|
Mavzu: Bolalarda fazoviy tasavvurlarini shakllantirish. Bolalarda vaqt tasavvurlarini shakllantirish Dars o’quv maqsadi
|
bet | 1/3 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 25,14 Kb. | | #132248 |
Bog'liq 7 - Mavzu
Mavzu: Bolalarda fazoviy tasavvurlarini shakllantirish. Bolalarda vaqt tasavvurlarini shakllantirish
Dars o’quv maqsadi: Talabalarga bolalarda predmetlarning shakli haqida bilimlar berish
Tayanch so’zlar va iboralar: mashg’ulot geometric figura, buyumlar, tasavvur, taqqoslash, dumaloq buyumlar, farqlash.
Reja:
Bolalarning (xususiy kuzatish materiallaridan foydalanib) buyumlarning shakli va geometrik figurani idrok qilish xususiyatlari.
Buyumlarning shakli va geometrik figuralar haqidagi bilimlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishidagi ahamiyati.
Har xil yosh guruhlarida bolalarni buyumlarning shakllari va geometrik figuralar bilan tanishtirish
Katta guruh.
Katta guruhga kelguncha bolalarda etarlicha katta sensor tajriba to’plangan va shakllarni tekshirish ko’nikmasi takomillashgan bo’ladi. Tarbiyachi bolalarning geometrik figuralarning shakllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun o’rta guruh materialini takrorlagandan keyin, ularga atrofdagi buyumlardan doira. Uchburchak, kvadrat shaklini topishni o’rgatadi. Masalan, u tarelkaning tegi, stol ustining sirti, fortochka, qog’oz varag’i va boshqalar qanday geometrik figurapni, eslatadi, deb so’raydi. Tarbiyachi “Loto” tipidagi o’yin tashkil qilishi mumkin. Bolalarga rasmlar (har biriga 3-4 tadan) beriladi, ular shu rasmlar orasidan tarbiyachi ko’rsatayotgan figuraga o’xshash figurani izlashlari kerak. Shundan keyin bola nima topganini aytadi va gapirib beradi.
Tarbiyachi yordamida bolalar geometrik figuralardan har xil naqshlar, o’zlariga tanish buyumlar uchburchaklardan gilam, kvadrat va doiralardan avtomobil, kvadratlar va chburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzidilar.
Katta guruhda bolalar yangi tushuncha –“kvadrat” bilan tanishtiriladi. Bunda tarbiyachi bolalarda mavjud bo’lgan kvadrat haqidagi tasavvurlardan foydalaniladi. Chunonchi, mashg’ulotda bolalar har xil kattalik va rangdagi 5 ta kvadrat olishadi. Tarbiyachi bular nimasi bilan farq qilishini so’raydi, ularni kattaliklari chapdan o’ngga qarab kamayib boradigan tartibda joylashtirishni taklif qiladi. Bu figuralar nimasi bilan o’xshashligini so’raydi. Bolalar e’tiborini har qaysi kvadratda qancha tomon va qancha burchak borligiga qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi uchburchakning nechta burchagi borligini eslashni taklif qiladi. Bolalarni bunday xulosaga keltiradi: 3 ta burchagi bo’lgan figurani uchburchak deyiladi, agar figurada 4 ta burchak bo’lsa, uni to’rtbuchak deb atash mumkin. O’zlarida nechta uchburchak va nechta to’rtburchak borligini so’raydi. Navbatdagi mashg’ulotda bolalar ikki xil to’rtburchak –kvadrat va to’g’ri to’rtburchak oladilar; ikkala figurani taqqoslaydilar, ular nimalari bilan o’xshash, nimalari bilan farq qilishini aniqlashadi. So’ngra tarbiyachi bolalarning bilimlarini mustahkamlash uun ularga qog’ozga har xil to’rtburchaklar chizishni; qog’ozga hamma tomoni teng to’rtburchak chizishni va ular nima deb atalishini aytishni; ikkitadan tomoni teng to’rtburchak chizishni; cho’plardan har xil to’rtburchaklar tuzishni; to’rtburchak shaklidagi buyuchlarni topish va aytishni;№ 2 ta teng uchburchakdan, 4 ta teng kvadratdan to’rtburchak tuzishni taklif qiladi.
Bolalar geometrik figuralarning shakllarini bilganliklari uchun ular bilan qiyinlik darajasi har xil bo’lgan, masalan, “Tavsifi bo’yicha top”, “Har qaysi figurani o’z joyiga qo’y”, “Shakli bo’yicha tanla” kabi didaktik o’yinlarni o’tkazish mumkin.
Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg’ulot ajratiladi. Ularning mavzusi: oval bilan doirani, to’g’ri to’rtburchak bilan kvadratni va nihoyat, uchburchaklar bilan to’rtburchaklarni taqqoslashga oid bo’ladi.
Mashg’ulotlarni bunday tuzish mumkin. Mashg’ulotning birinchi qismida geometrik figuralar qaraladi, tekshiriladi va taqqoslanadi. Mashg’ulotning ikkinchi qismida shakllarning xossalari va belgilari haqidagi bilimlarni taqqoslashga doir har xil mashqlar o’tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga buyumlarning shaklini shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash o’rgatiladi.
Mashg’ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik figuralar bilan bajaradigan tekshirish ishlari sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma- ket savollar qo’yadi, bolalarning e’tiborini shakllarning xususiyatlari va xossalariga, o’xshashlik va farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini aytib, bolalarning javoblarini aniqlashtiradi. Masalan, bolalarni oval bilan tanishtirishda tarbiyachi ovaldan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi, bolalardan u qanday figurani eslatishini so’raydi. Bunda tarbiyachi doirada va ovalda burchaklar yo’q ekanini, ular dumaloq uzluksiz chiziqdan hosil bo’lganini ta’kidlaydi, bolalardan figurani stolda dumalatishni, atrofidan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi.
Oval doiradan imasi bilan farq qilishini ko’rsatish uchun tarbiyachi ovalni doira ustiga qo’yishni, so’ngra doirani ovalning ustiga qo’yishni, doira o’rtasini topishni va unga nuqta qo’yishni hamda doira har xil tomonga – yuqoriga, chapga, o’ngga bir xil kengayishi yoki kengaymasligini qarashni maslahat beradi. Oval bilan ham xuddi shunday ish bajariladi. Boloalar odatda doira bor xil, oval esa uzoqroq, cho’ziqroq kengayishini ta’kidlab, to’g’ri xulosa chiqarishadi.
Kvadrat bilan to’g’ri to’rtburchakni taqqoslashda tarbiyachi bolalarga ketma –ket savollar beradi; o’xshashlik va farq qilish alomatlarini topishda bolalarga yordam beradi. Bu boradagi suhbat quyidagicha o’tkazilishi mumkin.
Tarbiyachi: Bu figuralar nima deb ataladi?
Bolalar. Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak.
Tarbiyachi. Biz kvadrat bilan to’g’ri to’rtburchakni taqqoslab, ular nimasi bilan o’xshash va nimasi bilan farq qilishini bilib olamiz. Kvadrat oling va undan barmoq yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (bolalar kvadratning tomonlari va burchaklarini topishadi va ko’rsatishadi).
Tarbiyachi: To’g’ri to’rtburchakda nimalar bor? Kvadratda va to’g’ri to’rtburchakda nechtada tomon va nechtadan burchak bor? (Tomon va burchaklarni sanab chiqish o’arurligi aniqlanadi).
Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakda burchaklar soni tengmi?
Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakning burchak va tomonlarining soni haqida nima deyish mumkin?
Kvadrat tomonlarining kattaligi haqida nima deyish mumkin? Qanday tekshirish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Bolalarda fazoviy tasavvurlarini shakllantirish. Bolalarda vaqt tasavvurlarini shakllantirish Dars o’quv maqsadi
|