Berdaq Qarg'aboy o'g'li (1827-1900)




Download 87.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2024
Hajmi87.79 Kb.
#192526
Bog'liq
Berdaq Qarg\'aboy o\'g\'li - Vikipediya
Raxmonov Umidjon Erkinboyevich, Презентация 1, 27-213 Tikuvchilik texnologiyasi asоslari, Bayram, 131171, 1-AmaliyTopshirq EhzozHamroyev, Taqdimot (2), qishloq-xojaligida-energiya-resurslaridan-foydalanish, Роль и значение стандартов в управлении качество, bb01afdb-79df-4e71-9c73-decf1343eccb, zakovat, HFX --1., HFX --5, 3-labor Texnik tizimlarda AT, 4-laboratoriya TTAT


Berdaq Qarg'aboy
o'g'li
Berdaq Qarg'aboy o'g'li (1827-1900)-
Qoraqolpoq
 klassik shoirlarining ichida oʻzining hayot
yoʻliga tegishli bazibir manbalarni oʻz qoʻli bilan yozib qoldirgan shoir — Berdaq hisoblanadi. U
oʻzining mashhur „Oʻmirim“ qoʻshigʻida oʻzining avtobiografiyasini qoldirgan.
Ota-bobolari
Berdaqning avlodlari shoirning yashagan joyidagi odamlarning harxil ekspeditsiyalar davrida
bergan maʼlumotlariga qaraganda, Berdaq shoirning bobosi Tinet degan odam boʻlgan.
Tinetning otasi Bekbiy, Bekbiyning otasi Xojaqul. Tinetning Boranbay, Baytemir, Baltabay
degan uch bolasi boʻlgan. El orasida Baltabay, Bektemirlarning qanaqa odamlar boʻlganligi
Hayoti


haqida maʼlumotlar yoʻq. Lekin, Boranbayning Qargʻaboy degan, Qoshqarbay, Mayanbay,
Sangʻirbay degan toʻrt bolasi boʻlgan. Eng kattasi Qargʻaboy — yaʼni Berdaqning otasi
kambagʻallikda kun kechirishgan. 
Amudaryoning
Orol dengiziga
quyar yerining bir yoqasida
Aqqala, Quwli koʻl degan yerlarida yashagan. Bu yerlarda asosan qoraqolpoqlarning Muyten,
Qoldawli uriwlari tirichilik qilgan. Qargʻaboyning Otepbergen, Nurmaq, Ermaq, Jamet va
Serbaba degan bolalari boʻlgan. Bolalari ulgʻayib, yigit boʻlganda Qargʻaboyning ayoli olamnan
oʻtadi. Qargʻaboyning kun koʻrishi avvalgisiga qaraganda qiyinlashadi. Oradan koʻp vaqtlar
oʻtgannan keyin boshpanasiz qolgan besh bolani asrash uchun Qargʻaboy Muyten uriwidagi
oʻzidek kambagʻal kishining Qarqara degan qiziga uylanadi.
Bolaligi
Uylangannan keyin Qargʻaboyning yetim bolalarining kun koʻrishi biroz yaxshilanadi.
Gʻargʻabayning bu soʻngi ayolidan Berdimurot (Berdaq), Fazilbek, Berdibek, Qallibek degan
toʻrt bolasi boʻladi. Berdaq shunday etib, 1827-yili Amudaryoning quyar oyogʻida, Orol
dengizining tushlik yoqasida Aqqala degan yerda dunyoga keladi. Biroq Gʻargʻabayning soʻngi
ayolidan tugʻilgan toʻrt bolaning uchtasi olamnan oʻtib Berdimurotning bir oʻzi qoladi. Berdaq
7-8 yoshlaridan-oq qishloq maktabiga qatnab oʻqiydi. U kichkinaligidan-oq chaqqon, ziyrak
boʻlib odamlarning koʻziga tusha boshlaydi. Lekin u oʻn yoshiga kelganda otasi ham, onasi
ham dunyodan oʻtib yetim qoladi. Bu kutilmagan holat yosh bola Berdimurotning umrini
birdan qiyinlashishiga sabab boʻladi. Yetim qolgan Berdimurot oʻzining otasi bilan tugʻishgan
inson Qochqorboyning Nayzabay degan bolasining qoʻliga boradi. Ammo Nayzabayning ayoli
Berdimurotga kun bermaydi. U eng oxirida oʻz qishlogʻining uloq-buzogʻini boqib, kunda
kechqurunlari uyma-uy, navbatma-navbat qoʻnib kun kechiradi.
Yoshligi
Berdaq yosh vaqtlaridan boshlab qoʻshiq yoza boshlaydi. U dastlab birovlarni maqtab,
birovlarni hazil ostiga olib qisqacha qoʻshiqlar chiqaradi. Qishloqlarda toʻy boʻlgan yerga borib
„Toʻy boshlar“, „Bet ochar“ qoʻshiqlarini aytadi. Bora-bora „Berdaq shoir“, „Berdaq baqshi“


degan atoqlarga ega boʻlib, el-yurtga mashhur boʻla boshlaydi. Mol boqishdan qutilib, el
oralab qoʻshiq aytib, shoirlik soʻz hunari bilan kun koʻradigan boʻladi. Berdaq shoir 23 yoshida
Muyten uriwining kengtanov tiyrasidagi Baymanqul degan kishining Bayitqan degan qiziga
uylanadi. Oila tiklaganidan keyin uning Aytmuxammad (odamlar uni Ayteke deb atagan),
Nazibek degan ikki bolasi, Hurliqa, 
Hurliman
, Ayimxan va Biybixan degan toʻrt qizi boʻladi.
Ularning ichida Hurliman degan qizi ota yoʻlini tutib, mashhur „qiz baqshi“ boʻlib, elga tanilgan.
Oʻrta yoshligi
Berdaq shoir oʻrta yoshlarga borganda ayoli olamdan oʻtadi. Unnan keyin u Qostamgʻali
uriwidagi Barliqbay degan kishining Bagʻdagul degan qiziga uylanadi. Soʻngi ayolidan shoir
Gulimxan, Jarimxan degan ikki qizi boʻladi. Berdaqning oʻgʻillari bilan qizlaridan avlodlari juda
koʻp. Ular soʻngi vaqtlargacha 
Muynoq
tumanidagi Qozoqdaryo, Terbenbes taraflarda,
Qoraoʻzak

Taxtakoʻpir

Chimboy
tumanlarida turadi. Berdaq shoirning tashqi koʻrinishi
toʻgʻrisida uni koʻrgan bilgan, Qaraoʻzek tumanining 9-ovulida yashaydigan chol Xojalepes
oʻgʻli Ibrayimning aytishicha Berdaq uzun boʻyli, toʻliq gavdali, qora kishi ekan. Peshonali,
qoboq suyagi koʻtarinki, qoyuv qoshli, koʻzi qora oʻtkir, kulimlagan, kirpikli odam edi. Xulq-
atvori yoqimli, xush xulqli, hammaga birdek gapirganda bir tekis, asta, lekin solmoqli
gapiradigan, tili hozirgi oʻzimiz gapirib yurgan sof qoraqolpoqcha boʻlib, ichiga ayirim fors-
arabiy (lekin odamlarga tanish) soʻzlarni qoʻshib ham gapiradigan boʻlgan. Qoʻshiq
kuylaganda toʻlib-toshib ketadigan, shu joyda dutor-dutorsiz ham kuylab keta beradigan inson
boʻlgan.
[Poeziya] Adabiyot Xrestomatiyasi (http://%5BPoeziya%5DAdabiyot%20Xrestomatiyasi)
[
Poeziya]Berdak — Tanlamali shigarmalarinin jiynagi (http://Poeziya%5DBerdak%20-%20Tanla
mali%20shigarmalarinin%20jiynagi)
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 4-Avgust 2022, 13:35 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Berdaq_Qarg%27aboy_o%27g%27
li&oldid=2749810
" dan olindi

Download 87.79 Kb.




Download 87.79 Kb.
Pdf ko'rish