganda o‘zbek milliy adabiyotimizning poydevorini qurgan, uni jahon miqyosida san’at darajasiga ko‘targan buyuk daho Alisher Navoiy bo‘lib, bu buyuk zotning ummonga teng asarlari, ayniqsa, jahon adabiyotidan muhtasham o‘rin olgan “Xamsa” asari asrlar osha bashariyatning bebaho durdonasi, ma’naviy – ma’rifiy, axloqiy – estetik mulkiga aylandi. Ana shunday so‘z san’atining durdonasi hisoblangan “Xamsa” asarini o‘rganish, ayniqsa, Navoiy idealini o‘quvchilarga yetkazish ko‘p jihatdan o‘qituvchining ilmiy – nazariy bilimi, dars berish san’ati, aniqrog‘i, ”Xamsa” asaridagi qahramonlar sarguzashti va idealini tahlil qilishga bog‘liq. Umumtaʼlim maktablarida o‘qitiladigan fanlar orasida adabiyot inson maʼnaviy qiyofasini tashkil etadigan ruhiy holat, tushuncha, tasavvur, kayfiyat, orzu-umid, mayl va qiziqishlarni yuzaga keltirishning beqiyos imkoniyatlariga egaligi tufayli o‘quvchilarda ezgu maʼnaviy sifatlarni shakllantirishda yetakchi mavqeda turadi. U o‘quvchilar maʼnaviy dunyosini qaror toptirishning chegarasiz maydonidir. Bunga erishish uchun adabiyot o‘qitish jarayonida o‘rganiladigan badiiy asarning janri, tabiati, badiiy xususiyatlariga mos metod va usullar tanlanishi kerak bo‘ladi. Аlisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etgan. Beaho asalari, ular qaʼriga nihon maʼnoolar tufayli u hamon oʼzbek adabiyotining tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi bo‘lib kelmoqda. Buyuk so‘z sanʼatkorning lirikasi cheksiz ummon bo‘lsa, qoʼllangan badiiy vositalar, so‘z o‘yinlari, betakror tashbehlar duru gavharlar kabidir. Alisher Navoiy ijodi umumta’lim maktablarida bosqichma bosqich o‘rgatilib kelinadi. 5-sinfda Navoiy hayoti va ijodi. “Hayrat ul-abror” dostonida berilgan “Sher bilan Durroj” hikoyati , 6-sinfda “Mahbub ul-qulub” asaridagi hikmatlar, 7-sinfda “Mehr va Suhayl” (“Sab’ai sayyor”dan), 8-sinfda Shoirning ruboiy, tuyuq va fardlaridan na’munalar va ularning tahlili, 9-sinf “Farhod va Shirin” dostoni (“Xamsa”), 10-sinfda Navoiy lirikasi, “Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur…”, “Meni men istagan…”, “Ey sabo…” g‘azallari, 11-sinfda esa “Saddi Iskandariy” (“Xamsa”)7 mavzulari berilgan.13
    Interfaol usullar adabiy taʼlimda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro tenglikka asoslangan faol muloqot, taʼlim jarayonida o‘quvchilarning yetakchilik qilishlari, bir-birlari bilan fikr almashishlari, o‘rganilayotgan mavzu yoki o‘quv materiali bo‘yicha mustaqil fikrlash, o‘z qarashlarini ilgari surish, ularni dalillar yordamida asoslash va maʼlum xulosalarga kelish orqali taʼlim maqsadlariga erishish imkonini beradi. Interfaol metodlar bir qator qo‘shimcha didaktik imkoniyatlarga ega:
    -o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi, har bir o‘quvchi va barcha o‘quvchilar oʼrtasida o‘zaro taʼlim hamkorligini yuzaga keltiradi;
    -o‘quvchilarning o‘qituvchi bilan samarali muloqotiga erishiladi;
    -o‘quvchilarda asar yuzasidan mustaqil fikrlash, muammo qo‘yish, yechim izlash, qaror qabul qilish va xulosaga kelish malakasini shakllantiradi;
    -o‘quvchilarda mumtoz epik asarni individual tarzda idrok etish va izohlash koʼnikmasini yuzaga keladi.
    Ko‘rinadiki, keyingi vaqtda keng tarqalayotgan zamonaviy taʼlim usullari o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va erkin fikrlashlarini taʼminlashda katta samara keltiradi.
    Quyidagu metodlar ham o‘quvchiga asarni tushunib tahlil qilishiga samarali xizmat qiladi.
    Men-detektiv” metodi. Sinfdagi o‘quvchilar dan bir kishi detektiv qolgan 3 nafar o‘quvchi guvoh ishtirok etadi. Bunda 3 nafar guvoh ditektivga svolemas ko‘rsatmalar berib boradi.



    Agar detektiv birinchi guvohning ko‘rsatmasiga binoan gap kim yoki qaysi asar haqida gap ketayoganligini topsa birinchi darajali detektiv, agar ikkinchi guvohning ko‘rsatmasiga binoan topsa ikkinchidarajali detektiv, agar uchinchi guvohning ko‘rsatmasiga qarab topsa uchinchidarajali detektiv maqomi beriladi. Shu tarzda yana qolgan o‘quvchilar ham detektiv tarzda doskaga chiqariladi. Eng yaxshi o‘rsatma bergan guvohlar ham baholanib boriladi.





    Misol tariqasida quyidagi ko‘rsatmalarni berish mumkin birinchi guvohlar:



    Shu tarzda mavzu yanada mustahkamlanib o‘quvchilarning faolligi yanada oshirilishiga ushbu interaktiv metod xizmat qiladi.


    Mosini top” metodi.



    Izoh

    Farhod

    Shirin

    Mehinbonu

    Xusrav

    Chin
    xoqoni


    Download 293 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 293 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘qitishda bir qator metodlar hamda metodik tavsiyalar

    Download 293 Kb.