• Mundarija
  • KIRISH
  • Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari




    Download 0,86 Mb.
    bet1/9
    Sana30.05.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #257667
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    BardiyevaM


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI



    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
    SIRTQI(MAXSUS SIRTQI)” BO‘LIMI
    Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi 3-kurs 208 -guruh talabasi Rahimova Gulhayoning
    MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI” fanidan tayyorlagan KURS ISHI
    Mavzu: Katta maktab yoshidagi bolalarga vaqtni his qilishni rivojlantirish. Kalendar, soat bilan tanishish.
    Topshirdi: Rahimova G.
    Qabul qildi: G. Rahimova


    Urganch-2022

    Mundarija


    KIRISH 3
    I BOB. KATTA MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARGA VAQTNI HIS QILISHNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. 5
    1.1.Katta maktab yoshidagi bolalarga vaqtni his qilishni rivojlantirishda tarixiy materiallardan foydalanish 5
    1.2 Turli yoshda Vaqtga oid tasavvurlarning shakllanish xususiyatlari. 9
    II BOB. KATTA MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARGA ASOSIY KATTALIKLARNI O‘RGATISH METODIKASI. 21
    2.1. Vaqt o‘lchovlarini o‘rganish. Soat va Kalendardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish 21
    2.2 Katta maktab yoshidagi bolalarga vaqtni his qilishni rivojlantirishga oid mashg‘ulotlar tashkil etishda yangi metodlardan foydalanish. 28
    XULOSA 36
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 37


    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishi ta’limning rivojlanishiga va mazmunan takomillashib borishiga bog‘liq.
    Bugungi kunda ta’lim sifat samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanmoqda.
    Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani, ayni paytda keng ko‘lamli axborotlar oqimi ta’lim mazmunini muntazam yangilab, takomillashtirib borishni taqozo etadi.
    Ta’lim sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish, kadrlar tayyorlashda yagona davlat talablari asosida o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o‘quv-adabiyotlari bilan ta’minlash, pedagoglarga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish vazifasini amalga oshirish muhim vazifalardan biridir.
    Bilim qanchalik mustahkam bo‘lsa, o‘quvchi dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Hozirgi kunda o‘quvchilar uchun informatsion savodxonlik ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘ini bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq, mazkur ta’lim muassasalari ta’lim – tarbiya jarayonining samardorligini oshirish, ilm – fanning so‘ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, kasb – hunarli, Ona Vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlaydigan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchi va javobgarligini his etadigan barkamol shaxsni kamolga yetkazish, ularning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
    Ushbu vazifalarni muvaffaqqiyatli hal etish ta’lim – tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni taqazo etadi. Ta’lim – tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirishni talab etadi. CHunki uni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
    Bu kundagi o‘qituvchi tayyor elektron resurslar yordamida dars o‘tish bilan chegaralanmasdan balki, ta’limiy resurslarni yaratish hamda uni amalda qo‘llovchi o‘qitishning zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish fan va uning tarkibiga kiruvchi bilimlar mazmunini o‘quvchilarga yetkazish malakasiga ega shaxs sifatida faoliyat olib borishi lozim.

    Download 0,86 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari

    Download 0,86 Mb.