acm.tuit.uz 28- contest
TATU, Toshkent, 22-may 2015 yil
-
Vaqtni saralash
Vaqt bo’yicha cheklov: 2 sekund
Xotira bo’yicha cheklov: 64 megabayt
Berilgan n ta vaqtni soat, minut va sekundlari bo’yicha saralang.
| Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. |
Kiruvchi ma’lumotlar:
Birinchi qatorda N (0 < N ≤ 40) vaqtlar soni. Keyingi n ta satrda vaqtlar berilgan. Har bir vaqt 3 ta son orqali ifodalanadi. Soat (0 ≤ soat ≤ 23), minut (0 ≤ minut ≤ 59) va sekund (0 ≤ sekund ≤ 59).
Chiquvchi ma’lumotlar
N ta satrda saralangan vaqtlarni chiqaring. Soat, minut va sekundlar 2 xonali qilib chiqarilsin.
Kiruvchi ma’lumotlar
|
Chiquvchi ma’lumotlar
|
4
07 52 02
18 55 55
03 38 02
16 26 30
|
03 38 02
07 52 02
16 26 30
18 55 55
|
-
Smart teacher
Vaqt bo’yicha cheklov: 2 sekund
Xotira bo’yicha cheklov: 64 megabayt
Boshlang’ich sinf o’quvchilari, o’qish mobayinida juda ko’p raqobat qilishadi. Xattoki, ular o’zlarining yoshlari teng bolalar bilan yonma yon turganda janjallashib ham qolishadi. Janjal esa, albatta darsni buzmasdan qolmaydi. Shu sababli, ularning o’qituvchilari bu yoshlari teng bo’lgan bolalarni yonma – yon kelishini hohlamaydi. Sizning vazifangiz, bolalarni bir to’g’ri chiziqda terib dars o’ta olish yoki o’ta olmasiligini aniqlashdan iborat.
Kiruvchi ma’lumotlar:
Birinchi qatorda N soni beriladi, sinfdagi bolalarning soni (1 < N < 100000) va ikkinchi qatorda esa , N ta son , i- son ya’ni age[i] -> i-bolaning yoshini bildiradi.(7 < age[i] < 100000)
Chiquvchi ma’lumotlar
Bitta qatorda agar o’qituvchi bolalarga dars o’ta olsa “YES” so’zini , aks holda “NO” so’zini qo’shtirnoqlarsiz ekranga chiqarishingizdan iborat.
Kiruvchi ma’lumotlar
|
Chiquvchi ma’lumotlar
|
4
1 2 3 4
|
YES
|
8
1 2 1 5 1 2 1 1
|
NO
|
-
Binar son
Vaqt bo’yicha cheklov: 2 sekund
Xotira bo’yicha cheklov: 64 megabayt
Yomon dasturchi 1 kilobaytda 1000 bayt deb hisoblaydi, yaxshi dasturchi esa 1 kilometrda 1024 metr deydi.
Ko’plarga bu hazil tushinarli, kompyuterning ko’pgina sohalarida ikkining darajasi ko’rinishidagi sonlar qatnashadi ya’ni 2K ko’rinishidagi sonlar, K – manfiy bo’lmagan butun son. Bunday sonlar binar sonlar deyiladi. Bu sonlar 2, 4, 8, 16, 32 kabi sonlardir. Haqiqatdan ham gap xotira o’lchami va monitor ekrani o’lchami xaqida ketganda ko’pincha shunday sonlarga duch kelamiz. Bularning hammasi EHM dagi ma’lumotlarni saqlash usuliga bog’liq.
N butun son berilgan. Bu son binar son ekanligini aniqlovchi dastur tuzing.
| Metr (belgilanishi: m; grekcha μέτρον - o'lchov) - SI dagi uzunlik o'lchov birligi. 1 metr - yorug'lik nurining vakuumda, 1/299 792 458 soniya ichida bosib o'tgan masofasiga teng. |
Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Kiruvchi ma’lumotlar:
Bitta natural son N (N < 231).
Chiquvchi ma’lumotlar
Agar N binar son bo’lsa YES aks holda NO chiqaring
Kiruvchi ma’lumotlar
|
Chiquvchi ma’lumotlar
|
12
|
NO
|
1024
|
YES
|
1
|
YES
|
-
Futbol
Vaqt bo’yicha cheklov: 2 sekund
Xotira bo’yicha cheklov: 64 megabayt
Axbor darslarini qilish o’rniga fudbol tomosha qilib o’tirdi va har bir goldan so’ng tablo ko’rsatib turgan hisobni yozib bordi.
Masalan unda quyidagicha yozuv hosil bo’lishi mumkin:
1:0
1:1
1:2
2:2
2:3
Undan so’ng hosil bo’lgan barcha raqamlarni qo’shib chiqdi: 1 0 1 1 1 2 2 2 2 3=15.
Axbor olgan yig’indidan barcha urilgan gollar sonini toping.
Axbor hisoblashda adashmaganligi kafolatlanadi.
Kiruvchi ma’lumotlar:
Bitta butun son n – Axbor hisoblagan yig’indi. n (n <= 1018)
Chiquvchi ma’lumotlar
Barcha urilgan gollar sonini chiqaring.
Kiruvchi ma’lumotlar
|
Chiquvchi ma’lumotlar
|
3
|
2
|
1
|
1
|
-
Burish
Vaqt bo’yicha cheklov: 2 sekund
Xotira bo’yicha cheklov: 64 megabayt
Kvadrat ko’rinishida rasm berilgan. Uni markazi atrofida soat strelkasi bo’yicha 90 gradusga burish kerak.
Rasm kichik kvadratlarga bo’lingan kvadrat ko’rinishida. Xar bir kichik kvadrat o’z rangiga bo’yalgan. Ranglar 0 dan 255 gacha ifodalangan.
Kiruvchi ma’lumotlar:
Birinchi qatorda 100 dan oshmaydigan natural son kvadratning o’lchami.
Keyingi N qatorda probel bilan ajratilgan N tadan son, kvadratlarning ranglari berilgan.
Chiquvchi ma’lumotlar
Rasmni burgandan so’ng hosil bo’lgan natijani chiqaring.
Kiruvchi ma’lumotlar
|
Chiquvchi ma’lumotlar
|
3
1 2 3
4 5 6
1 2 3
|
1 4 1
2 5 2
3 6 3
|
2
10 100
1 2
|
1 10
2 100
|
|