|
I-bob. Epistolyar janrning nazariy asoslari
|
bet | 1/8 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 65,56 Kb. | | #111816 |
Bog'liq O’ZBEK ADABIYOTIDA EPISTOLYAR JANR (2)
O‘ZBEK ADABIYOTIDA EPISTOLYAR JANR
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I-BOB. EPISTOLYAR JANRNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Epistolyar janr tarixidan………………………………………………………..5
1.2 Harflarning janr ta'rifi masalasi va harflardagi nutq odob-axloq formulalari….9
1.3 Norasmiy xatning kompozitsion qismlari………………………………….....13
II-BOB O‘ZBEK ADABIYOTIDA EPISTOLYAR JANR O‘ZBEK ADABIYOTIDA XAT( MAKTUB) NING BADIIY FUNKSIYASI
2.1 O‘zbek adabiyotida epistolyar janr…………………………………………….18
2.2 O‘zbek adabiyotida xat( maktub) ning badiiy funksiyasi……………………..21
2.3 Maktub epistolyar janr namunasi sifatida…………………………………….28
XULOSA………………………………………………………………………...39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………40
KIRISH
Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonimizda ham adabiy siyosatga alohida e‟tibor qaratilgan. Milliy adabiyotimiz rivojini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Do‘rmon” ijod uyi va poliklinikasi tubdan rekonstruktsiya qilindi. Uyushma qoshida “Ijod” jamoat fondi tuzildi. Poytaxtimizda Adiblar xiyoboni barpo etildi, Yozuvchilar uyushmasi uchun yangi bino qurilib, hududlarda ulug‘ adiblarimiz nomlari bilan atalgan ijod maktablari, madaniyat va istirohat bog‘lari bunyod qilinmoqda. Adabiyotimiz atoqli namoyandalarining yubiley sanalari munosib nishonlanmoqda, iste‟dodli yoshlarni tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli ijodiy anjumanlar o‘tkazilmoqda. Yosh shoir va yozuvchilarning birinchi kitoblari davlat hisobidan ko‘p ming nusxalarda nashr etilib, ta’lim maskanlari va kutubxonalarga yetkazib berilmoqda. Shuningdek, ma’naviyatimizni, milliy adabiyotimizni yanada rivojlantirish maqsadida keyingi paytda bir qancha muhim hujjatlar, jumladan, kitobxonlik madaniyatini oshirish, madaniyat va san‟at sohasini takomillashtirish, hududlarda ulug‘ san‟atkorlarimiz nomi bilan ataladigan ijodiy maktab va markazlar tashkil etish tug‘risidagi qaror va farmoyishlar ham qabul qilinib hayotga tadbiq etilmoqda.
Istiqlol yillarida hayotimizning barcha sohalari qatori milliy adabiyotimizning yangilanishi va yuksalish jarayoniga ko‘tarilishi uchun davlat tomonidan salmoqli ishlar olib borildi. Avvalo, o‘zbek milliy adabiyotining boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish, kelajak avlodga haqqoniy yetkazish ko‘zda tutildi. Bilamizki, asrlar davomida o‘zbek milliy adabiyoti turli chig‘iriqlardan o‘tib sayqallandi, boyidi va taasufki, ayrim davrlarda toptaldi, ezildi. Ayniqsa tarix guvohlik beradi-ki, o‘tgan asr davomida o‘zbek adabiyoti Sobiq Ittifoqning zo‘ravon siyosatida mafkura quroliga aylantirildi. Adabiyot ahlining sotsializm g‘alabasi va uning kelajagi uchun xizmat qilishi belgilab qo‘yildi. Badiiy asarlarning deyarli barchasi siyosiy-mafkuraviy g‘oyalarga xizmat qildi. Mustaqillik sharofati bilan adabiyotshunoslarga mustabid tuzum davrida o‘zbek adabiy merosini keng ilmiy tadqiq etib, xolis va shaffof baholashga imkoniyat yaratildi. Shu davrdan boshlab, nomlari ilgari qoralangan yozuvchi va shoirlarimiz nomi ulug‘landi, asarlari haqiqat yuzini ko‘rdi. Bazi asarlar qaytadan nashr etildi, adabiyotshunoslikka yangicha tushunchalar kiritildi. Ayniqsa, ijod va so‘z erkinligining ta’minlanishi qalam ahliga kuchli shijoat, ilhom bag‘ishladi.
Adabiyot – inson ichki olamini, ruhiyatini aks ettiruvchi koʻngil koʻzgusi, koʻzdagi va qalbdagi maʼnolarning aks-sadosidir. Ushbu aks-sadoning inson kamolotiga qay darajada zarurligini anglash uchun o‘zbek xalqning vatanparvar jadid shoiri Cho‘lponning quyidagi so‘zlarini keltirish yetarlidir: “Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan qaralgan, o‘chgan, yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg‘on o‘tkur yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladirg‘on, chang va tuprog‘lar to‘lgan ko‘zlarimizni artub tozalaydirg‘on buloq suvi bo‘lganlikdan bizga g‘oyat kerakdir”. Ko‘rinadiki, adabiyot inson kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi, u nafaqat inson ongiga, balki qalbiga yetib boradi. Unga ko‘zlangan maqsad ila ta’sir qiladi, tafakkur qilishga undaydi, dunyoqarashini boyitadi, shijoatini oshiradi yoki aks ta’sir ko‘rsatadi. Aynan tafakkuri keng, zehnli insonlar davlat siyosatini amalga oshirishda muhim o‘rinni egallaydi. Shu rakursdan qaraganda ma’lum bo‘ladiki, adabiyot inson orqali siyosatga ta’sir qiladi, matematik til bilan aytganda, bir nuqtada kesishadi. Shuning uchun ham ta’siri “atomdan kuchli” (А.Qahhor) bo‘lgan adabiyotdan har qanday davrda ham davlat siyosatini, mafkurasini ommaga targ‘ib qilishda foylalanilgan. Davlat shu maqsadda o‘z adabiy siyosatini shakllantirgan va amalga oshirgan.
Kurs ishining maqsadi: Epistolyar adabiyot deganda noma, maktub shaklida yozilgan turli xil badiiy asarlarni tushunamiz. Epistolyar so‘zi o‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, , xat'' , ,,maktub'', ,,noma'' kabi ma'nolarni anglatadi. Kurs ishimizda O’zbek adabiyotida Epistolyar janirni yoritishdan ibor va biz buning uchun quydagi vazifalarni tanlab oldik:
Kurs ishining vazifalari:
Epistolyar janr tarixidan
Harflarning janr ta'rifi masalasi va harflardagi nutq odob-axloq formulalari
Norasmiy xatning kompozitsion qismlari
O‘zbek adabiyotida epistolyar janr
O‘zbek adabiyotida xat( maktub) ning badiiy funksiyasi
Maktub epistolyar janr namunasi sifatida
Ushub rejalarni yoritishdan iborat
Kurs ishining obyekti: Epistolyar janrning nazariy asoslari o’rganish
Kurs ishining predmeti: o‘zbek adabiyotida epistolyar janr o‘zbek adabiyotida xat( maktub) ning badiiy funksiyasi tahlil qilish va o’rganishdan iborat.
|
| |