Central asian journal of education and innovation




Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#102917
1   2   3   4
Bog'liq
texnologiya va uni oʻqitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari
muazzam, 27638, Sobirjonova Durdona To‘lqinboy qizi, Toshkent tî‘qimachilik va yengil sanoat instituti, MS Umumiy pedagogikaaa 2 mustaqil topshiriq (1), Refleks va uning turlari, 0YifX8ca9fRfqjL4h7Rzbfd9lftaH50t (1), Generatorlarni-uyg‘otishni-avtomatik-rostlash-АРВ., last version, Укув дастури талаблари-09-06-2023, 1-amaliy Kompyuter tizimi administratori va uning imkoniyatlari bilan tanishish, 7-Amaliy mashg\'ulot, Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondashuv, Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi
NATIJA 


 
Page 26 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
AND INNOVATION 
Volume 2, Issue 7, July 2023 
www.in-academy.uz 
Shunday qilib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarning mehnat ta’lim-tarbiyasida kasb-
hunarga qiziqishini tarbiyalashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
a) mehnatkashlar o‘z mehnatiga munosabati an’analari – o‘zining kasbiga, xalqiga, 
topshirilgan vazifasiga davlat ehtiyojini o‘ylab yondashish; jamoa ehtyyojini o‘z ehtiyojidan 
baland qo‘yish;
b) o‘quvchilar bir – biri bilan munosabatlarda, - do‘stlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam va mehnatda 
to‘g‘ri munosabatda yondashish;
v) yangi mehnat marosimlari, an’analari – kasbiy bayramlarni tashkil etish;
g) o‘zbek xalq ijodi namunalaridan dars va darsdan tashqari vaqtlarda unumli foydalanish.
An’anaviy hunarmandchilikning tiklanishi, ularning aholi orasidagi ommaviyligini oshirish, 
ularga bolalar e’tiborini kuchaytirishga sharoit tug‘diradi. Shu bilan bir qatorda ba’zi 
darsliklar va maktab dasturlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, maktab kursidagi mehnat 
tarbiyasi va uning o‘qitilishi, o‘zining hayot yo‘lini va kasb-hunar tanlash haqida o‘ylayotgan 
kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari qiziqishini qanoatlantirmaydi. Bizningcha, maktablarda, 
bog‘cha-maktablarda bolalar oromgohlarida, mahallalarda xalq ijodiy to‘garaklari ochishga 
ko‘proq e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. 
Texnologiya fani ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash o’quv rejasida umumiy ta’lim fanlari va 
maxsus fanlarda o’qitish nazarda tutilgan. Maxsus fanlarga umumtexnik, texnika va 
pedagogika fanlari kiradi. Umumtexnika fanlariga texnik mexanika asoslari, mashinasozlik 
asoslari, elektrotexnika va elektronika asoslari kirib, texnik fanlar bo’yicha bilim egallashga 
asos bo’ladi.
Chizmachilik va chizma geometriya, materialshunoslik, ishlab chiqarish jarayonini 
mexanizasiyalash va avtomatlashtirish asoslari, ishlab chiqarishni tashkil etish va uning 
ekonomikasi asoslari, elektromantaj ishlari va elektr bilan ishlaydigan maishiy asbob 
(pribor)lar va boshqa texnik fanlar jumlasiga kiradi.
O’qituvchining psixologik-pedagogik jihatdan tayyorgarligi psixologiya, pedagogika
texnologiya va kasb ta’limi metodikasi, chizmachilik va rasm o’qitish metodikasi, maktab 
gigiyenasi kabi fanlarni o’rganishda amalga oshadi.
XULOSA 
Shunday qilib, texnologiya fani o’qituvchisini tayyorlashda “Texnologiya fanini o’qitish 
metodikasi” ixtisoslashtiruvchi fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu fanlar boshqa fanlarni 
pedagogika, psixologiya va hokazolarni takrorlamaydi, balki ular bilan yaqin bog’lanishda 
bo’ladi.
“Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” kursi o’rganish, umumiy ta’lim maktabidagi 
texnologiya fanining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta’lim, kasbga yo’llash va hokazolarning) 
maqsad va vazifalarini, shu fan bo’yicha o’quv jarayonini tashkiliy prinsiplarini va uning 
mazmunini anglab olinishi, maktab ustaxonalarida ta’lim tarbiya jarayonini muvoffaqiyatli 
olib borishda yordam beradigan metodik vositalar sistemasi sifatida o’rganilishi lozim.
“Texnologiya fanini o’qitish metodikasi” alohida roli shuki, o’quvchilarni mehnatga tayyorlash 
jarayonida ularda mehnatga ongli munosabatni tarkib topishi uchun obyektiv qulay sharoit 
vujudga keladi. Bo’lajak o’qituvchiga yana shu sharoitdan qanday qilib to’la foydalanishni 
ko’rsatish modulning vazifalaridan biridir.
Texnologiya fanini o’qitish metodikasi pedagogika fanining tarmog’i sifatida o’z obyektlari, 
vazifalari va tadqiqot metodlariga ega.



Download 0.9 Mb.
1   2   3   4




Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Central asian journal of education and innovation

Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish