|
O‘ZBEK ADABIYOTIDA XAT( MAKTUB) NING BADIIY FUNKSIYASI
|
bet | 6/8 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 65,56 Kb. | | #111816 |
Bog'liq O’ZBEK ADABIYOTIDA EPISTOLYAR JANR (2)2.2 O‘ZBEK ADABIYOTIDA XAT( MAKTUB) NING BADIIY FUNKSIYASI
O‘zbek adabiyotida xat (maktub) ning badiiy funksiyasi
Yana bir maktub detali ishtirok etgan asarlardan biri Abdulla Qodiriyning ,, O‘tgan kunlar'' romanidir. Bu asar mavzulari va g‘oyalari jihatidan shunchalik mukammal yozilganligi uchun Abdulla Qodiriyni ,, o‘z davrining adabiy dahosi'' deb bemalol aytishimiz mumkin. Bu fikrimizning isboti sifatida asarda uchraydigan maktublarning mavzusini ko‘rib chiqamiz. Asarda uchraydigan ishqiy mavzudagi maktub ahamiyatga ega ekanligi barchamizga ma'lum. Chunki, unda badiiy estetik saviyasi va uslubiy bo‘yoqdor so‘zlardan foydalanganligidir. Asar boshlaridayoq uchragan Yusufbek hojining Otabekka yo‘llagan maktubi oilaviy munosabatlarni ifodalaovchi va ijtimoiy-siyosiy muhitdan xabar beruvchi birinchi maktubdir. Bu maktub asardagi birinchi ijtimoiy konfliktning yechimi sifatida Otabek va Mirzakarim qutidorni tuxmatli o‘limdan saqlab qoladi, maktubni Otabboy hokimga eltish vazifasini esa Kumush bajaradi. Asar sujetidagi keskin o‘zgarishlardan o‘zini oqlash uchun qaynotasi Mirzakarim qutidorga ( qaynota va kuyov o‘rtasidagi maktublar boshqa asarlarda ko‘zga tashlanmaydi) va Kumushga maktub yozdi. Bo‘lib o‘tgan voqealardagi o‘z his-tuyg‘ularini va psixologik holatlarini maktubda ifodaladi, eng muhimi, uni yetkazuvchi usta Olimga topshirgungacha bo‘lgan vaqtda asar tarkibida uchragan maktublar Otabek va Kumush xarakteridan tip yaratish uchun ham asos bo‘ganligini ko‘rsatib o‘tish joiz. Asarning III bo‘limida uchraydigan diplamatik maktublar ham asar sujetida o‘ziga xos o‘rin topa oldi. Shuningdek ularda uchraydigan diplomatik maktublarga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Masalan, ularda ishlatiladigan so‘zlar badiiy uslubning eng yuqori namunalaridan ekanligini ko‘ramiz. Bundan tashqari asarda soxta xatlar ham mavjud asarda uchraydigan maktublarning mavzusi va g‘oyasining ko‘pligi asarning badiiy ahamiyati yuqoriligini ko‘rsata oladi. Abdulla Qodiriy bu romanda nega bunchalar ko‘p maktublarda foydalanadi degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Chunki maktublar asarning hayotiyligini, ichki kechinmalarining haqqoniyligini, inson ko‘nglidan kechadigan kechadigan o‘ylarining tiniqligini, aniqligini o‘zida namoyon qila oladigan badiiy asardagi ajoyib bir kuch sifatida ko‘riladi. Asar kompozitsiyada esa turli vazifalarni; tugun, yechim, detal, muammo kabi qator vazifalarni bajaradi. Uchinchi bo‘limda siyosiy yozishmalar bilan birgalikda ishqiy maktublar ham uchraydi. Bu maktublar orqali asar qahramonlari hayotida kechayotgan ijtimoiy o‘zgarishlarni va bu o‘zgarishdagi qahramonlarning psixologik holatlarini ichki kechinmalarini o‘quvchiga namoyon qiladi. Demak xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, Abdulla Qodiriyning ,,O‘tgan kunlar '' asarida uchraydigan ishqiy maktublar qahramonlarning ruhiy holatini namoyon etishga ichki kechinmalarini yorqinroq tasvirlashga xizmat qilish bilan bir qatorda qahramonlarni portretini yanada boyitadi. Otabekning so‘ngi qismati haqidagi xabar Yufufbek hojining tanishi tomonidan yozilgan maktubda xabar qilingan. To‘g‘ri, maktub bir vosita. Uni o‘zgartirish ham mumkin edi. Ammo maktub shu o‘rinda tarixiy fakt ishontirish vosita sifatida qaraladi. Asarning ikkinchi bobida qo‘yilgan muammo ,, ota ona orzusini'' amalga oshirish bo‘lib bu muammoning yechimini topa olmagan Otabekning ruhiyatidagi o‘zgarishlarni, unga bo‘lgan Mirzakarim qutidorning munosabatlarini tasvirlashda ham yozuvchi maktubga suyanadi. Bu maktub o‘ziga xos noodatiy edi. Hali uchrashmagan quda va qudachilarning maktubi- Yusufbek hojining Mirzakarim qutidorga yuborgan muammoli maktubidir. Asar kompozitsiyasida uchraydigan yana bir maktub turi bor. Ular voqealar rivojiga ta'sir qiladi, ijtimoiy-siyosiy vaziyat haqida tasavvur beradi. Bu diplomatik maktub sanalib asarda siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan qator maktublarni ko‘rsatishimiz mumkin. Kumushning Otabekka yuborgan maktublarida nozik iboralardan foydalanilgan. Maktubni olgan Otabekning tashqi ruhiy holati, ichki kechinmalari shunday tasvirlanadiki, o‘quvchi uni o‘qib xuddi o‘zini Otabekdek his etadi. Umuman olganda asar tarkibidagi har bir maktub qahramonlar va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarni tasvirlaydi, bir makondan bir makonga ko‘chayotgan voqealar rivojida ikki makonni o‘zaro bog‘lovchi vosita sifatida qo‘llanilgan. Kumushga nisbatan ,, Mehrobdan chayon'' romani qahramoni Ra'no ancha dadil, pishiq, puxta, ekanlogi uning maktublaridan ham namoyon bo‘ladi. Ra'no mudarrisning qizi bo‘lgani, hovlilarida bolalar o‘qitilgani, uylariga har xil odamlar kelib turgani bosi Kumushga nisbatan ancha ziyrak, u saroy mirzalarini xasad o‘tida kuydirgan, Anvardek zukko yigitni ham fikr bahsida yengadi. Nafaqat fikr bahsida balki hayot mamot hal bo‘layotgan kezlarda o‘zining jasorati bilan ham uni qoyil qoldiradi. Uchrashish ne chog‘lik tadbirsizlik nomaqulchilik bo‘lmasin, Ra'noning ,,men bilan oxirgi marota vidolashingiz, siz nash'unamo qilgan joyda meni halokat kutadur'' jumlasi ham fikrimizning isbotidir. Abdulla Qodiriy o‘z romanlarida maktublarni qahramonning dil oynasi sifatida ko‘rsatgan va hali zamongacha kitobxonlar qalbidan joy olib kelmoqda.
Xat mavzusi qalamga olingan yana bir o‘zbek adabiyotining nodir asarlaridan bir bu Xudoyberdi To‘xtaboyevning,, Mungli ko‘zlar'' asaridir. Bu asarda xat bolaning ukasiga yozgan alamni dardlari haqida. Bu asardagi maktubni o‘qigan har bir o‘quvchining ko‘ziga yosh kelishi shubhasiz. ,,Mungli ko‘zlar'' asarining yozilganiga oradan ancha fursat o‘tgan bo‘lishiga qaramay, u badiiy qimmatini hamon yo‘qotmagan. Aksincha, har bir kitobxon ushbu asarni har gap qo‘liga o‘zgacha mehr va iztirob bilan oladi. Bu asarda Zafarlar oilasi birdan tanazzulga uchraydi: ota pora bilan qo‘lga tushadi, noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvcji tillafurish onaning jinoyatlari fosh bo‘la boshladi. Ro‘y bergan falokat erka farzandlarini hang-mang qilib qo‘ydi. Akbar xonasiga qamalib, indamas bo‘lib qoldi. Zafar dam xolasi, dam pochchasi bilan hali u mahkamaga, hali bu idoraga qatnardi. Zafar o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoldi. Nigora e'tiborsiz qoliib ketdi. Fojea chuqurlashdi. Ona qamoqxonada vafot etdi bolalar go‘yo osmondan yerga quladilar. Muhitlar xilma xilligi bolalar o‘rtasiga ziddiyat soladi. Bolalar bir ota-onaning farzandi bo‘lsa-da ikki dunyoqarash, ikki xil tushunchalar asosida tarbiya topadi. Bu romanda ijtimoiy muhit bolalar ruhiyatiga katta ta'sir etadi. To‘kin sochin oila farzandi ekanligi asar boshida bolaning boshqacha ruhiyatini ifodalasa , asardagi fojealar davomida bolalar ruhiyatida o‘zgarishlar dinamikasini yuzaga keltirdi. Ushbu dinamika turli ijtimoiy muhitda, turli ruhiy kechinmalarning yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Zafar psixologiyasi biroz boshqacha talqin etiladi. To‘g‘ri unga han yuz bergan voqealar ta'sir etmay qolmaydi. Ammo bu bolaning ruhiyatida dinamik o‘zgarishlar hosil bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar ruhiy sinish va o‘zga odamlar bilan muloqotda bo‘lgani natijasida yuzaga keladi. Bola ruhiyatini ochishda ijtimoiy muhit katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy muhitda bola ruhiyati shakllanadi , rivojlanadi va qanday ekanligini namoyon etadi. Ijtimoiy muhit jamiyat ahvoli shaxsning ham ahvolini belgilab berish darajasida katta kuchga ega. Bu asarda maktub juda katta ro‘l o‘ynagan. Maktub orqali Akbarning ich etini yemirgan dardlarni o‘quvchi sezadi. Chunki Akbar ota-onasining o‘limida o‘zini aybdor his etadi. Bu maktub orqali Akbarning sof dilligini, vijdon azobi uni qiynayotganligini sezishimiz mumkin. Bu asarni va asar ichidagi yosh Akbarning maktubini o‘qigan har qandag o‘quvchining yuragi entikadi. O‘quvchi ham Akbar kabi u bilan birga qiynaladi. O‘quvchi o‘zini Akbarning o‘rniga qo‘yib, xatni o‘qiydi. Bir so‘z bilan aytganda, tom ma'noda bu asardagi maktub, bola ichki kechinmalarining ifodasi hisoblanadi. Maktub o‘quvchi va Akbar o‘rtasidagi bir vosita bo‘lib xizmat qilgan desak adashmaymiz

2.3 MAKTUB EPISTOLYAR JANR NAMUNASI SIFATIDA
|
| |