Page 24
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 2, Issue 7, July 2023
www.in-academy.uz
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI FANINING
NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI.
Mamajonova Guluzro
Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va
tabiiy fanlar fakulteti oqituvchisi
Abdusalomova Sarvinoz Nodirbek qizi
Toʻychiyeva Gulzoda Sanjarbek qizi
Andijon davlat pedagogika instituti Aniq
va tabiiy fanlar fakulteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8133378
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 30-June 2023 yil
Ma’qullandi: 05-July 2023 yil
Nashr qilindi: 11-July 2023 yil
Ushbu maqolada boshlang’ich sinfda texnologiya
talimidan amaliy ishlar, texnologiya talimidan nazariy
ishlar, texnologiya an`analari turlari haqida maʼlumot
beriladi.
KEY WORDS
texnologiya, mehnat anʼanalari,
ijtimoiypedagogik
sifatlar,
hunarmandchilik, chizmachilik,
mehnat faoliyati
Ma’lumki, tasavvuf ilmida komil insonni ruhan shakllantirish, kamolotga yetkazish
nazariyasi bosh masala hisoblanadi. Bu nazariyaga ko‘ra tasavvufdagi komil inson yoki «al-
inson al-komil» tushunchasi ilohiylik va insoniylik tajassumining mukammal va oliy darajasi,
odamlarning butunlikda, azim uyg‘unlikda ko‘rish orzu-xayollari, kamolot mash’ali bo‘lish
barobarida aniq shaxslar, insonlar rutbasini tan olish va qonunlashtirish hamdir. Chunki
komil inson barcha ilmlardan, zohiriy va botiniy donishdan bexabar, qalbida g‘ayb asrori jo‘sh
urib turgan zot deb bilingan. Mustaqillik barcha xalqlarning rivojlanishi uchun sharoit
tug‘dirib beradi. Har bir xalqning odat va marosimlarida xalq hayotini zamonaviy turmushiga
uzluksiz singgan chuqur xalqchil va ilg‘or elementlar mavjuddir. Xalqda mehnatsevarlikni
shakllantirish uchun o‘sib kelayotgan yosh avlod atrofida mustahkam va turg‘un mehnat
muhitini hosil qilish zarur. Shuning uchun o‘zini oqlagan ko‘p asrlik mehnat an’analarini
o‘rganish va targ‘ibod qilish kerak.
METODOLOGIYA
Mehnat an’analarini o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi, chunki u kasb-hunar
tanlashda ilmiy asoslangan holda foydalanish uchun zamin yaratadi. Mehnat an’analari
insonlarni mehnat malakalari va mehnat jarayonini ko‘p marta qaytarish natijasida
shakllangan va odatga aylangan insonlarning o‘ziga xos axloqiy, psixologik sifatlar
yig‘indisidir. Ular jamiyat yoki jamoa mavjudligining zaruriy sharoitlarini ifodalaydi, meros
bo‘lib o‘tish xarakteriga ega, katta avlodlar yetishgan tajribani saqlashga xizmat qiladi.
Mehnat an’analariga ommaviylik xosdir, ular hayotiy bo‘lib, xalq ommasi kundalik ijodida
mavjud. Ularda his – tuyg‘ulik tomoni ham mavjud: ular sinfiy kurash, mehnat ishtiyoqining
yorqin romantikasi bilan ilhomlangan. Mehnat an’analarida mehnatkash sinfga xos bo‘lgan,
mehnatkash insonlarga, ishchi, hunarmand kasbiga, mehnat yaratgan qadriyatlarga hurmat,
ijod, bunyodkorlikka ehtiyoj, o‘zaro yordam, musobaqa va hokazolar ifodalangan.
|