II bob. “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish




Download 293 Kb.
bet4/10
Sana16.02.2024
Hajmi293 Kb.
#157548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostonini multimedialar yordamida

II bob. “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
2.1 Badiiy asarni ifodali o‘qish va sharhlab o‘qishga oid metodik fikrlar
O‘quvchilarni badiiy asar bilan tanishtirish dastlab sinfda o‘qish bilan boshlanadi. Sinfda badiiy asarni ifodali o‘qish o`quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashda eng muhim va ta’sirchan metoddir. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini shakllantirish adabiyot o‘qituvchisi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Negaki, “faqat san’atkorona o`qish shoirlar haqida tushuncha hosil qiladi”. Shu sababli bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qituvchining o‘zi ifodali o‘qish qonun – qoidalarini, texnikasini bilib olishi kerak. Shundagina u o‘quvchilarning ifodali o‘qish san’atini puxta egallab olishlariga, badiiy asar haqida mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish va to‘g‘ri baholash malakalarini egallashlariga erishadi.
O‘qituvchi ifodali o‘qishni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning ona tili darslarida olgan bilimlardan foydalanadi. Ma’lumki, o‘quvchilar ona tili darslarida orfoepik qoidalarni o‘zlashtiradilar. Bunday bilim ifodali o‘qishda tekstdagi intonatsiyani, urg‘uli so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish, o‘z o‘rnida pauza qilish, emotsional, yoqimli ovozda vazn va qofiyalarga qarab to‘g‘ri o‘qishga yordam beradi. Ifodali o‘qish adabiy asarni tushunarli, ta’sirchan o‘qish demakdir. Bu o‘qish san’ati yod olingan materialni ifodali o‘qishni ham o‘z ichiga oladi, og‘zaki nutq bilan bog‘lanadi.
“Sharh” so‘zi arabcha bo‘lib, izohlash, tafsir, tushuntirish, ma’no berish, talqin etish demakdir. Sharh adabiy tekstni talqin etuvchi filologik tadqiqotga xos usul hisoblanadi. Sharh adabiy asarni tadqiq qiluvchi adabiyotshunoslik, adabiyot nazariyasi, tarix, estetika, tilshunoslik fanlariga bog‘lanadi. Maktabda qo‘llanadigan tarixiy – adabiy sharhda asarning yaratilish tarixi, adabiyot tarixida tutgan o‘rni, asarda tasvirlangan voqea va shaxslar haqida ma’lumot beriladi.
Masalan, VIII sinfda Alisher Navoiyning “Xamsa” asari xususida gapirilganda uning yaratilishi, uni tashkil etgan dostonlar to‘g‘risida tushuncha beriladi, “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishda undagi tarixiy shaxslar — Arastu, Qorun, Moniy sharhlanadi.
Yuqori sinflarda yozuvchining ijodini o‘rganishda biografik sharhlashdan ham foydalaniladi. Bunda asarning yozuvchi hayoti bilan bog‘liqligi yoritiladi. Masalan, Alisher Navoiy shaxsiyatidagi fazilatlarning u yaratgan asarlarda ham aks etganini ko‘rish mumkin:
Kamol et kasbkim, olam uyidin,
Senga fayz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biaynish
Erur hammomdin nopok chiqmoq.8
Bu to‘rtlikda Alisher Navoiy, olamda kimki biror kasbni mukammal egallab olmasa, u hammomdan toza bo‘lmay chiqqan kishiga o‘zshib qoladi, degan fikrni ifodalaganki, shoirning o‘zi bunga hamisha amal qilib yashagan. Buyuk shoirning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod obrazi haqida ham shu gapni aytish mumkin. Farhod xarakteriga xos o‘qishga, ilm – fanga, san’atga havas, insonparvarlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlar Alisher Navoiy shaxsiyatida ham mavjuddir. Shunga ko‘ra, Farhod obrazini o‘rganishda o‘quvchilar e’tibori bu masalaga ham jalb etiladi.
Jahon adabiyotida asar qahramonlari haqida ko‘plab misollar keltirilgan. Ochig‘i, adabiyotning daholari o‘z roman, povest va sahna asarlarida komil inson siymosini yaratishga harakat qilgan. Ammo biror – bir buyuk adib qahramon siymosini Alisher Navoiy darajasigacha yetkaza olmagan, sababi Navoiy ideali — Farhod obrazida insonga xos barcha ijobiy sifatlar badiiy mahorat bilan ishonarli va obrazli tasvir etilgan. Farhod siymosida kishilikning ezgu orzusi bo‘lgan mehnatsevarlik, ilmga muhabbat, gumanizm, sahiylik, vatanparvarlik, qahramonlik, shu bilan birga, pok sevgi yo‘lida o‘zini baxshida etish kabi ibratli voqealar bayon etilganki, kitobxon dostonni o‘qirkan hayajonga tushadi, o‘zini qahramonlar safiga qo‘yadi, dardiga sherik bo‘ladi, ba‘zan yig‘laydi. Jasur Farhodning jodugar hiylasi bilan jon berishi, go‘zal Shirinning Farhod nomini takror va takror tilga olib hayotdan ko‘z yumishi albatta kitobxonning ruhiyatiga, afsus va nadomatiga, qaro kuchlarini lanatlashiga sabab bo‘ladi. Dostonning badiiy – estetik kuchi ham shundadir.
“Xamsa” dostonlaridagi ijobiy qahramonlar Farhod, Shirin, Mehinbonu, Qays, Layli, Shopur, Navfal, Iskandar, Arastu va boshqalar ijobiy ibrat namunalaridir. Ular o‘z hayoti mazmunini insonga, xalqqa xizmat qilishda ko‘radilar. Ular eng olijanob insoniy tuyg‘ularni o‘zlarida mujassam etganlar. Bu qahramonlarning faoliyati hayot go‘zalligi, inson qalbi pokizaligining yorqin timsolidir, degan edi navoiyshunos olimlardan biri Aziz Qayumov.
Alisher Navoiyning bosh qahramoni Farhoddir. Shoir e’tiroficha, u ham Xusrav Dehlaviyda bo‘lganidek, Fahodni Chin xoqonining o‘g‘li sifatida tasvirlaydi. Shunisi muhimki, xoqon oilasida dunyoga kelgan Farhodga nom qo‘yish masalasiga shoir alohida e‘tibor berib shu nomni talqin qilishda, Farhodning tug‘ilishi kelajakdagi komil insonning tug‘ilishi sifatida sharhlaydi.
Birinchi sharh:

Download 293 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 293 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob. “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish

Download 293 Kb.