|
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
|
bet | 2/10 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 293 Kb. | | #157548 |
Bog'liq Alisher Navoiyning Farhod va Shirin dostonini multimedialar yordamidaKurs ishining maqsadi va vazifalari.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Adabiyot darslarida badiiy asarlar bilan bog’liq nazariy ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni tanishtirish. Badiiy asarlarni multimedialar yordamida o‘rganish malakalarini shakllantirish.
Ayni shu maqsadni amalga oshirish uchun badiiy asarlar bilan bog’liq nazariy ma’lumotlarni o’quvchilarga yetkazish, badiiy asar haqida umumiy bilim va tasavvurlarini shakllantirish, badiiy asarlarning o‘rganish va ifodali o‘qishda multimedialarning o’rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish hamda badiiy asar mazmunini tushunishning yangicha samarali usullarini ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Hozirgacha ta’lim tizimida o’zbek
adabiyoti o’qitishning dastlabki, nazariy asoslari, S.Dolimov, A.Zunnov, Q.Ahmedov kabi buyuk olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan. Mustaqillikdan keyingi yillarda bu sohaga ham yangi olimlar kirib keldi. Adabiyotni o‘rgatish va o‘qitishga doir ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. O’zbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAUning tegishli kafedralari o’qituvchi va tadqiqotchilari tomonidan adabiyot o’qitishning dolzarb masalalariga bag’ishlangan metodik maqolalar to’plamlari, darslik va qo’llanmalar chop etildi. A.Hojiahmedov, O.Madayev, B.To’xliyev, R.Niyozmetova, M.Mirqosimova, Q.Yo’ldoshev, V.Qodirov kabi ko‘plab olimlarimizning badiiy asarni o‘qitishga oid yozgan ishlari shular jumlasidandir. Oxirgi yillarda adabiyot o’qitish metodikasi borasidagi qator tatqiqotlar Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU olimlari tomonidan hamda shu sohaga doir respublikamizning barcha universitetlaridagi olimlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishida badiiy asarlarni multimediyalar orqali o‘qitish bo‘yicha nazariy ma’lumotlar berilgan. Badiiy asarlarni maktabda o‘rganish va o‘qitishda multimedialarning o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalingan. Shuningdek, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘quvchilarga o‘qitishga oid yangi zamonaviy texnogiyalar asosidagi metodik tavsiyalar berilgan. Sohaga doir olimlarning fikrlari, manbalardagi ma’lumotlar umumlashtirilgan va zaruriy xulosalar chiqarilgan.
|
| |