Central asian journal of education and innovation




Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.11.2023
Hajmi0,9 Mb.
#102917
1   2   3   4
Bog'liq
texnologiya va uni oʻqitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari

 
Page 25 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
AND INNOVATION 
Volume 2, Issue 7, July 2023 
www.in-academy.uz 
O‘zbek xalqi asrlar mobaynida o‘zining iqtisodiy, geografik va ijtimoiy hayoti xususiyatlari 
bilan bog‘langan mehnat tarbiyasining mustahkam an’analarini ijod qilish bilan bir vaqtda 
avloddan – avlodga mehnat mahoratlarini shakllantirish yo‘llari va vositalari haqidagi bilimni 
uzatib borgan.
An’analar juda qadim zamonlarda inson jamiyati bilan birga paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamoa 
tuzumi davrida insonlar urug‘dosh jamoalardagi munosabatlari ularning birgalikdagi mehnati 
va hayoti, ularning tabiat kuchlari bilan umumiy kurashi ma’lum normalar va muomala 
qoidalari bilan chegaralangan. Bunda yozilmagan norma va qoidalar tug‘ilgan bo‘lib, ular ko‘p 
marta qaytarilib, avloddan avlodga o‘tgan va an’analarga aylangan. Ba’zi an’analar hosil 
bo‘ladi, boshqalari yo‘qoladi. Qadimgi an’analar yangi turmush sharoitlariga moslashib 
o‘zgarib boradi.
MUHOKAMA 
Hozirgi yangi turmush sharoitida asrlar davomida o‘z kuchini yo‘qotmagan ilg‘or mehnat 
an’analaridan kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda 
foydalanilmoqda. Bunga ko‘ra o‘qituvchidan bir qator quyidagi ijtimoiy-pedagogik sifatlar 
talab etiladi:
1. Ochiq ko‘ngillilik, xushmuomalalik, mehribonlik, bola qanday bo‘lsa, shundayligicha seva 
olish.
2. Bolaning his-tuyg‘ularini qadrlash, ruhiy holatini, ichki dunyosini tushuna bilish.
3. Bolalarni ruhlantirish, qiziqtirish, o‘zini tuta bilish, kechirimli bo‘lish, shirinsuxanlik.
4. Ezgu sifatlari bilan namuna bo‘la olish, oliyjanobligi, odamiyligi bilan o‘quvchilar idealiga 
aylanish.
5. So‘z va ish birligi bilan bolalar talabiga javob bera olish, yoshlarda shakllantirmoqchi 
bo‘lgan ma’naviy sifatlarning egasi bo‘lish. 
6. Muomala – munosabatda bola xohish-istagi, qiziqishi, yosh xususiyati, ruhiyati bilan 
hisoblashish, bolalarning har birini alohida va hammasini birgalikda tushunish.
7. Bolalardan har qanday yordamni ayamaslik, o‘quvchilarning oilaviy sharoiti, ijtimoiy ahvoli 
bilan tanishish;
8. O‘quvchilarni diqqat bilan tinglay olish, yutug‘idan quvonish, hayratlanish, quvonchiga 
sheriklik.
9. Toza va ozoda kiyinish, jozibadorlik, sergaklik, topqirlik, kamtarlik, pokizalik.
10. Adolatlilik, quvnoqlik, intizomlilik va axloqlilik kabi fazilatlar bolalar muhabbatiga sazovor 
bo‘lishning zarur omillaridir.
Xalqimiz azaldan mehnatni ulug‘lagan. Mehnatsevarlik kishilarning eng yaxshi fazilatlaridan 
biri deb hisoblangan. Kishilar halol mehnat qilib, shuning evaziga topgan daromadlari 
hisobiga yashamoqlari va bolalarini ta’minlamoqlari lozim. «Peshona teri bilan topgan bir 
qora chaqa o‘zgalarning ehson etgan xazinalaridan yaxshiroqdur» - deb yozgan edi Alisher 
Navoiy.
Bir diram olmoq chekibon dastranj,
Yaxshiroq andinki, birov bersa ganj.
Shuning uchun ham, ulug‘ ajdodlarimiz yoshlarni kasb-hunarni egallamoqqa chaqirganlar. 
«Hunar – hunardan unar», «Hunari yo‘q kishining mazasi yo‘q ishining», «Yigit kishiga 
yetmish hunar oz» kabi ezgu o‘gitlar xalq o‘rtasida keng yoyilgan.

Download 0,9 Mb.
1   2   3   4




Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Central asian journal of education and innovation

Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish