|
Laboratoriya ishi № Elektr tokidan shkastlangan va boshqa baxtsiz xodisaga uchraganda birinchi yordam berish usullari
|
bet | 3/17 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 2,77 Mb. | | #260591 |
Bog'liq BotirgaTokdan qutqarish yullari.
lilcktr qurilmalarining tok o‘tib turgan qismlariga tegish ko‘pin- chii muskullarning beixtiyor tortishib qisqarishi (tirishish)ga sabab bo'ludi. Shunga ko‘ra, shikastlangan kishi simni ushlagan bo‘lsa, lining barmoqlari qattiq mushtlanib qoladiki, u simni o‘zicha qo‘yib yubora olmaydi {8-rasni).
rasm. Elektr qurilmasini o‘chirish yo‘li bilan jabrlanuvchini tok ta’siridan qutqarish tartibi
Agar shikastlangan kishi tok o‘tib turgan qismlarga tegib turgan bo‘lsa, dastlab uni elektr toki ta’siridan qutqarish kerak. Ayni vaqt- da, tegishli ehtiyot choralarini ko‘rmay turib, tok ta’sirida bo‘lgan kishiga tegish hayot uchun xavflidir. Buni hamisha yodda tutmoq kerak.
Birinchi chora, bu qurilmaning shikastlangan kishi tegib turgan qismini darhol tokdan ajratish. Bunda quyidagilarni nazarda tutmoq lozim:
agar shikastlangan kishi balandda bo‘lib, qurilmalarni tok- dan ajratish uning yiqilib tushishiga sabab boMsa, uni yiqitmaslik chorasini ko‘rish lozim, aks holda u tokdan ajratish vaqtida yiqilib, yanada og‘ir shikastlanishi mumkin;
qurilmani tokdan ajratgan vaqtda elektr chiroqlar o‘chib qoladigan bo‘lsa, avariya chirog‘i, akkumulyatorli fonarlami tayyorlab qo‘yish kerak, lekin bu qurilmani tezlik bilan tokdan ajratishga, shikastlangan kishiga birinchi yordam berishga aslo xalaqit bermasligi lozim.
Agar qurilmani tokdan tez ajratishning iloji bo‘lmasa, shikastlangan kishini unga tegib turgan tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish chorasini ko‘rish lozim.
Past kuchlanishli tok ta’siridan qutqarishyo'llari. Shikastlangan kishini tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish yoki simni undan ajratish uchun quruq kiyim, quruq arqon, quruq yog‘och taxta (9-rasm) yoki o‘zidan tok o‘tkazmaydigan boshqa biror narsadan foydalanish kerak.
rasm. 1000 Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarda
quruq taxta yordamida simlarni olib tashlash yoTi bilan
jabrlanuvchini tok ta’siridan qutqarish tartibi
Bu maqsadda metall yoki ho‘l buyumlarni ishlatish mutlaqo yaramaydi.
Tok ta’sirida qolgan kishining quruq etagi (kiyimining badanga tegmay turgan joyi)dan tortib simdan ajratsa ham boMadi, ammo bunda uning kiyimi quruq bo‘lishi lozim (10-rasm). Shitbilan-birga, atrofdagi metall buyumlarga va tok ta’sirida qolgan kishi badani- ning ochiq joyiga tegib ketmaslik uchun juda ehtiyot boMish kerak.
Shuningdek, avval qo‘lni yaxshilab izolyatsiyalanmay turib, tok ta’sirida qolgan kishining oyog‘idan tortish ham yaramaydi, chunki uning poyafzali ho‘l bo‘lishi va poshnasidagi mixlardan tok o‘tishi mumkin.
rasm. 1000 Vgacha bo‘lgan elektr qurilmadan
jabrlanuvchini kiyimining quruq joyidan tortib olish
yo4i bilan tok ta’siridan qutqarish tartibi
Tok ta’sirida qolgan kishiga yordam berish uchun uning badani- ning ochiq joyiga qo‘l tekkizish zarur bo‘lsa, qo‘lga rezinali qo‘lqop va oyoqqa kalish kiyish yoki qo‘lga sharf o‘rash, yengni tushirish lozim va hokazo, juda boMmaganda, tok ta’sirida qolgan kishiniig ustiga rezina, rezinali material (plashch) yoki oddiy quruq material tashlash kerak. Oyoq tagiga quruq taxta yoki o‘zidan tok o‘tkaz- maydigan quruq taglik solish, kiyimni va boshqalarni o‘rab qo‘yish ham mumkin. Mumkin qadar bir qo‘l bilan ish bajarish kerak (11-rasm).
rasm. Kuchlanishi 1000 Vgacha boHgan elektr
qurilmadan jabrlanuvchini bir qo‘l bilan tortib olish tartibi
Past kuchlanishli tok ta’sirida qolgan kishi qoilari bilan bir sim- ni mahkam ushlagan va tok uning gavdasi orq^li yerga o‘tayotgan boisa, uning oyoqlari tagiga quruq taxta qo‘yish, oyog‘iga arqon yoki kiyim solib uni yerdan uzish va tok ta’siridan qutqarish kerak. Biroq bunda yordam berayotgan kishi ham o‘ziga, ham shikastlan- gan kishiga nisbatan yuqorida aytilgan ehtiyot choralarini ko‘rishi lozim. Zarur bo‘lsa, past kuchlanishli simlarni dastasi quruq bolta bilan chopib uzish (12-rasm) yoki izolyatsiyalangan tegishli asbob
hilun qirqish kerak. Bu vaqtda juda ehtiyot boiish lozim (simga IcgmiiNdan, qo‘lga rezinali qoMqop, oyoqqa izolyatsion kalish kiyib, hur qnysi simni alohida qirqish kerak).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Laboratoriya ishi № Elektr tokidan shkastlangan va boshqa baxtsiz xodisaga uchraganda birinchi yordam berish usullari
|