|
Oddiy terini himoya qiluvchi vositalarga
|
bet | 3/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 240,51 Kb. | | #234881 |
Bog'liq FUQARO MUHOFAZASI FANIDAN 3 amaliy Oddiy terini himoya qiluvchi vositalarga oddiy hech narsa shimdirilmagan yopqich, plashlar, qalin zich tо‘qilgan paltolar, paxtali, charm-terili kurtkalar va boshqa kiyim kechaklar kiradi.Trikotaj, sherst va paxtali matolardan tayyorlangan kiyimlar, qо‘lqoplar faqat radioaktiv changlardan va biologik ta’sirlardan saqlaydi.
Kimyoviy zaharlovchilarga qarshi yakka tartibdagi paket (SHKP-8) qo’llaniladi. Bu vosita har bir odamda bо‘lishi shart. Bu paket kimyoviy zaharlovchilarni teriga, kiyimlarga, shaxsiy saqlovchi vositalarga tushganda, zararsizlantirishda foydalaniladi. Bu paketda degazatsiya qiluvchi idish eritmasi va tо‘rtta paxta dokali tampon bо‘lib, bular polietilen qopchada germetik joylashtirilgan bо‘ladi. Agar biror zaharlovchi moddalar teriga yoki kiyim boshga tushib qolsa, darhol, tampon, degazatsiya qiluvchi eritmaga shimdirilib, keyin о‘sha joy artiladi.
Degazatsiya qiluvchi eritmalar 3% H2O2+3% NaOH yoki 3% H2O2+(150 g natriy silikatning suvdagi aralashmasi).
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
|
| |