|
Termiz muhandislik-texnologya istituti sanoat texnologyalari fakulteti
|
bet | 1/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 240,51 Kb. | | #234881 |
Bog'liq FUQARO MUHOFAZASI FANIDAN 3 amaliy TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGYA ISTITUTI SANOAT TEXNOLOGYALARI FAKULTETI Y.S.B.K.I.V.T. YO’NALISHI 7-20 GURUH TALABASI MUHIDDINOV MUHAMMADSAIDNING FUQARO MUHOFAZASI FANIDAN 3-AMALIY MASHG’ULOTI Fan o’qituvchisi: B.Xolyorov Mavzu:Terini himoya qiluvchi vositalarning qo’llanilishi, turlari, xususiyatlari, va ularga qo’yiladigan talablar.
Reja:
1. Terini himoya qiluvchi vositalarning turlari va xususiyatlari.
2. Terini himoya qiluvchi vositalarning qo’llanilishi.
3. Terini himoya qiluvchi vositalarga qo’yiladigan talablar.
4. Xulosa.
Terini saqlovchi vositalar ham saqlash darajasiga kо‘ra: filtrlovchi va izolirlovchi xillarga bо‘linadi. Izolirlovchi terini saqlovchi vositalar havo о‘tkazmaydigan rezinali elastik materiallardan (masalan, PVX) tayyorlanadi. Ular germetik va nogermetik holda bо‘ladi. Germetik vositalar butun teri a’zolarini berkitib, zaharli moddalarning bug‘i va tomchilaridan butunlay saqlaydi. Germetik bо‘lmagan vositalar esa faqat zaharli moddalarning tomchilaridan saqlaydi. Izolirlovchi terini saqlovchi vositalarga: kombinezon va kamzul, yengil himoya kostumi L-1 va umumqо‘shin himoya jamlamasi kiradi. Himoya kombinezoni, bitta qilib tikilgan kurtka, shim va bosh kiyimdan tashkil topgan. Kombinezon va kostum tarkibiga shlemosti (podshlemnik), rezinali oyoq kiyimi va rezinali qо‘lqop kiradi. Himoya kombinezoni va kostumi odamlarning tuzilishiga kо‘ra 3 о‘lchamda ishlab chiqariladi: 1-о‘lcham 166 sm gacha, 2-о‘lcham 165-172, 3-о‘lcham 172 sm dan yuqori.
Yengil himoya kostumi L-1. U qalpoqchadan, shim bilan birga tikilgan paypoq hamda ikki qavatli qо‘lqop va podshlemnikdan tashkil topgan.
L-1ning ham о‘lchamlari huddi himoya kombinezoniga о‘xshash bо‘ladi. L-1 kiyimlari asosan fuqarolar muhofazasining razvedka qismlarida kiyiladi.
Umumiy himoya jamlamasi (OZK) vositasi himoya plashidan (OP-1) va himoya paypoq, qо‘lqopdan tashkil topgan.
Umumqо‘shin himoya jamlamasii qо‘yilgan maqsadga kо‘ra:
a) radioaktiv birikmalardan, zaharlovchi moddalar va biologik vositalar ta’sirlaridan saqlashda, radiaktiv moddalar va biologik shikastlangan joylarda hatti-harakatlar hamda texnika, transportlarni zararsizlantirish ishlarini bajarishda yopqich kо‘rinishda; b) shikastlangan о‘choqlardagi xatti-harakatlarda va qutqaruv-evakuatsiya ishlarini bajarishda kombinezon kо‘rinishda foydalaniladi.
Filtrlovchi terini himoyalovchi vositalar paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlarga maxsus kimyoviy moddalar shimdirilgan bо‘ladi. Bunda zaharli moddalar kiyimdan о‘tayotganda yutilib qoladi va terini shikastlashdan saqlaydi.
|
| |