|
Laboratoriya ishi № Elektr tokidan shkastlangan va boshqa baxtsiz xodisaga uchraganda birinchi yordam berish usullari
|
bet | 1/17 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 2,77 Mb. | | #260591 |
Bog'liq Botirga
LABORATORIYA ISHI № 1.
Elektr tokidan shkastlangan va boshqa baxtsiz xodisaga uchraganda birinchi yordam berish usullari.
1 Ishni maqsadi: Elektr tokidan shkastlangan va boshqa baxtsiz hodisaga uchraganda birinchi yordam berish usullari bilish va o’rganish.
2. Nazariy tushunchalar: Birinchi yordamning muvaffaqiyatli bo‘lishi asosan yordam beruvchining chaqqonligi, ziyrakligi va mohirligiga bog‘liqdir. Mohirlik bilan muvaffaqiyatli yordam berishni tegishlicha mashqlar qilish va inalaka orttirish yo‘li bilangina o‘rganish mumkin. Qoidalarni bilib olishning o‘zi birinchi yordam berish uchun kifoya qilmaydi.
Doimiy navbatchilik qilinadigan joylarda:
birinchi yordam berish uchun eng avvalo zarur darmon va tibbiyot asboblari solingan maxsus quti (kichkina shkaf);
birinchi yordam berish qoidalari, masalan, sun’iy nafas oldi- rish qoidalari yozilgan va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilgan plakat- lar bo‘lishi lozim.
Mutaxassis bo‘lmagan kishilarning birinchi yordamni to‘g‘ri bera bilishi uchun quyidagi tadbirlarni oldindan ko‘rib qo‘yish zarur:
har bir korxona, sex va hokazolarda dori-darmon shkaflari- ga qarab turadigan maxsus kishilar belgilanadi. Ular shkaflardagi dori-darmonlarning kamini to‘ldirib turishi va hamma smenalarda shkaflarning to‘liq bo‘lishi uchun javobgardir;
har bir smenada maxsus kishilar ajratilib, ular birinchi yordam berishga o‘rgatiladi. Bu kishilar ham shkaflarning o‘z sme- nasida talabga javob beradigan boiishi uchun, javobgardir;
tibbiyot xodimlari:
birinchi yordam berish qoidalarining to‘g‘ri bajarilishiga;
shikastlangan kishining o‘z vaqtida, albatta, tibbiyot punktiga yuborilishiga javobgardirlar;
mutaxassis bo‘lmagan kishi yordam berishda tibbiyot xodimi o‘rnini bosa olmaydi, shunga ko‘ra u tibbiy yordam yetib kelgun- ga qadar zarur boigan birinchi yordamni berishi kerak, xolos. Bu yordam:
qon oqishini to‘xtatish;
jarohatlarni, kuygan joylarni bog‘lash;
singan suyakni moslama yordamida qimirlamaydigan qilib bog‘lash;
hushga keltiruvchi choralar, ayniqsa sun’iy nafas oldirish;
shikastlangan kishini ko‘tarib yoki transportda olib borishdan iborat bo‘lishi lozim;
sexdagi birinchi yordam shkafida yoki korxonadan tashqarida ishlayotgan brigada boshlig‘ining birinchi yordam sumkasida quyidagi lar bo‘lishi lozim:
individual aseptik paketlar (bintsiz);
individual aseptik paketlar (bintli);
bintlar;
paxtali doka bintlar (suyak singanda bog‘lash uchun):
mustahkam probkali shishada yod aralashmasi;
ko‘zni yuvish uchun borat kislota eritmasi;
nashatir spirti;
borli vazelin;
efir-valerian dori;
soda;
kaliy;
vodorod peroksidi;
dori ichirish yoki ko‘z yuvish uchun qulay kichik choynak;
qon oqishini to‘xtatish uchun jgut (l-rasm);
qo‘1 yoki oyoq suyaklari singanda yoki chiqqanda bog‘lab qo‘yish uchun buklanadigan faner shinalar;
sovun;
sochiq;
korxonalarda: sun’iy nafas oldirish apparati, jarohatlarni ochish, shikastlangan kishiniig tilini tortib ushlab turish va boshqa holat- larda ishlatish uchun asboblar, shuningdek, shikastlangan kishilarni ko‘tar.ish uchun zambillar bilan ta’minlash tavsiya etiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Laboratoriya ishi № Elektr tokidan shkastlangan va boshqa baxtsiz xodisaga uchraganda birinchi yordam berish usullari
|