• ERASMUS+ UNICEF UNICEF Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi
  • USAID USAID
  • Japan International Cooperation Agency
  • O’zbekistonda ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotlar erasmus+




    Download 80.33 Mb.
    Sana22.05.2023
    Hajmi80.33 Mb.
    #63051
    Bog'liq
    o ortigaliyev mustaqil ish psixologiya


    O’zbekistonda ta’lim sohasida
    faoliyat olib borayotgan
    xalqaro tashkilotlar
    ERASMUS+
    Erasmus+ dasturi - ta’lim, professional ta’limni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo’yicha 2014-2020 yillar uchun mo’ljallangan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir.
    Erasmus+ dasturi oldingi 7ta dasturlarni o’z ichiga qamrab oldi:
    - Uzluksiz ta’lim dasturi (Erasmus, Leonardo da Vinci, Grundtvig va Jean Monnet);
    - Yoshlar yo’nalishi dasturi;
    - 5ta xalqaro hamkolik dasturlari (Tempus, Erasmus Mundus, Alfa, Edulink, sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik dasturi);
    - Sportni rivojlantirish dasturi;
    Ushbu dasturning turli yo’nalishlari bo’yicha Yevopa davlatlari va Hamkor-davlatlar o’rtasida hamkorlik o’rnatish va uni moliyalashtirish imkoniyatini beradi.
    Erasmus+ xalqaro targ’ibotni (Hamkor-davlatlar bilan hamkorlik), xususan oliy ta'lim va yoshlar yo’nalishlarni o’z ichiga qamrab olgan.
    ERASMUS+
    UNICEF
    UNICEF
    Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) — bmtning asosiy jamgʻarmalaridan biri. Uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor boʻlgan yevropa bolalariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish maqsadida 1946-yilda tuzilgan. 1953-yildan bmtning doimiy tuzilmasiga aylangan. Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning so’glom va barkamol voyaga yetishiga ko’maklashish uning bosh tamoyilidir. Mazkur sohadagi faoliyati uchun 1965-yilda nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, unicefga aʼzo boʻldi va u bilan yaqin hamkorlik oʻrnatdi. Jamgʻarma tomonidan bolalarni immunizatsiya qilish, boshlangʻich maktab oʻquvchilarini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan taʼminlash, vaksinalar yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli dasturlar, orolboʻyi aholisiga yordam koʻrsatish yuzasidan maxsus dastur, "orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam loyihasi" ishlab chiqilgan
    USAID
    USAID
    O'zbekiston mintaqaviy va global xavfsizlikka hissa qo'shadigan mustaqil, barqaror, obod va demokratik Markaziy Osiyoni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Markaziy Osiyodagi eng ko'p aholiga ega mamlakat sifatida, tabiiy resurslari, maftunkor sayyohlik joylari va transport aloqalari bilan O'zbekiston mintaqaviy iqtisodiy o'sish va barqarorlikni ta'minlash uchun potentsial kuchdir. O'zbekiston Afg'oniston bilan bir qatorda Markaziy Osiyoning to'rtta davlati bilan chegaradosh yagona Markaziy Osiyo davlatidir. USAID O'zbekistonga iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni ko'paytirish, sog'liq uchun jiddiy tahdidlarni bartaraf etish va hukumatni o'z xalqining ehtiyojlariga ko'proq javob berishga undashda yordam beradi. O'zbekistonda USAID AQSh hukumatining Markaziy Osiyo strategiyasini ilgari suradi, bu Markaziy Osiyo davlatlarining suvereniteti va mustaqilligini alohida va guruh sifatida qo'llab-quvvatlaydi va mustahkamlaydi; Markaziy Osiyo va Afg'oniston o'rtasidagi mintaqaviy aloqalarni rag'batlantiradi; qonun ustuvorligini va inson huquqlarini hurmat qilishni targ'ib qiladi; va mintaqaviy barqarorlik va farovonlikni ta'minlash uchun AQShning Markaziy Osiyodagi investitsiyalari va rivojlanishiga yordam beradi.
    Japan International
    Cooperation Agency
    Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA taraqqiyot yo'lida hamkorlik Nizomiga muvofiq, inson xavfsizligi va sifatni oshirish bilan shug'ullanadi.
    JICA tashkiloti hamkorlar bilan birgalikda insonlarning porloq kelajakka umid bilan qarashiga, o'zlarida mujassam turfa salohiyatlarni ro'yobga chiqara oladigan ozod, tinch va faravon dunyoga intilgan holda yer yuzi bo'ylab ishonch rishtalarini mustahkamlashda yetakchilik qiladi.
    • Burch: Vazifa va qarashlarimizga erishish yo'lida o'zimizni fahr va ishtiyoq tuyg'ulari bilan kuchga to'ldirish
    • Gemba: Joylarga (gemba) chiqib xalq bilan yelkama-yelka turib ishlash.
    • Strategiya: Keng va uzoq muddatli porloq kelajak yo'lida strategiк fikrlash va izlanish.
    • Yaratuvchanlik: Bir-biridan farq qiluvchi aql-idrok va manba'larni mujassamlashtirish.
    • Innovasiya: Tengi yo'q ta'sirlarga erishish maqsadida innovasion yechimlarni kiritish.

    Japan International
    Cooperation Agency
    Download 80.33 Mb.




    Download 80.33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotlar erasmus+

    Download 80.33 Mb.