Yolg‘iz farzand
|
*
|
*
|
|
*
|
|
Taxtni rad etish
|
*
|
|
|
|
|
Hushidan ketish
|
*
|
*
|
|
|
|
Kuchli zehnli bo‘lish
|
*
|
*
|
*
|
*
|
*
|
Saroy qurdirish
|
|
|
|
|
*
|
Yolg‘on ishlatish
|
|
|
|
*
|
|
Bunda berilgan ma’lumotlar qaysi qahramonga tegishli bo‘lsa shu katakka yulduzcha belgisi qo‘yib boriladi. Keying interfaol usulimiz “Uch so‘z-uch kalit” deb nomlanadi.
Doskaga bir nafar o‘quvchi chiqariladi. Bu o‘quvchini yanada qiziqtirish maqsadida magistr deb nomlaymiz. Qolgan o‘quvchilarnibakalavr deb ataymiz. Doskaga chiqqan magstrga bakalavrga 3 ta ketma ket kalit so‘z aytiladi. Aytilgan shu kalit so‘z o‘quvchi tomonidan izohlab sharhlab ochib beriladi. Ikkinchi va uchinchi so‘zlar ham magistr hukmiga havola qilinadi. To‘g‘riizohlab ochib berilgan so‘z uchun magistr o‘quvchiga bitta kalit beriladi. Natijada o‘quvchida to‘plagan kalitiga qarab baholanadi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchiga magistr bosh kiyimi kiydiriladi.14
Farhod
Xusrav
“Tanlab ol” metodi. Bunda o‘quvchilar berilgan ma’lumot to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanliginitopishadi.
“Dumaloq qor” metodi bo‘lib, kichik bir dumaloqdek tasavvur qilingan detal. Ma’lumotlar aytilishi bilan kattalashib ketaveradi. Ikki guruhga ajratilinadi. Guruhdagi o‘quvchilar ketma-ketlikda ma’lumot aytishadi. Qaysi guruh 5 sekund ichida ma’lumot aytolmasa, bitta ishtirokchisidan ayriladi va guruhlarda oxirgi ishtirokchi qolgunicha o‘yin davom etadi. Qaysi guruhda ishtirokchi qolsa, ma’lumotlar to‘g‘ri ketma-ketlikda aytilsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.
O‘qitishning zamonaviy usullari har turli bo‘lib, ularning hammasi ham har qanday didaktik usullar kabi o‘qituvchidan alohida tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Chunonchi vaqt, maydon va inson resurslaridan o‘rinli va maqsadli foydalanish darsdan kutilgan natijani kafolatlovchi muhim omildir.15
“Ikki qismli kundalik” usuli o‘quvchilarning yozma nutqni rivojlantiradi. Masalan, Navoiy g‘azallarini ham ilmiy jihatdan, ham badiiy jihatdan tahlil qilish 45 daqida vaqt mobaynida qiyin, albatta. O‘quvchilarga g‘azalning faqat bir baytini tahlil qilish topshiriladi va ular ketma-ketlikda g‘azal baytlarini tahlil qiladilar. Bu usulni qo‘llash orqali biz darsda barcha o‘quvchilarning faol ishtirok
etishiga erishamiz. Qolaversa, ular mumtoz asarlarning ramziy ma’nolarini tushunishga o‘rganadilar.
|