|
II-BOB O‘ZBEK ADABIYOTIDA EPISTOLYAR JANR O‘ZBEK ADABIYOTIDA XAT( MAKTUB) NING BADIIY FUNKSIYASI
|
bet | 5/8 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 65,56 Kb. | | #111816 |
Bog'liq O’ZBEK ADABIYOTIDA EPISTOLYAR JANR (2)II-BOB O‘ZBEK ADABIYOTIDA EPISTOLYAR JANR O‘ZBEK ADABIYOTIDA XAT( MAKTUB) NING BADIIY FUNKSIYASI
2.1 O‘ZBEK ADABIYOTIDA EPISTOLYAR JANR
Epistolyar adabiyot deganda noma, maktub shaklida yozilgan turli xil badiiy asarlarni tushunamiz. Epistolyar so‘zi o‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, , xat'' , ,,maktub'', ,,noma'' kabi ma'nolarni anglatadi. Epistolyar adabiyotga atoqli arboblarning ma'daniy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yozishmalari ham kiradi ( masalan, Alisher Navoiyning ,,Munshoat'' asari). Noma adabiy janr sifatida yunon va rim adabiyotida ( Sitseron, Garatsiyning she'riy maktublari) ,shuningdek sharq adabiyotida keng tarqalgan XVIII asrda maktub shaklida romanlar yozish yevropada odat tusiga kirgan. XIX asrda epostolyar adabiyot tarixiy hikoya oilaviy xronika tarzida rivoj topdi. XX asrda ayniqsa Ikkinchi jahon urushi yillarida maktub shaklidagi epistolyar adabiyot muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek adabiyotida epistolyar shaklda Odil Yoqubov, O‘tkir Hoshimov, Abduqahhor Ibrohimov kabi yozuvchilar unumli foydalanmoqdalar. Xususan Abduqahhor Ibrohimovning ,, Uyqu kelmas kechalar'' romani boshidan oxirigacha asosiy qahramon Faxri Kamolning sevgilisi Yoqutxonga yo‘llagan xatlaridan iborat. Shuningdek, hozirgi paytda epistolyar adabiyotning she'riy maktublar, murojaatnoma, ochiq xat ( asosan adabiy tanqidchilikda) kabi shakllari ham mavjud. Epistolyar adabiyotning yorqin namunalaridan biri bo‘lgan Abduqahhor Ibrohimovning ,, Uyqu kelmas kechalar'' nomli asariga to‘xtalmoqchimiz. Har bir odam hayotida shunday ruhiy holatlar bo‘ladi. Visolda ham, ayriliqda ham, to‘yda ham, azada ham , boshga mushkulot tushganda ham , vafosizlikka uchraganda ham, sadoqatdan lol qolganda ham inson tunlarni bedor o‘tkazadi. Taniqli yozuvchi Abduqahhor Ibrohimovning ,, Uyqu kelmas kechalar'' nomli romanida ana shunday uyqusiz kechalar tasvirlanadi, oila va jamiyatning bog‘liqligi haqida ishq muhabbat, sadoqat, vafodorlik to‘g‘risida so‘z boradi. Roman bosh qahramoni Fahrining sevgilisi Yoqutxonga yozgan maktubi shaklida yaratilgan. Asarda jamiyatdagi tushunarsiz holatlardan , qaysidir ma'nodagi adolatsizliklardan, ishidagi muammoli vaziyatlardan ma'nan toliqqan Faxri Kamolni endi sevgilisi, rafiqasi Yoqitxon ham tashlab ketadi. Bu ishlarga lol qolgan Faxri Kamol hech narsaga tushunmaydi. Qanday aybi borligini ham anglay olmaydi. Tom ma'noda unga nisbatan jamiyat va Yoqutxon adolatsizlik qilgan edi. U bir xonadan chiqmay, hech narsaga qiziqmay qo‘yadi. Faqatgina qo‘lidagi soati unga qandaydir taskin berar edi. U soatini uxlayotganida ham yechmas edi. Yoqutxon Faxri Kamolning ikkinchi xotini edi. Birinchi turmushi bilan bir hovlida tursa-da, ancha yillarda beri birga yashamas edi. Xotinini xudodan bo‘lib taqvo yo‘lini tutib, tarki dunyo qilgan edi. Eriga esa ,, siz uylaning, men rozi'' deydi. U endi hech kimni sevib qolmasam kerak deb yurardi. Lekin taqdir ekan, Yoqutxonga ishqi tushgan edi. Ammo Yoqutxon ham uni tashlab ketdi. Endi u hech kim bilan muloqot qilishni istamasdi. Muloqotga zor edi. Har qanday odam bilan suhbat suhbat emas, ko‘ngli ko‘nlingga tutash va yaqin kishing bilan suhbat asl suhbatdir.
Meni men istagan kishi o‘z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglim pisand etmas.
Faxri Kamol faylasuf olim, mutafakkir, tafakkur qilishdan bir dam to‘xtamaydi. Muloqotning to‘rt turi- g‘oyibona suhbat, diydor, telefondagi so‘zlashuv va maktub haqida asar ham yozgan edi. Bu asarda maktub yigit qalbidagi sof muhabbat, dunyo tashvishlaridan ezilganlik ramzi sifatida namoyon bo‘lgan. Asar epistolyar adabiyotning yorqin namunasi hisoblangan. Faxri Kamol maktubida sof his-tuyg‘ular mahorat bilan qalamga olingan. Ma'lum moddiy ehtiyojlar tufayli paydo bo‘lgan xabarni ifodalash shakllari ham maktubning shakllanishiga asos bo‘lgan deb aytish mumkin. Maktubda badiiylik va ma'lumot ( informatsiya) birlashib bir butunlikni hosil qiladi. Maktub, noma, xat atamalari adabiyotshunoslikda uchraydi. Lekin ular bir biridan farqlanadi. Ayniqsa maktub xat va nomadan farqli o‘laroq badiiy adabiyotda o‘zining poetik xususiyati, estetik ta'sirining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Yuqorida keltirilgan ,, Uyqu kelmas kechalar'' nomli asarimizda ham maktub alohida, o‘ziga xos badiiy-estetik vazifa bajargan. Asarda yozuvchining muayyan g‘oyaviy-badiiy niyatini ko‘zlagan holatda asar kompozitsiyasiga maktubni jalb qilishida ko‘rsak bo‘ladi. Badiiy asarlar tarkibida uchraydigan maktublarni biz ,, asar ichidagi asarlar'' deb aytishimiz mumkin. Maktublar asarda keyingi voqelikni yuzaga kelishi uchun kalit bo‘lib kelishi, ba'zi o‘rinlarda tugun vazifasini bajarishi yoki harakter ruhiy dunyosini ochib berishga xizmat qiladi.
Ibrohim Rahimning ,, Chin muhabbat'' romani o‘z tadqiqotini kutayotgan asarlar qatoriga kiradi. Adib romanda ,, urush, hayot va muhabbatni'' birlashtira olgan. Ularni asar kompazitsiyasida bir birga jipslashtira oladigan vosita sifatida maktublardan foydalangan. Asardagi maktub detali sujetni harakatlantiruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Shuningdek asar qahramonlari , harakterlari va ruhiy dunyosini ochishda ham ahamiyatli detal vazifasini bajaradi. Asarning ayrim o‘rinlarida davr mafkurasi ta'siri sezilib turadi. Lekin bu o‘rinlar asarning poetikasiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Xususan, asarda dadasining tazyiqidan, Bozorovning nazaridan charchagan Adolat Normatga xat yozadi:
,,Normat aka xat kutib ko‘zlarim nigoron bo‘ldi. Ikki enlik maktubingizga intizorman. Vaqt topolmadingizmi, xat yozmadingiz yoki xatingizni bu yerdagilar tutib olib yashirib qo‘yishyaptimi? Har holda xat yo‘q''
Bu xatda o‘zbek qizlariga xos shartakilik, ahdga sodiqlik sezilib turadi. Ushbu matn ko‘rinishidagi maktub bilan birga kelgan To‘xta xolaning mazmun ko‘rinishidagi maktubi uni eshitib turgan xoladagi faxr tuyg‘usini yo‘qotib o‘g‘lim qahramon bo‘libdi deyishdi. Xatning yakuniga borib esa o‘g‘lining bedarak yo‘qolganligi xabarini eshitib ona ruhiy holatida bezovtalanish paydo bo‘ladi. Buning ta'sirida bo‘lgan qahramonning ruhiy holati yozuvchi tomonidan ,, haqiqiy kartinadek'' tasvirlanadi.
|
| |